Turk beklari, xalqi, buni eshiting!
Turk xalqini to‘plab
davlat tutishingizni bunda [ya’ni toshda] yozdim. Adashib,
ayrilganingni ham (11) bunda yozdim. Har qanday so‘zim
bo‘lsa, mangu toshga yozdim. Unga qarab biling, turkning
endigi xalqi, beklar. Uy-dunyoga(gina) qaraydigan beklar,
butunlay gumrohsiz.
Ilova
[Y o ‘ l l u g ‘ t i g i n s o ‘ z i ]:
Men mangutosh .... Tabg‘ach xoqonidan naqqosh keltirdim,
naqshlatdim. Mening so‘zimni buzmadi. (12) Tabg‘ach xoqoni
saroy
naqqoshini
yubordi.
Unga
maxsus
ziyoratgoh
yarattirdim. Ichi-tashiga maxsus naqsh soldirdim, tosh
o‘rnattirdim. Ko‘ngildagi so‘zlarimni ul ..... [o‘n o‘q avlodi]ga,
totgacha buni ko‘rib, biling! Mangutosh (13) o‘rnattirdim. Bu
sayrgoh bo‘lgach, maqbara sayrgoh yerda bo‘lsa! Shunday
sayrgoh yerda mangutosh o‘rnatdim, (bitig) bitidim. Uni
ko‘rib, shunday deb biling: bu tosh ........dim.
Bu bitig bitilguchining jigari Yo‘llug‘ tigin.
K.I
311
Kul tiginning oltinini, kumushini, ipagini, borini tur[k
xalqi] fuqarosini yiqqan to‘ygi bu ..... begim tigin yuqori
Tang[ri] ....... tosh bitdim Yo‘llug‘ tigin.
Asosiy qism
[B i l g a x o q o n s o ‘ z i ]:
K
(1) Yuqorida ko‘k osmon, pastda qo‘ng‘ir yer yaratilganda
ikkisining orasida inson bolasi yaratilgan. Inson bolalari
ustidan ota-bobom Bumin xoqon, Istami xoqon bo‘lib (taxtga)
o‘tirgan. (Taxtda) turib turk xalqining yurtini, hukumatini tutib
turganlar, tartibga keltirganlar. (2) To‘rt taraf butunlay yov
ekan. Qo‘shin tortib, to‘rt tarafdagi xalqni butunlay olgan(lar),
butunlay qaram qilgan(lar), boshi borni ta’zim qildirgan(lar),
tizzasi borni cho‘ktirgan(lar). Sharqqa – Qadirqan yishga
qadar, g‘arbga – Temir qopiqqacha manzil qildirgan(lar).
Ikkisining orasida (3) xo‘jayinsiz, tanobsiz [cheklanmagan
yerga egalik qilib], ko‘k turk shu tarzda yashar ekan. (Ular)
dono xoqon ekan, alp xoqon ekan, vazirlari ham dono ekanligi
uchun, botir ekanligi uchun, beklari ham, xalqi ham to‘g‘ri
ekan. Shuning uchun davlatni shunday tutgan ekan. Davlatni
tutib, rasm-rusumni ado etganlar. O‘zi shunday [boshqarib] (4)
vafot etgan. Azachi, yig‘ichi(lar), sharqdan – kun chiqardan
bo‘kli cho‘lgil, tabg‘ach, tuput, apar, purum, qirqiz, uch
quriqan, o‘tuz tatar, qitan, tatabi – shuncha xalq kelib
yig‘lagan, aza tutgan. Shunday mashhur xoqon ekan. Shundan
keyin inisi xoqon (5) bo‘lgan ekan, o‘g‘li, jigari (?) xoqon
bo‘lgan ekan. Undan keyin inisi og‘asiday ish tutmagan ekan,
o‘g‘li otasiday ish tutmagan ekan. (Taxtda) johil xoqon
turganligi uchun, badfe’l xoqon turganligi uchun vaziri ham
kaltafahm ekan, yovuz ekan. (6) Beklari, xalqi to‘g‘ri emasligi
uchun, tabg‘ach xalqi hiylakor, to‘ymasligi uchun, firibgari bor
uchun, ini va og‘ani (bir-biriga) qayragani uchun, begi va
xalqini bir-biriga chaqqani uchun turk xalqi ushlab turgan
312
davlatini qo‘ldan chiqarib yuborgan, (7) xoqonlik qilib turgan
xoqonini yo‘qotib yubordi. Tabg‘ach xalqiga bek bo‘ladigan
o‘g‘il bolasi bilan qul bo‘ldi, suluv qiz
bolasi bilan cho‘ri
bo‘ldi. Turk beklar turkcha otini qo‘yib, tabg‘achlik beklarning
tabg‘achcha otini qabul qilib, tabg‘ach xoqonga (8) qaram
bo‘ldi. Ellik yil mehnatini, kuchini beribdi. Sharqqa – kun
chiqarda Bo‘kli xoqonigacha lashkar tortib beribdi. G‘arbga –
Temir qopiqqa qadar lashkar tortib beribdi. Tabg‘ach xoqoniga
davlatini, hukumatini olib beribdi. Turk qora xalqi, bari (9)
xalq shunday debdi: “Davlatli xalq edim, davlatim endi qani?
Davlatni kimga egallab beryapman?” – der ekan. “Xoqonli
xalq edim, xoqonim qani? Ne xoqonga mehnatimni, kuchimni
beryapman?” – der ekan. Shunday deb tabg‘ach xoqoniga yov
bo‘libdi. (10) Yov bo‘lib, o‘zini eplab va tiklab ololmay, yana
taslim bo‘libdi. Shuncha mehnatini, kuchini berganiga andisha
qilmay (tabg‘ach xoqoni) “turk xalqini o‘ldirayin, urug‘ini
qirayin” der ekan. [Uni] yo‘qotib borayotgan ekan.
Yuqorida turkning osmoni, turkning muqaddas yeri- (11)
suvi shunday debdi: “Turk xalqi yo‘q bo‘lmasin” deya, “xalq
bo‘lsin” deya otam Eltaris xoqonni, onam Elbilga xotunni
Tangri (o‘z) martabasida tutib, yuqori ko‘targan ekan.
Otam xoqon o‘n yetti er bilan tashga chiqib ketgan.
“Tashda (12) yuribdi” degan ovozani eshitib, shahardagi tashga
chiqibdi, tog‘dagi(si) inibdi. Terilib, yetmish er bo‘libdi.
Tangri kuch bergani uchun otam xoqonning qo‘shini bo‘ridek
ekan, dushmani qo‘ydek ekan. Sharqqa, g‘arbga qo‘shin tortib,
(odam) yig‘ibdi, (oyoqqa) turg‘azibdi. Hammasi (13) yetti yuz
er bo‘libdi. Yetti yuz er bo‘lib, davlatini yo‘qotgan, xoqonini
yo‘qotgan xalqni, cho‘riga aylangan, qul bo‘lgan xalqni, turk
hukmronligini boy bergan xalqni ota-bobolarim yo‘sunicha
oyoqqa turg‘azibdi, boshqaribdi. To‘lis, tardush ........ (14)
yabg‘uni, shadni o‘shanda tayinlabdi. Janubda tabg‘ach xalqi
yov ekan, shimolda baz xoqon, to‘quz o‘g‘uz xalqi yov ekan.
Qirqiz, quriqan, o‘tuz tatar, qitan, tatabi butunlay yov ekan.
313
Otam xoqon buncha ...... (15) qirq yetti yo‘la qo‘shin tortgan,
yigirma marta jang qilgan. Tangri yorliqagani uchun eli borni
elidan ayirgan, xoqoni borni xoqonidan ayirgan, yovni qaram
qilgan, tizzasi borni cho‘ktirgan, boshi borni ta’zim qildir......
(16) hukmronlik qilib vafot etgan. Otam xoqon [qabri]ga
birinchi bo‘lib baz xoqonning balbali tikildi.
O‘sha hukumat boshiga amakim xoqon bo‘lib o‘tirdi.
Amakim xoqon o‘tirib, xalqni yaxshilab oyoqqa turg‘izdi,
tarbiyaladi, qashshoqni ...... (17) Amakim xoqon bo‘lib
turganda o‘zim tardush xalqi uza shad edim. Amakim xoqon
bilan sharqqa Yashil o‘guz, Shantung dashtiga qadar qo‘shin
tortdik, g‘arbga Temir qopiqqa qadar qo‘shin tortdik. Ko‘gman
osha qi..... (18) Hammasi (bo‘lib) yigirma besh (marta) cherig
tortdik, o‘n uch (marta) jang qildik. Eli borni elidan ayirdik,
xoqonlini xoqonidan judo qildik, tizzasi borni cho‘ktirdik,
boshi borni yukuntirdik. Turgas xoqon turkimiz ...... (19)
uchun, bizga (nisbatan) yanglishgani uchun xoqoni o‘ldi,
vaziri, beklari ham o‘ldi. O‘n o‘q xalqi zahmat chekdi.
Bobomiz, ajdodimiz boshqargan yer-suv egasiz bo‘lmasin deb
az xalqini tartibga solib yar..... (20) bars bek edi, xoqon
unvonini bunda biz berdik. Singlim xoqonzodani berdik. O‘zi
yanglishdi, xoqoni o‘ldi, xalqi cho‘ri, qul bo‘ldi. Ko‘gman yer-
suvi egasiz qolmasin deya az, qirqiz xalqini tikla[b] ......... (21)
qaytib berdik. Sharqqa Qadirqan yishni osha xalqni shunday
qo‘ndirdik, shunday tartibga keltirdik. G‘arbga Kangu
Tarmanga qadar turk xalqini shu holda qo‘ndirdik, shu xilda
tartibga keltirdik. U chog‘da qul qulli bo‘lgan, ....... (22)
Shunday qozonilgan, tiklangan elimiz, hukumatimiz (bor) edi.
Dostları ilə paylaş: |