päčänäk
, so‘ng
qїwčaq, oğuz, yämäk, bašğїrt,
basmїl, qay, yabaqu, tatar, qїrqїz
keladi. Qirqizlar Chin
yaqinidadir. Bu qabilalarning yeri Rum yonidan kun
chiqargacha cho‘zilgan. “Devonu lug‘atit turk”ka kiritilgan
xaritada ko‘rsatiluvicha, bu yurtlar G‘arbdan Sharqqa tomon
cho‘zilgan.
Muallif yana davom etadi: So‘ng
čigil
, so‘ng
tuxsї
, so‘ng
yağma
, so‘ng
їğraq
, so‘ng
čaruq
, so‘ng
čumul
, so‘ng
uyğur
,
so‘ng
taŋut
, so‘ng
xїtay
. Xitoy – Chindir. So‘ngra
tawğač
, bu
Mochindir (MK.I.64). “Devonu lug‘atit turk” asariga kiritilgan
xaritada bu qabilalarning yurtlari janub bilan shimol o‘rtasida
berilgan.
23
Turk ellarining chegaralari to‘g‘risida ham Mahmud
Koshg‘ariyning o‘z qarashlari bor. Chunonchi, u
Qaz
so‘ziga
izoh berar ekan, yozadi: “
Qaz –
Afrasiyob qizining nomi...
Ba’zilar turk shaharlari chegarasi Marvash – Shohijondan
boshlanishini so‘zlaydilar. Chunki Qazning otasi
Toŋa Alp Er
–
Afrasiyobdir. U Tahmurasdan uch yuz yil keyin Marvni bino
qilgan. Ba’zilar butun Mavoraunnahrni turklar o‘lkalaridan deb
hisoblaganlar. U
Yankänd
dan boshlanadi. Uning bir oti
Dïzrujïn
dir. U sariqligiga ko‘ra, mis shahri demakdir. Bu
Buxoroga yaqindir. Bu yerda Afrasiyobning qizi
–
Qazning eri
Sïyavuš
o‘ldirilgan. Majusiy-otashparastlar har yili bir kun bu
yerga kelib,
Sïyavuš
o‘lgan joy atrofida yig‘laydilar. Mollar
so‘yib, qurbonlik qiladilar. So‘yilgan mol qonini uning mozori
tepasiga to‘kadilar. Ularning odatlari shunday. Butun
Mavoraunnahr, Yankand dan Sharqqacha bo‘lgan o‘lkalarni
turk shaharlaridan deb hisoblashning asosi shuki,
Samarqand –
Semizkänd, Taškänd – Šaš, Özkänd, Tünkänd
nomlarining
hammasi turkchadir.
Känd
turkcha shahar demakdir. Ular bu
shaharlarni qurdilar va shunday nom qo‘ydilar. Hozirgacha
ham shunday kelmoqda. Bu yerlarda forslar ko‘paygach, so‘ng
ular Ajam shaharlari kabi bo‘lgan. Hozir turk o‘lkalarining
chegarasi
Äbisgün
dengizi bilan o‘ralgan. Rum o‘lkasidan va
Özjänd
dan Chingacha cho‘ziladi. Uzunligi besh ming farsax,
eni uch ming farsax, hammasi sakkiz ming farsaxdir”
(MK.III.163–164). Mahmud Koshg‘ariyning “
Känd
turkcha
shahar demakdir. Ular bu shaharlarni qurdilar va shunday nom
qo‘ydilar. Hozirgacha ham shunday kelmoqda. Bu yerlarda
forslar ko‘paygach, so‘ng ular Ajam shaharlari kabi bo‘lgan”
degan ma’lumotlari Mavoraunnahrning sanab o‘tilgan o‘lkalari
turklar tomonidan bunyod etilgani, keyinchalik bu yerlarda
forsiyzabonlar nufuzining ham oshganligi, joy otlarining esa
forscha atab ketilganidan dalolat beradi (
İnčüögüz – Sirdaryā,
Keš (~Käš) – Shahrisabz
singari joy otlarining yuzaga kelishi
bunga misol).
24
Mahmud Koshg‘ariy yuzyilliklar osha Markaziy Osiyo
tuprog‘ida yashab kelgan etnik guruhlar va ularning tillari
to‘g‘risida ham aniq-taniq ma’lumot keltiradi. Jumladan, u
mazkur o‘lkalarda yashovchi
soğdaq, känčäk, arğu
larni “ikki
tilda so‘zlashuvchilar” deya ta’kidlaydi. Uning yozishicha,
xo‘tanliklar, tubutlar va tangutlarning ba’zilari kabi ikki tilda
so‘zlaydiganlar va boshqa shaharlarga borib yurganlar tilida
buzuqlik bor. Bular bu yerlarga so‘ng kelganlar (MK.I.65).
Mochinliklar va chinliklarning ayricha tillari bor bo‘lsa
ham, shaharliklar turkchani yaxshi biladilar. Olimning yana
ta’kidlashicha, ularning turklar bilan yozishmalari turkchadir
(MK.I.65).
Tubutlarning tillari alohida. Shuningdek, xo‘tanliklarning
ham ayrim yozuvlari va ayrim tillari bor. Tubutlar ham,
xo‘tanliklar ham turkchani yaxshi bilmaydilar (MK.I.65).
Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha,
Balasağun, Tїraz,
Mädinätülbäyzä
shaharlarining xalqlari sug‘dcha va turkcha
so‘zlaganlar
(MK.I.66). Ushbu fakt ikki masalaga e’tibor
qaratishni talab etadi: birinchidan, bu o‘rinda shu o‘lkalarda
ikki tilda so‘zlashuvchi ikki xalq yashaganligi ko‘zda
tutilmoqda; ikkinchidan esa bu o‘lka xalqlarining (
soğdaq,
känčäk, arğu
larning) ikki tilliligi. Ma’lumki, ko‘k turk, uyg‘ur
xoqonliqlari va qoraxoniylar davrida bu o‘lkalarda turklar bilan
birga savdo yohud boshqa ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ta’sirida
kelib o‘rnashib qolgan sug‘dlar ham yashar edi. Mahmud
Koshg‘ariy
soğdaq
(ya’ni
sug‘d)
xalqini
ikki
tilda
so‘zlashuvchilar deb ta’kidlaganda (MK.I.65) ko‘proq shu
o‘lkalardagi sug‘dlarni ko‘zda tutgan ko‘rinadi.
Ko‘k turk, uyg‘ur xoqonliqlari va qoraxoniylar davrida
Balasag‘un aholisi ikki tilli edi. Mahmud Koshg‘ariyning
yozishicha, balasag‘unliklar sug‘dcha va turkcha so‘zlaganlar
(MK.I.66). Xalqning ikki tilli ekanligining boisi, bu yerda
turklar bilan birga sug‘dlar ham yashagan. Lekin qoraxoniylar
davriga kelib, bu yerlik sug‘dlarning turklashuv jarayoni yuz
25
bera boshlagan ko‘rinadi. Mahmud Koshg‘ariy
soğdaq
so‘ziga
izoh bera turib: “
Soğdaq
– Balasag‘unga joylashgan bir qavm.
Ular Samarqand va Buxoro o‘rtasidagi So‘g‘ddan bo‘lib, keyin
turklashib ketgan odamlar” deb yozgan edi (MK.I.437).
Olim koshg‘arliklar to‘g‘risida ma’lumot berar ekan,
“Qashqarda kanchakcha so‘zlashadigan qishloqlar bor. Shahar
o‘rtasida turuvchilar “xoqoniy turkchasi”da so‘zlaydilar” deb
yozadi (MK.I.66). Bundan anglashiladiki, Koshg‘ar tevaragida
kanchaklar yashaydigan qishloqlar ham bo‘lgan va ular ikki
tilli edi. Shahar ichidagilar esa turkiy adabiy tilda (“xoqoniy
turkchasi”da) so‘zlaganlar.
Muhimi shundaki, Mahmud Koshg‘ariy
känčäk
larni
turklarning bir toifasi deb ta’riflaydi (MK.I.444). Shunga ko‘ra,
“kanchakcha” atamasini turkiy shevalarning biri deb qarash
mumkin.
“Devonu lug‘atit turk”da
Uyğur
mamlakati va uning eli
to‘g‘risida
ham
keng
ma’lumot
berilgan.
Mahmud
Koshg‘ariyga ko‘ra
Uyğur
– besh shaharli viloyat ismidir.
Uning yozishicha, Uyg‘ur viloyatida beshta shahar bo‘lib, u
yerning aholisi g‘irt kofirlar va nihoyatda mohir otuvchilardir.
U shaharlarni Zulqarnayn bino qilgan. Bular:
Sülmi, Qoču,
Čanbalїq, Bešbalїq, Yaŋїbalїq
shaharlaridir (MK.I.136).
“Devonu lug‘atit turk”da keltirilgan xaritada bu o‘lka
Bilādu Uyğur
deb qayd etilgan.
Mahmud Koshg‘ariy bu o‘lka xalqining tili va yozuv
madaniyati haqida ham ma’lumot bergan. U yozadi:
“Uyg‘urlarning tili sof turkcha. Lekin o‘zlari so‘zlashadigan
yana bir xil shevasi ham bor. Uyg‘urlar kitobning bosh qismida
ko‘rsatilgan 24 harfdan iborat turkiy yozuvni qo‘llaydi. Kitob
va xat-janglarini shu yozuv bilan yozadi. Uyg‘urlarning
chinliklarnikiga o‘xshaydigan yana bir xil yozuvi ham bor.
Rasmiy xat-jang va hujjatlarini shu yozuvda yozadi. Bu
yozuvni musulmon bo‘lmagan uyg‘urlar bilan chinliklardan
boshqalar o‘qiy olmaydi” (МК.I.40).
26
Mahmud Koshg‘ariy
Qoču
ni uyg‘urlar viloyatidagi bir
shahar sifatida keltirgan (MK.I.136).
“Devonu lug‘atit turk”da keltirilgan xaritada ham bu
shaharlar bir chiziq bo‘ylab joylashgan. Ushbu xaritada
ko‘rsatilishicha, bu viloyat janubdan
Küčä
, sharqiy tomondan
Kemi Talas
bilan chegaralanadi. Buning bayoni asarda yaxshi
berilgan. Chunonchi, Mahmud Koshg‘ariy
Küčä
haqida yozib,
uni uyg‘urlar chegarasidagi shahar (MK.I.384),
Kemi Talas
ni
esa musulmonlar chegarasidagi shahar deb ta’kidlaydi
(MK.I.347).
Dostları ilə paylaş: |