42
turk xalqining xalaskori, ulug‘ yo‘lboshchilar deya ta’rif
etilgan. Muallif turli badiiy vositalardan foydalanadi. Unda
og‘zaki va yozma adabiyotning sara an’analari umumlashgan.
Muhimi, adib bu ta’riflar bayonida turkiy tilning bor badiiy-
uslubiy imkoniyatlari, boyligini ishga solgan. Bu asarlarni
qadimgi turk adabiyoti va adabiy tilining eng ajoyib
namunalari deyish mumkin.
Qadimgi
turk
adabiy
tilining
rivoji,
adabiy
til
me’yorlarining turg‘un bir shaklga tushuvida tarjimonlarning
ham ulushi bor. Sharqiy turklar orasida moniylik, buddizm,
nasroniylikning yoyilishi oqibatida sharq xalqlarining madaniy,
adabiy aloqalari kengaydi. Turkiy dunyoda buddashunoslar,
moniy
falsafasining
donishmandlari,
sharq
tillarining
bilimdonlari yetishib chiqdi. Bu jarayon tarjimachilikning
rivojiga keng yo‘l ochib berdi. Anatkak (sanskrit), tabg‘ach
(xitoy), eroniy tillardan qadimgi turkiyga diniy-falsafiy asarlar
tarjima qilindi.
Turk-budda muhitida yashab o‘tgan tarjimonlardan biri
yirik buddashunos, sanskrit va tohar tillarining bilimdoni
Dostları ilə paylaş: