Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

 
KO‘K TURK YOZUVI 
 
Qadimgi turkiy bitiglarda Birinchi va Ikkinchi turk 
xoqonliqlari davrida (VI–VIII yuzyilliklar) yashagan turkiy 
xalqlar “ko‘k turk” (
kök türk
) deb atalgan. Bu atamadagi 
“ko‘k” sifati “rang” (ko‘k, zangori rang) ma’nosida emas, u 
“ildiz, asl, tub” anglamidadir. Bitiglardagi otidan kelib chiqib, 
hozirgi zamon turkshunosligida qadimgi turk davlatlarini “ko‘k 
turk xoqonliqlari”, ular qo‘llagan yozuvni “ko‘k turk alifbosi” 
deb atalmoqda. Ko‘k turk yozuvi turklarning eng eski, 
taxminlarga ko‘ra meloddan burungi davrlarda ota-bobolari 
tomonidan yaratilgan o‘z yozuvlari edi.
Ko‘k turk yozuvining ildizlari va yuzaga kelgan davri 
to‘g‘risida tugal bir to‘xtamga kelingan emas. Turkshunoslikda 
bu masalada qator, hatto bir-biriga qarama-qarshi fikrlar-da 
bildirilgan. Ayrim olimlar uning asoslarini qadimgi turkiy 
tamg‘alar (urug‘-qabila belgilari)ga bog‘laganlar. Ularning 
fikricha, ko‘k turk xati ayni tamg‘alar negizida yuzaga kelgan. 
Boshqa bir qarashga ko‘ra, ushbu yozuv oromiy alifbolari, 
aniqrog‘i, sug‘d xatining negizida hosil bo‘lgan. Sug‘diyning 
takomillashgan shakli mazkur alifboning shakllanuvida asos 
bo‘lib xizmat qilgan; unga ayrim o‘zgartishlar kiritish, yangi 
belgilar orttirish yo‘li bilan yozuv turkiy tilga moslashtirilgan. 
Bu madaniy jarayon ko‘k turk xoqonliqlari davrida, taxminan, 
VI yuz yilliklarda yuz bergan. 
Yozuvning genezisi masalasida yana bir fikr diqqatga 
molik. Unga ko‘ra, ushbu alifbo turkiy muhitda kashf etilgan, 
shuning uchun unda turkiyning fonetik-fonologik xususiyatlari 


82
yaxshi inobatga olingan. Shuning bilan birga, u oromiy, sug‘d, 
pahlaviy yozuvlarining kuchli ta’sirida bo‘lgan (bular 
to‘g‘risida qarang: Васильев 1983,5–9). 
Paleografik 
kuzatuvlar, 
qadimiy 
yozuvlarni 
o‘zaro 
qiyoslash olimlarni yana bir fikrga olib kelmoqda. Jumladan, 
olim A. Amanjolovning fikricha, ushbu yozuvning tarixi 
meloddan burungi I ming yilliklarga tutashadi. Uning old 
Osiyo yozuvlariga o‘zakdosh bo‘lgan qadimgi yunon va 
somiy-finikiy yozuvlari bilan ayrim jihatdan bog‘liqligi bor 
(Aманжолов 1978,76-87; 2003,289-300). 
Qadimgi turkiy yozuvning kelib chiqishi to‘g‘risidagi 
tortishuv, aftidan, hali o‘z yechimini topishi qiyin kechar. Biz 
mazkur o‘rinda u yoki bu fikrga munosabat bildirmoqchi 
emasmiz. Lekin ushbu masala haqida fikr yuritganda 
yozuvning quyidagi xususiyatlarini e’tiborga olish kerak deb 
o‘ylaymiz. 
Ta’kidlash kerakki, ko‘k turk alifbosining tizimi va yozuv 
prinsiplari tamoman o‘ziga xos. U qadimgi hamda o‘rtancha 
eroniy tillarning tovush qurilishiga moslashgan oramiy 
yozuvlaridan farq qiladi. Ma’lumki, oromiy yozuvlarida harflar 
bir-biriga ulanadi. Ko‘k turk xatida esa harflar ulanmay, ayri-
ayri yozilgan. Turkiy yozuv sug‘d xatining so‘nggi 
takomillashgan kursivli turidan shakllangan ekan, yangi 
yozuvda harflarni ajratib yozishning ma’nisi nima? Bu hodisa 
yozuv tarixida progress emas, orqaga qaytish bo‘lmaydimi? 
Shunday bo‘lgan deya faraz ham qilaylik. U holda turklar 
sug‘d xati negizida boshqa bir alifbo - uyg‘ur xatini 
yaratganliklarini qanday tushunmoq kerak? Ma’lumki, uyg‘ur 
xatini yaratish jarayonida sug‘diydan u qadar chekinish sodir 
bo‘lgani yo‘q. Uyg‘ur xati paleografik jihatdan sug‘dchaning 
so‘nggi tezkor shakliga juda yaqin turadi. Nazarimizda, uyg‘ur 
xatining kashf etilishi va o‘ta ommalashuvi, hatto kiyinchalik 
ko‘k turk xatini siqib chiqarganligining sabablaridan biri ham 
uning kitobat ishida qulayligi bo‘lgan. 


83
Sug‘d alifbosida 22 harf mavjud edi. Uyg‘ur alifbosida 
unga bir belgi – harfi orttirilib, 23 harfdan foydalanilgan. 
Lekin ko‘k turk matnlaridagi harflar soni 38–40 atrofida (ayrim 
matnlarda bundan ham ortiq). Yuqoridagi faraz nazarda 
tutilgan taqdirda alifboda harflar sonining salkam ikki bor 
orttirib yuborilishining boisi nima? Axir harflar miqdorini 
deyarli saqlagan holda uyg‘ur xatini yaratgan emasmidilar? 
Sug‘dcha harflar bilan ko‘k turk harflarining ba’zilarini 
o‘zaro chog‘ishtirish ham mumkin. Lekin turkiy alifboda 
mazkur belgining ikkinchi eshi-da bor. Masalan, harfi 
sug‘dcha ga o‘xshash deydigan bo‘lsak, uning yo‘g‘on 
shakli –  sug‘dchadagidan tamoman farq qiladi. 
Yana bir xususiyati: ko‘k turk xatida ayrim ideografik 
belgilarni ham kuzatish mumkin. Jumladan, tadqiqotchilarning 
e’tiroficha, J  harfining genezisi 
ay
(oy) so‘zi bilan bog‘liq. 
Ya’ni oyning ko‘rinishini nazarda tutib, ushbu harfni 
yaratganlar deb faraz qilish mumkin (yozuvda 
ay
so‘zi oy 
shaklidagi J bilan yoziladi). Shuning singari r harfi er
 
(odam) ko‘rinishi, u harfi “o‘q”ning ko‘rinishi, T 
c
 
esa “tom”ning ko‘rinishi asosida shakllangan ko‘rinadi, 
chamasi. Ayni faraz to‘g‘ri bo‘lgan taqdirda, ko‘k turk 
yozuvining turkiy muhitda kashf etilgani mutlaqo shubha 
tug‘dirmaydi. 
Muhimi, yozuvda qadimgi turkiy tilning fonetik-fonologik 
xususiyatlari to‘laligicha inobatga olingan edi. Ko‘k turk 
alifbosi turkiy xalqlar tarix davomida qo‘llagan yozuvlari 
ichida o‘z tillariga eng muvofiqlashgani edi. Yozuvning bu 
kabi xususiyatlarini hisobga olmay, uning asosini boshqa 
yozuvlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lab qo‘yish, nazarimizda, 
o‘zini oqlamas. 
Ko‘k turk yozuvining oromiy yozuvlari, xususan, sug‘d 
xatiga ayrim jihatdan bog‘liqligini umuman inkor etmaslik 
kerak (bu yozuv ham finikiy alifbo tizimiga borib tutashadi). 
Lekin yozuvning shakllanishini keyingi davrlarga yoki aynan 


84
sug‘d alifbosigagina bog‘lab qo‘yish, bizningcha, asossiz. 
Turkiy yozuvning paleografik xususiyatlari va fonetik-
fonologik vazifasi uning bir yo‘la emas, asta-sekinlik bilan, 
asrlar davomida, qadimgi turkiyning tovush qurumi bilan uzviy 
holda rivoj topganidan dalolat bermoqda. 
Bizgacha saqlanib qolgan urxun-enisey bitiglari ushbu 
yozuvning ilk bosqichiga oid emas, balki mazkur obidalar 
yozuvning takomillashgan bosqichida yaratilgan. Demak, ushbu 
yozuvning tarixi bizgacha yetib kelgan yodgorliklardan-da 
qadimiydir. 
Ko‘k turk xatini ba’zi olimlar bir paytning o‘zida kengashib 
yaratilgan, 
deb 
ham 
chamalamoqdalar. 
Lekin 
so‘nggi 
o‘nyilliklarda topilayotgan yodgorliklar ushbu yozuvning paydo 
bo‘lgan davrini miloddan avvalgi asrlar bilan bog‘lash 
mumkinligini ko‘rsatmoqda. Jumladan, Almati yaqinidagi Issiq 
qo‘rg‘onidan, 
o‘zbekistonning 
janubidagi 
qadimgi 
kent 
xarobalaridan chiqqan bitiglar buning dalilidir. Qadimgi turkiy 
yozuv madaniyatini tadrijiy jarayon sifatida yaxlit talqin etmoq 
uchun ushbu topilmalar ustida yana chuqur tadqiqotlar 
bajarilmog‘i lozim. 
Qadimgi turk xati shu qadar keng yoyilgan ediki, 
yozuvning ilk o‘choqlari qaerlarda bo‘lgan, degan savol ham 
tug‘iladi. Bu masalada yozuv, asosan, ko‘k turk xoqonliqlari 
davrida Yenisey va Urxun atroflarida yoyilib, taraqqiy etgan 
deb qarash kifoya emas. Bir yog‘i Sibir, Oltoy o‘lkalaridan 
Markaziy Mo‘g‘ulistonu Sharqiy Turkistonga qadar, ikkinchi 
yog‘i Afg‘onistondan tortib Kaspiy tevaragi bo‘ylab Sharqiy 
Ovro‘pagacha 
bo‘lgan 
ulkan 
hududdan 
topilgan 
va 
topilayotgan turkiy bitiglar ilk o‘rta asrlarda ushbu tuproqlarda 
yozuv madaniyatining g‘oyat ravnaq topganidan dalolat 
bermoqda. Muhimi shundaki, mazkur yodgorliklarning xat 
shakli xilma-xil. Ularni paleografik jihatdan bir guruhga 
biriktirib bo‘lmaydi. Har qaysi hududda amal qilgan yozuv 
paleografik jihatdan o‘ziga xos; ayrim belgilari, ba’zi imlo 


85
xususiyatlari bilan ham farqlanib turadi. Jumladan, urxun 
bitiglarida qo‘llangan belgilar soni yenisey va talas bitiglaridagi 
belgilar bilan barobar emas. Matnlarda bir-biridan farq qiluvchi 
belgilar bor, ayrim harflarning shaklida ham o‘zgarish ro‘y 
bergan. Yoki o‘rta Osiyo tuproqlarida yozuvning o‘ziga xos 
ko‘rinishi amal qilgan. Yozuvning bu xususiyati ba’zi olimlarni 
turk runiy bitiglari bir necha alifboda bitilgan degan o‘y-xayolga 
ham olib kelmoqda. I.L. Kizlasovning fikricha, ushbu bitiglarda 
sakkiz xil alifbo amal qilgan. Urxun-enisey yodgorliklari o‘zaro 
yaqin bo‘lgan ikki xil alifbo – urxun va yenisey xatida. Talas 
bitiglari esa ularga o‘zakdosh uchinchi alifboda bitilgan (qarang: 
Kызласов 1994,33). 
Qadimgi 
turk 
o‘lkalaridan 
topilayotgan 
yozma 
yodgorliklar, ayniqsa, ularda qo‘llangan xat shaklining o‘zaro 
farqli ekanligidan anglashiladiki, turkiy yozuvning madaniy 
markazlari bir emas, bir qancha bo‘lgan. 
o‘rta Osiyo, xususan, o‘zbekiston tuprog‘idan topilayotgan 
ilk o‘rta asrlarga tegishli obidalar bu yerlar ham o‘tmishda 
ko‘hna turk yozuvining madaniy o‘choqlaridan biri o‘tganidan 
dalolat bermoqda. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin