78
gurungi” to‘garagining faoliyati katta. Bu guruhning o‘zbek tili
lug‘at tarkibining sofligi uchun olib borgan sa’y-harakatlari
e’tiborga loyiq. Bu guruh a’zolari tomonidan o‘zbek
tilshunosligida ilm-fanning turli sohalariga (grammatika,
matematika, ximiya va boshqa sohalarga) oid terminlar yasalib,
adabiy tilga joriy etildi.
Bu davrlarda, Abdurauf Fitrat, G‘ozi
Olim, G‘ozi Yunus, Qayum Ramazon va boshqa olimlarning
faoliyati katta.
S o‘ r o q v a t o p sh i r i q l a r:
O‘zbek tili o‘tmishda qanday atalgan?
O‘tmishda turkiy adabiy til qanday atalgan?
Ilk va o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda til vaziyati qanday
kechgan edi?
Turkiy adabiy tilning
yuksaluvida shoir-yozuvchilar, tarix
bituvchilar, olimlar, tarjimon va kotiblarning qo‘shgan ulushi qay
daraja? O‘rnaklar ko‘magida tushuntiring.
Lutfan Alisher Navoiyning turkiy adabiy til yuksaluvidagi ulug‘
hizmatlarini ta’riflang.
Qadimgi turk dialektlari o‘rtasidagi muhim farqlar nimalardan
iborat? Lutfan o‘rnaklar ko‘magida tushuntiring.
Turkiy tilshunoslik tarixi qachondan boshlanadi?
Uning tarixiy
bosqichlari deganda nimalar ko‘zda tutiladi?
Lutfan hozirgi tilshunoslik metodlari bilan o‘tmish tilshunosligi
metodlarini chog‘ishtiring.
Dostları ilə paylaş: