Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

Mazmuni 
Burun o‘tgan zamonda, bu Chambudivip o‘lkasida 
Maxaradi otli elig xon bor edi. O‘sha Maxaradi elig xon behad 
ulug‘, boy-badavlat, omboru xazinalari don-dun, mol-mulkka 
to‘la, alpu mergan, kuchli cherikka ega, to‘rt tomondagi yerni 
o‘ziga bo‘ysundirgan, ko‘pning hurmatini qozongan, azaldan 
adolatli siyosat yuritgan, bo‘ysungan barcha ellarning xalqini 
ko‘paytirgan, yon-veri butunlay yovsiz-yovuzsiz edi. O‘sha 
tadbirli-cho‘g‘li, shon-shavkatli elig xonning katta xotinidan 
tug‘ilgan ko‘rkli-suyukli, istarasi issiq uch o‘g‘loni bo‘lar edi. 
Eng katta – to‘ng‘ich o‘g‘lonining oti Maxabali edi. Ikkinchi – 
o‘rtancha o‘g‘lining oti Maxadivi edi. Uchinchi – eng kichik 
o‘g‘lining oti Maxasatvi edi. 
Kunlarning birida o‘sha elig xon uch o‘g‘loni bilan 
tashqariga tog‘u soyda sayr qilgani bordi. U yerga 
borganlarida, dam olib nafas rostlaganlaridan keyin o‘sha uch 
tigin (shahzoda) gulu chechak, meva-cheva terib kelgali otalari 
elig bekdan o‘tinib izn so‘rdilar. Ular u yon-bu yon yurib katta, 
bir qamishli berk ariqqa kirib, o‘sha yerda tin olgani o‘tirdilar. 
Dam olib o‘tirganlarida eng katta tigin ikki inisiga shunday deb 
aytdi: “Ey inilarim, mening bugun juda qo‘rqqim, vahmim 
kelyapti. Shunday bo‘lmasin ishqilib [ya’ni: aytganlarim 
o‘ngidan kelmasin]. Tag‘in bu ariq-chakalak ichidan ashaddiy 
yovuz hayvonlar chiqib, biz yo‘qotg‘uliq, zahmatga qolg‘uliq 
bo‘lmaylik”, – deb. 
Ikkinchi tigin shunday deb aytdi: “(Yaratgan ohimizni) 
eshitib, 
O‘zi 
yorlaqasin. 
Akam-a, 
mening 
bu 
et-
o‘zim(jismim)ni asragim kelmaydi-kim, faqat bizga nima 
bo‘lsa-da, qadrdonlardan ayrilg‘uliq musibat bo‘lmasa edi, deb 
qo‘rqarman”, – deb. 
Bu so‘zlarni eshitib, uchinchi tigin ikki akasiga shunday 
deb o‘tindi: 
“Bu yer azizlar turadigan [ya’ni: azizlar o‘tgan] yerdir, 


337
Mening sira qo‘rqinchim, xavotirim yo‘q. 
O‘zga ayrilmoqliq tashvishim ham yo‘q. 
Shunday 
qilib, 
et-o‘zimda 
to‘la 
shodligu 
sevinch 
tug‘ilayotir, 
Topg‘aymiz chamasi biz yaxshi, ayri ne’matni”, – 
deb aytdi. O‘sha chog‘da bu uch tigin o‘z vujudu 
ko‘ngillaridagi o‘ylagan o‘ylarini so‘zlashib, keyin o‘rinlaridan 
turib, o‘sha ariqning ichkarisiga qarab yurdilar. Shunday yurib, 
yangi enuklagan (bolalagan) bir tishi barsni ko‘rdilar. O‘sha 
och bars yangi enuklagan, (bunga) yetti kun bo‘lgan edi. Yetti 
enukini bag‘riga bosib, ochiqmoq, suvsamoqliqdan siqilib, 
holdan toygan, siniqqan, et-o‘zlari bo‘shashib, kuch-quvvati 
uzilib, o‘lasi bo‘lib yotar edi. 
Taajjubdan uni og‘a-inilarning ulug‘i Maxabali tigin ko‘rib, 
shunday deb aytdi: “Ey bechora tishi bars, enuklaganiga yetti 
kun bo‘libdi. Yetti enuklari yumshoqqina yemishga o‘xshaydi, 
tishi bars esa bunga jazm qilolmay, ochiqish, suvsash azobidan 
siqilib, qayta-qayta o‘z enuklarini yeyishga urinyapti. Bundan 
ham ortiq bechorahol jonivor topilurmi?” – deb aytdi. Bu gapni 
eshitib, Maxasatvi tigin keyin akasi tiginga: “Bu bars nima 
yeydi, yoqtirgan ovqati nima turur?” – deb aytdi. Akasi tigin 
shunday deb javob berdi: 
“Barsning, ilvirsning, manuning, arslonning, 
bo‘rining, tulkining ovqati esa,
yakka-yolg‘iz issiq et va qon erur. 
Bundan boshqa yana o‘zga osh-ichgu yo‘q- 
kim, bu holdan toygan och barsni tiriltirgulik”, – 
deb aytdi. Bu so‘zni eshitib, ikkinchisi Maxadivi tigin 
ixtiyorsiz shunday deb aytdi: “Bu yo‘sunda yaratilmish, 
kuchsiramish, holdan toygan och bars ochqamoq, suvsamoq 
azobidan g‘oyat qiynalib ana-mana o‘lgali turur. Bizdan 
boshqa kim borki, bunga yaroqli osh-suv topib beruvchi, bu 
bechora jonivor uchun tanasini fido qilib, buning issiq jonini 
uzaytirishni uddalaydigan?” – deb aytdi. Ulug‘ tigin bu so‘zni 


338
eshitib, qayta o‘rtancha inisiga: “Ey inim, sahiylik (molni 
mardona ulashish) botirning ishi, Nima bo‘lganda ham issiq 
jondan kechib bo‘lmaydi”, – deb aytdi. Bu so‘zning so‘ngida, 
Maxasatvi tigin shunday deb aytdi: “Ey akalarim-a, biz 
hammamiz issiq jonimizga, jasadimizga g‘oyat bog‘lanib 
qolganmiz. Shunday qilib, qayta biron jonzodga foyda 
yetkazgali dono fikr, ko‘rar ko‘zimiz yo‘q, xolbuki, andog‘ 
biror ulug‘, mehribon ko‘ngilli, qutli odamlar azaldan o‘z 
jasadlarini fido qilib, jonzodlarga foyda keltiradilar”, – deb 
aytdi. 
Bu gaplarni akalariga so‘zlab, keyin o‘z ko‘nglida shunday 
deb o‘yladi: “Axir bu mening et-o‘zim yuz ming zamonlardan 
beri foydasiz necha-necha chiridi. Hech-da etli bo‘lmay, 
qanday bo‘lsa ham, foydaga, manfaatga yaramadi. Qanday 
qilib, 
bugungi 
kunda 
bunday 
kerakli, 
ishlatadigan, 
foydalanadigan o‘rnini topib, bu xildagi chirkin, keraksiz et-
o‘zimni, qoqilgan, tashlangan, manqayu tupukday, fido qilib, 
qurbon qilib, tashlab, bu bechora, nochor, och barsga qanday 
qilib haloskoru panoh bo‘lmayman”, – deb shu tarzda o‘ylab, 
akalari bilan so‘zlashgulik jasoratini, qo‘rqinchini tiyib, o‘sha 
bars tepasida o‘zgacha mehrlari uyg‘onib, afsuslandilar, 
achindilar. Shunday qilib, ularning orasida yig‘ladi. Yana 
Maxasatvi tigin o‘sha barsning ochligini, oriqligini, emgagini, 
azobini aniq ko‘rib, yoniga yaqinlashib, ko‘zini undan uza 
olmay, anchagacha tikilib qarab qoldilar, so‘ngra boshqa 
tomon yurib ketdilar. So‘ngra o‘sha paytda Maxasatvi 
bo‘disatv ketayotib, shunday deb o‘yladi: “Shu chog‘da menga 
yuzlanib, et-o‘zimni, issiq jonimni fido qiladigan, qurbon 
qiladigan vaqt to‘qnash keldi. Nima uchun desa-kim: 
Men almisoqdan beri bu chirik, sassiq qonli, yiringli, 
mehrsiz, mardud, jirkanch jasadga shunchalik inondim.
Osh-ichgu, kiyim-kechak, o‘rin-to‘shak, otu fil, aravayu 
ulov, 
duru javohir, mol-mulkka topindim. 


339
Aynimoq, buzulmoq qonuni tufayli 
azal-azaldan aynidi, buzuldi. 
Hech-da bu et-o‘zni kuyib, asrab 
avaylab saqlab aynitmaslikni uddalay olmadim. 
Har qancha qattiq qonib tarbiyalasam ham 
qoldi yovuz dushman rusmini tutib, 
qayta meni tark etib, qovushib, 
sevinchsiz bebahra qildi mening kuchimni.
Uning bilan shunday bilmish kerak: “Et-o‘z mavjud bo‘lsa, 
beqaroru, o‘tkinchi turur. Jonga yana foydasizlig‘i uzra yovuz 
dushmanday qo‘rqinchli erur. Jirkanch, kirligi, nopokligi bilan, 
axlat hosilasini ajratadi. Shuning uchun men bugungi kunda bu 
et-o‘zimni fido qilib, ajoyib, ulug‘ amalni qilayin. Sansar 
dengizu daryosi ichida sol-kema bo‘layin. Tug‘ulmoq, 
o‘lmaklik taqdiridan tashqariga tortib chiqarayin”, – deb 
o‘yladi. Yanayoq, shunday deb o‘yladi: “Agar birgina bu et-
o‘zimni qurbon qilsam, keyin son-sanoqsiz gunohlarni, 
shishniyu bezni, yiringu qonni, dardu og‘riqni, qo‘rqinchni, 
xavfni – barchasini qurbon qilgan, tark etgan bo‘lurmen. 
Tag‘in-da bu et-o‘z mavjud bo‘lsa, o‘ttiz olti xil nopokliklar 
bilan to‘la, suv yuzidagi ko‘pikday beqaroru omonat, barcha 
qurtlarning, qo‘ng‘izlarning to‘planadigan joyi, qonning, 
yiringning o‘rnashadigan yeri; pay bilan, tomir bilan 
chirmalgan suyaklar bo‘g‘in orqali tutashgan. Shuning uchun 
menga tegishli bu et-o‘zimni qurbon qilib, benuqson oliy ezgu
Abamulug‘ 
abadiy 
nirvanni 
tilagulik, 
diltangligu 
parishonxotirlik, mehnat va tashvishni bir yo‘la tarqatish, 
tug‘moq-o‘lmaklik qismatini ta’sirsizlantirish, nafsoniy aloqani 
uzgulik, ruhiyatning bilim kuchini kuchlantirgulik, to‘la 
tugallikka erishish, ezgulikni o‘ksigsiz bitirgulik, yuz yorug‘lik 
harakatini qilishlik, tugallik ilmining tubiga yetishlik, hamma 
burxonlar qoshida madh etilgan muqaddas shar’iy et-o‘zni 
shohid qilishlik, butun besh olam jonivorlarining avlodini 
shari’at zakoti yo‘rig‘ida ko‘rsatgulik”, – deb shunday ayirib-


340
saralab o‘ylab, so‘ngra Maxasatvi tigin o‘tkir hayajon bilan 
turib, ulug‘ orzularga cho‘mib, ko‘ngliyu ko‘ksi ravshanlashib, 
o‘sha ikki akasini ko‘ngliga solib, har holda ular ham 
anglasalaru, o‘ngarsalar (deb o‘yladi). So‘ngra hurkib, 
xavfsirab, qarshilik qilib: “tilagan orzumni qondirmaydi”, – 
deb o‘ziga kelib, so‘ngra ikki akasiga ozgina oldinga yurib 
tursinlar, men yuraverib juda toliqdim, deya o‘tinib, akalarini 
jo‘natib, Maxasatvi tigin o‘zi orqaga qaytib, o‘sha ariqqa kirib, 
och barsning tepasiga borib, shoshila kiyimlarini egilgan 
qamish butog‘iga osib, shunday deb, (ko‘ngil tubida) qattiq 
saqlanayotgan so‘zlarini so‘zladi [ya’ni: niyatlarini aytdi; duo 
qildi, duosini so‘zladi]: 
“Men endi to‘lib, sansardagi jonivorlar uchun 
eng oliy ezgu burxon xohish-irodasini, 
har xil xayollarga berilmay, ulug‘ yorlaqag‘uchi ko‘ngil 
berib, 
bu mening suyukli-qadrdon et-o‘zimni fido qilaman, 
qurbon qilaman. 
Buzilmas mustahkam burxon qutini [saodatini] tilayman- 
kim, (u) barcha donolarga sevikli, maqbul(dir). 
Uch nav o‘rinda mavjud bo‘lgan, emgak dengizidagi (g‘arq 
bo‘layotgan) 
jonzodlarni 
yuqori 
tortib, 
xalos 
qilib, 
tinchlantirayin”, – deb aytdi. O‘sha chog‘da tigin shunday 
so‘zlarni aytib, o‘sha och bars oldiga uzala yotdi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin