Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


Partanarakshitdir. Uning qadimgi toharchadan turkiyga



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob


Partanarakshitdir. Uning qadimgi toharchadan turkiyga 
o‘girgan “Maytri simit no‘m bitig” otli asari yetib kelgan. 
Turk-budda adabiyotining boshqa bir yirik vakili, 
xitoyshunos Shingqu Sheli (~Singqu Seli) tudung edi. Bu olim 
Partanarakshitdan ancha keyin – X asrda yashagan. Shingqu 
Sheli o‘z asarlarini tabg‘ach tilidan tarjima qilgan. Uning otiga 
qo‘shilayotgan tuduŋ so‘zi qadimgi turkiy tilda “hokim, yuqori 
mansab”ni bildiradi. Bu unvon Singqu Selining mansabdor 
kishi, shuning bilan bir qatorda, zamonasining yetuk o‘qimishli 
kishisi o‘tganidan darak beradi. Uning xitoychadan qadimgi 
turkiy tilga tarjima qilgan uch asari yetib kelgan. Bular: “Oltun 
tusli yorug‘” (“Altun öŋlüg yaruq”=“Suvarnaprabhasa sutra”), 
“Syuan-szan kechmishi” (“Tsi-in-čün kavi nom bitig”) va 
“Vujud va ko‘ngilni anglash kitobi” (“Etözüg köŋülüg körmäk 
atlïğ nom bitig”)dir. 


43
Qizig‘i, Shingqu Sheli tarjimalarini asarlarning asl 
nusxalariga chog‘ishtirib ko‘rgan olimlar ularning xitoycha 
matnlardan 
so‘zma-so‘z 
o‘girilmaganligini 
ilg‘aganlar. 
Ta’kidlash joizki, Shingqu Sheli tarjimalarining qay birini 
olmang, oddiy matnlar emas. Ular qadimgi turk yozma 
adabiyotining sara asarlari qatorida. Tarjimonning kuchli bilim 
egasi ekani, turkiy til imkoniyatlaridan ustalik bilan foydalana 
olgani, qolaversa, uning shoir o‘tganidan belgi berib turadi 
bari. Matnlarning til va uslubi hayratga soladi asarlarni 
asliyatdan o‘qib, tushunib yetgan kishini. Anglashiladiki, 
tarjimon turk o‘quvchisiga budda g‘oyalarini chuqurroq 
singdirish, matnlarni o‘qishli qilish maqsadida ayricha yo‘l 
tutgan: u asarlarning asosiy mazmunini saqlagan holda, turklar 
tasavvuriga to‘g‘ri keladigan tushunchalar bilan bergan. 
Atamalar tizimi ham, bayon uslubi ham, badiiy-tasviriy 
vositalar ham – barisi shunga bo‘ysunadi. Shingqu Sheli 
tudung ularni qayta ishlab, mustaqil asar darajasiga ko‘targan. 
Shuning uchun ham turk-budda asarlarini badiiy tarjimalar 
sifatida emas, balki qadimgi turk adabiyotining o‘z namunalari 
deb qaramog‘imiz maqsadga muvofiq. Tarjimachilik amaliyoti 
tarixidagi ushbu metod prinsiplarini, qonun-qoidalarini chuqur 
o‘rgangandan keyingina, uning to‘g‘risida tugal, aniq-taniq 
yechimga kelish mumkin.
Muhimi, 
o‘sha 
davr 
tarjimonlari 
matnga 
ijodiy 
yondashganlar. Bu ularning o‘ziga xos yutug‘i, qadimgi turk 
adabiyoti va adabiy tiliga qo‘shgan katta ulushi edi.
Turkiy adabiy tilning rivoji, adabiy til me’yorlarini tartibga 
solishda qadimgi turk adabiyotining buyuk namoyandasi, XI 
asrda yashab o‘tgan ulug‘ faylasuf Yusuf Xos Hojibning 
xizmati katta. Uning “Qutadg‘u bilig” asari qadimgi turkiy 
tildan eski turkiy tilga o‘tishda katta bir ko‘prik bo‘lib xizmat 
qildi; bu asari bilan adib yangi musulmon davri turk adabiy tili 
me’yorlarini belgilab berdi.


44
“Qutadg‘u bilig”ning muqaddimasida shunday yozilgan: 
Čin-u Mačin ’alimlarï qamuğï it(t)ifaq boldïlar-kim, Mašriq 
vilayatïda, qamuğ Türkistän elindä Buğraxan tilinčä, türk 
luğatïča bu kitaptin yaxšïraq hargiz kimersä tasnif qïlmay 
turur. Bu kitap qayu ma padšahqa, qayu ma iqlimqa tegdi ersä, 
ğayat uzluqïndin, uruqtïn nečä körklüglügindin ol ellärniŋ 
hakimläri, ’alimlarï qabul qïlïp, tekmä biri bir türlüg at-laqap 
urdïlar: činlïğlar “Adabbu-l-muluk” atadïlar; Mačin malikiniŋ 
hukamalarï “Ayinu-l-mamlakat” tedilär; mašriqlïğlar “Zinatu-
n-umara” tep aydïlar; eranlïğlar “Šahnama-yi türki” 
atamïšlar, ba’zilarï ma “Pandnama-yi muluk” temišlär; 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin