34
Yozishlaricha,
Qohira
madrasasida
Oltin
O‘rda
va
Turkistondan kelgan olimlar mudarrislik qilganlar (Eckmann
2003,52).
Mamluk-qipchoq adabiyotining eng eski namunasi Berka
Faqihning she’ridir. Berka Faqih 1383 yili Iskandariyada Oltin
O‘rdaning mashhur shoiri Qutbning “Xusrav-u Shirin”
masnaviysini ko‘chirgan. Uning oxiriga o‘zi 51 baytli xotima
ham yozib kiritgan.
Mamluk-qipchoq adabiyotining yirik namoyandasi Sayfi
Saroiydir. Uning kelib
chiqishi Saroy shahridan edi,
keyinchalik Misrga ketdi. U 1391 yili Sa’diyning “Guliston”
asarini turkiyga erkin tarjima qildi. Asar “Kitob-i Guliston bit-
turkiy” deb ataladi.
Mamluklar davlatining ba’zi hukumdorlari ham ijod
qilganlar. Ularning turkiy tildagi she’rlaridan yetib kelgan
(Eckmann 2003,57–59).
Mamluk-qipchoq adabiyotida tarjima asarlar ham yuzaga
keldi. 1510 yili Firdavsiyning “Shohnoma”si turkiyga tarjima
qilingan. Tarjimoni Husayn b. Husan b.
Muhammad al-
Husayniydir.
Mamluklar davrida turkiy tilda ilmiy asarlar ham
yaratilgan, arab yoki fors tillaridan turkiyga tarjima qilingan.
O‘sha davrda yaratilgan fiqh kitoblari, tibbiy asarlar,
chavandozlikka oid asarlardan bizgacha yetib kelgan (Eckmann
2003,60–66).
Fiqh(islom shariat ilmi)ga tegishli asarlar quyidagilardir:
arab tilidan o‘girilgan “Irshodu-l-muluk vas-salotin”, “Kitobu-
l-fiqh”
asarlari,
“Kitob
muqaddimat
Abil-Lays
as-
Samarqandiy”, fatvolar majmuasidan iborat “Kitob fil-fiqh bi-
lisoni-turkiy” risolalaridir.
Tibbiyotga
oid
asarlar
otlarning
qiliqlari,
otlarda
uchraydigan kasalliklar va ularni davolash choralari to‘g‘risida,
ot parvarishi bilan bog‘liq. Bular
arabchadan tarjima qilingan
35
“Kitob baytaratu-l-vozih” hamda forschadan o‘girilgan
“Kitobu-l-xayl” risolasidir .
Chavandozlikka tegishlilari arabchadan tarjima etilgan
“Xulosa” yoki “Kitob fi ilmun-nussob” hamda “Munyatu-l-
quzob” asarlaridir.
Arablarga turkiy tilni o‘rgatish uchun yirik grammatik
asarlar, qo‘llanmalar yaratilgan.
Turkiy til ayrim davrlarda Hindistonda ham amal qilgan.
Hindistonda turkiy tilga Dehli sultonligi davrida, keyinchalik
Boburiylar hukumronligi zamonida katta e’tibor qaratilgan edi.
Atoqli
jamoat arbobi, Zahiriddin Bobur o‘z saltanatida turkiy
va forsiyning amal qiluviga katta e’tibor qaratdi, turkiy
adabiyotning gullab yashnashiga imkoniyat yaratib berdi. U va
uning farzandlari zamonida Hindistonda turkiy tilda yirik
tarixiy, badiiy asarlar yaratildi. Bobur o‘z asarlarining ko‘pini
o‘sha tuproqda ekanligi chog‘ida bitdi. “Boburnoma”,
“Mubayyan”, she’riy devoni ham o‘sha chog‘lar Boburning
saltanat davrida yozib tugallandi. Boburdan so‘ng turkiyda ijod
etish an’anasini Kamron Mirzo va boshqalar davom ettirdi.
Hindistonda yaratilgan badiiy adabiyot o‘zbek adabiyoti tarixi,
adabiy tili (“chig‘atoy turkchasi”)ning noyob namunalaridir.
Dostları ilə paylaş: