Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

čïmdïlamaq
fe’li bo‘lib, 
tartibda 
qïčïğlamaq
so‘zidan keyin keladi. Tanqidiy matn 
tayyorlash jarayonida anqara nashrida matnga ana shu fe’l ham 
kiritilgan. Bundan ko‘rinadiki, haligi nushani ko‘chirayotgan 
kotib bu so‘zni tasodifan tushurib qoldirgan. 
Navoiy keltirgan nozik ma’noli fe’llar quyidagi tartibdadir: 
quwarmaq-u quruqšamaq va üšärmäk-u jïyjaymaq va 
öŋdäymäk-u čigräymäk va dumsaymaq-u umunmaq va 
osanmaq-u igirmäk va egärmäk-u oxranmaq va tarïqmaq-u 
aldamaq va arğadamaq-u išänmäk va iglänmäk-u aylanmaq va 
erikmäk-u igränmäk va awunmaq-u qïstamaq va qïynamaq-u 
qozğalmaq va sawrulmaq-u čayqalmaq va devdäšimäk-u 
qïmsanmaq va qïzğanmaq-u nikämäk
… va b. 
Alisher Navoiy sinonim fe’llarga ayricha etibor qaratadi. 
Fe’llarning ma’nolari ularning sinonimlari misolida ochib 
beriladi. Muallifning ta’kidicha, takallum chog‘ida kishi ularga 
muhtoj bo‘lur. Navoiy bularga o‘rnak qilib turkiy baytlardan 
keltiradi. Jumladan, turkcha nazmda may ta’rifida mubolag‘a 
uchun 
sïpqarmaq
so‘zini qo‘llaydilar, lekin forsiy she’rda 
aynan shu mazmunni bir so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi. Navoiy 
bu so‘zning ochiqlamasi uchun ushbu baytni misol qilib 
keltiradi: 
Sāqiyā, tut bāda-kim, bir lahza özümdin baray, 


58
Šart bu-kim, har nečä tutsaŋ, labā-lab sïpqaray.
Sïpqarmaq
ning sinonimi 
tamšïmaq
dir, bunda Navoiyning 
so‘zi bilan aytganda, “ğāyat-i zavqdïn bat ičmäs, lazzat tapa-
tapa az-az ičär”. Buning misoli quyidagi baytda yaxshi 
ko‘rinadi: 
Sāqi ču ičip meŋä tutar qoš, 
Tamšï-tamšï anï qïlay nuš. 
Turkiy ash’orda “yig‘i” ma’nosi uslubiy jihatdan o‘zaro 
farq qiluvchi 
boxsamaq, yïğlamsïnmaq, iŋrämäk, siŋrämäk, 
sïqtamaq, ökürmäk, inčkirmäk, hay-hay yïğlamaq
so‘zlari bilan 
ifoda etiladi. 
Navoiy 
boxsamaq
so‘zining ta’rifi uchun shunday baytni 
keltirgan: 
Hajr anduhïda boxsap-men, bilä alman, netäy, 
May ’ilājïmdur, qopup dayr-i fānāğa ’azm etäy. 
Yïğlamsïnmaq
kalimasida Navoiyning so‘zi bilan aytganda 
, “’āšïqlïqda yïğlamaqdïn kulliräk-u dāyimiräk amr yoqtur va 
anda tanavvu’ bar”. Misoli: 
Zāhid ’išqïn desä qïlğay fāš, 
Yïğlamsïnïnur-u közigä kelmäs yaš.
İŋrämäk
va 
siŋrämäk
so‘zlari-kim, “dard bilä yašurun 
āhista yïğlamaqdur va aralarïda tafāvut az tapïlur”. Misoli:
İstäsäm davr ahlïdïn ’išqïŋnï pinhān äylämäk, 
Kečälär gah iŋrämäkdür ‘ādatïm, gah sïŋrämäk. 
Sïqtamaq
so‘zi-kim, “yïğlamaqda mubālağadur”. Misoli:
Ul ay-ki külä-külä qïtağlattï meni, 
Yïğlattï meni demäy-ki, sïqtattï meni. 
Navoiyning ta’rificha, “biyik ün bilä-kim e‘tidālsïz āšub 
bilä yïğlağaylar”, uni 
ökürmäk
derlar. Keltirgan bayti:
İšim tağ üzrä har yan ašk selābïnï sürmākdür, 
Firāq āšubïdïn har dam bulut yaŋlïğ ökürmäkdür. 
Yana 
inčkirmäk
so‘zi ham bor, ma’nisi “inčkä ün bilä 
yïğlamaqdur”. Bayti shunday: 
Čarh zulmïda-ki boğzumnï qïrïp yïğlar-men, 


59
İgirür čarh kibi inčkirip yïğlar-men.
Turkiy uslubda 
hay-hay yïğlamaq
ham bor. Navoiy 
she’rining mashhur maqtai budir: 
Navāyi, ul gul üčün hay-hay yïğlama köp, 
Ki hay degünčä nä gulbun, nä ğunča, nä gul bar.
Yana turkcha 
yasanmaq
uchun sart tilida 
ārasta, ārāyiš
so‘zi bor, ammo 
bezänmäk
o‘rnida hech narsa demaydilar. 
Bezänmäk – yasanmaq
ning mubolag‘asidir. Buning misoli: 
Erür bas ču husn-u malāhat seŋä, 
Yasanmaq, bezänmäk nä hājat seŋä. 
Turklar go‘zallarning ko‘z va qoshlari orasini 
qabağ
derlar, 
forsiyda bu uzvning oti yo‘qdir. Yoki husn ta’rifida ulug‘roq 
xolni turklar 
meŋ
deydilar, ular esa bunga ot qo‘ymaganlar. 
Masnaviyda bir jamoat go‘zal ta’rifida, bunday degan:
Meŋizläri gul-gul, mijalarï xār, 
Qabağlarï keŋ-keŋ, ağïzlarï tār.
Navoiyning ta’kidicha, turkiy she’riyatda omonimlarning 
ham o‘rni katta. Tuyuq tildagi ana shu hodisaning mahsulidir, 
forsiy she’riyatda yo‘qdir. Masalan, 
at
so‘zining bir ma’nisi 
“alam”dir, yana bir ma’nisi “markab”dir, boshqa bir ma’nisi 
“amr, buyruq”dir. Bu tajnisda shunday kelgan: 
Čun pari-vu hurdur atïŋ begim, 
Sur’at ičrä dev erür atïŋ begim. 
Har xādangi-kim, ulus andïn qačar, 
Nātavān jānïm sarï atïŋ begim.
Yana 
it
so‘zida ham uch ma’no bor. Misoli: 
Ey raqib, özni aŋa tutsaŋ ham it, 
Bizgä rahm äyläp, anïŋ köyidin it. 
Garči bar dozahča ’išqïŋ šu’lasï, 
Bizni öz ilgiŋ bilä ul sarï it.
Turkiyda uch, to‘rt va undan ortiqroq ma’no anglatadigan 
so‘zlar ko‘p. Jumladan: 
sağïn
so‘zining bir ma’nosi “yodga 
olmoqqa buyruq”, biri “sutli qo‘yning oti”, yana biri “ishqdan 
bo‘lgan mastlik”. Yoki 
tüz
ning ma’nolari: 
tüz
I – “o‘q” yoki 


60
“nayzaga o‘xshash narsa”, 
tüz
II – “tekis joy”, 
tüz
III – “to‘g‘ri 
kishi”, 
tüz
IV – “cholg‘uni sozlamoqqa amr”, 
tüz
V – “ikki 
kishi orasida yarashtirish” demakdir. Yoki 
kök
ning birinchi 
ma’nosi – “osmon”, 
kök
II – “ohang”, 
kök
III – “
köklä
so‘zining o‘zagi”; 
köklä
–“tikarda ko‘klamak”dir, 
kök
IV – 
“bo‘yoq”, 
kök
V – “maysa, ko‘kat”ni ham deydilar.
Navoiy turkiy tilning tovush xususiyatiga ham alohida 
ahamiyat beradi. 
Asarda yegulik va ichimliklar, qarindosh-urug‘chilikka 
tegishli, madaniy-maishiy hayotga tegishli so‘zlar, qush va 
parrandalar, hayvonlarning atalishi, ot va uning jihozlari, 
kiyim-boshlar, mansablar, hunar va kasb otlari har ikki tilda 
qanday atalishiga ham o‘rin berilgan. Masalan, sartlar ulug‘ 
qardosh va kichik qardoshni 
birādar
derlar. Turklar ulug‘ni – 
ağa
, kichikni 
ini
deydilar. Ular ulug‘ va kichik qiz qardoshni 
hāhar
derlar, turklar ulug‘ni 
egäči
, kichikni esa 
siŋil
deydilar. 
Turklar kiyikning erkagini 
xona
, tishisini (urg‘ochisini) 
qulčaqčï
der, suyqunning erkagini 
buğu
, tishisini 
maral
der, 
sart esa 
āhu:
va 
gavazn
deydi, xolos. Turklar to‘ng‘izning 
erkagini 
qaban
, tishisini 
megäjin
, ushog‘ini 
čurpa
deydilar, 
sartlar esa barchasini 
xu:k
va 
gurāz
ataydilar. 
Qushlar ichida aniq va mashhuri ilbasun va o‘rdakdir. Sart 
ilbasunning o‘zini bilmaydi. Turk o‘rdakning erkagini 
sona

tishisini 
borčïn
deydi. Sart bularning har ikkovini 
murğābî
deb 
ataydi. Qushchilar o‘rdakning xillarini yaxshi biladilar: 
čörkä, 
erkä, suqsur, almabaš
... bular yetmish xilga boradi. Sart esa 
barchasini faqat 
murğābî
deydi. Agar bir-biridan ajratmoqni 
istasa, turkcha ataydi va b. 
Navoiy turkiy tilning o‘ziga xos morfologik xususiyatlariga 
ham e’tibor qaratadi. Masalan, arab sarfida bir bob borki, uni 
“mufoala bobi” deb ataydilar. Bunda bir so‘z aytilsa ham, ikki 
kishining ish-harakatini o‘z ichiga oladi (mushoara – she’r 
aytishmoq). Forsiyda yozuvchilar shuncha ustalik va mohirlik 
da’vosi bilan bu foydadan mahrumdirlar. Ammo turkning so‘z 


61
ustalari masdarga bir “shin” (ش) harfini qo‘shish bilan o‘sha 
maqsadni topganlar: 
tapïšmaq, qučušmaq. 
Navoiy turkiyning 
bundayin o‘ziga yarasha belgilariga ko‘plab o‘rnaklar keltiradi. 
U yozganidek, “bunday so‘zlarni yasagan ulug‘larga bag‘oyat 
yaxshi ishlari uchun, bosh egib, tahsinlar aytmoq kerak” (
Va bu 
lafz vāzi’i ‘azîzlarğa jā-i taslîm-ü tahsîndur-ki bağāyat xub 
qïlïpdurlar
). 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin