70
emas.
Shunga qaramay, o‘sha kezlar tilshunoslik bilimlari
yuqori darajada bo‘lganidan darak beruvchi belgilar bor.
Jumladan, turkiy yozuvlar o‘sha davr tilshunosligining
darajasini belgilovchi omillardan biridir. Turklar o‘sha kezlar
bir emas, bir qancha takomillashgan fonetik yozuvlardan
foydalangan. Shulardan biri ko‘k turk alifbosi. E’tiborlisi, ko‘k
turk
yozuvi ibtidoiy qarashlar, sodda lisoniy bilimlar asosida
yaratilgan emas. U turkiy xalqlarning tarix davomida qo‘llagan
yozuvlari ichida eng yetugi, qadimgi turkiy tilning fonetik-
fonologik o‘zgachaliklarini o‘zida yorqin aks ettirgan alifbosi
edi. Bizgacha saqlangan bitiglar ko‘k
turk yozuvining alifbo
tizimi va imlo prinsiplari puxta ishlab chiqilganidan dololat
beradi. Tabiiyki, ilmiy-falsafiy qarashlar tarixida tilshunoslik
bilimlari shakllanmay turib, bundayin
yetuk bir yozuvning
yaratilishi mumkin emas.
Qadimgi turk tilshunosligining darajasi uyg‘ur, moniy,
suryoniy yozuvlarining alifbo tizimi, grafik o‘zgachaliklari,
harf-tovush
bog‘liqliklari,
imlo
prinsiplarining
til
qonuniyatlariga mos holda tuzilganligida ham ko‘zga
tashlanadi. Masalan, uyg‘ur xati sug‘d alifbosi negizida kelib
chiqqan. Turklar bu yozuvni yaratish chog‘ida sug‘d xatining
imlo xususiyatlarini o‘z tillariga moslaganlar. Turkiyning
fonetik qonuniyatlariga muvofiq holda o‘zakdosh
yozuvga
qo‘shimcha ishoratlar kiritilgan, ayrim harflarga qo‘shimcha
vazifalar yuklangan. Turklarning o‘qimishli kishilari uyg‘ur
xatini yaratish chog‘ida qanday ixtirolar qilgan bo‘lsalar,
moniy va suryoniy xatlarini ham shunday o‘zgartish bilan
qabul qildilar. Shuning uchun
moniy hamda suryoniy
yozuvlaridagi turkiy matnlarning grafik va imlo xususiyatlari
boshqa tillar, xususan, sug‘d tilidagi moniy hamda suryoniy
yozuvli matnlardan ajralib turadi. Demak, o‘sha chog‘lardayoq
til bilimi yuqori bo‘lgan. Qadimgi turkiy yozuvlar ayni
bilimlarga tayangan holda o‘ylab topilgan.
71
Yozma yodgorliklar uslubi, qadimgi turkiy tilda amal
qilgan fan va madaniyatning turli sohalariga tegishli atamalar
tizimi ham tilshunoslikning darajasini belgilaydi. Demak,
tilshunoslik
bilimlari, tilni tadqiq etishning metod va uslublari
ko‘k turk va qadimgi uyg‘ur xoqonliqlari davridayoq
shakllanib ulgurgan edi.
O‘sha kezlardan qolgan ko‘k turk, uyg‘ur, moniy
yozuvlaridagi bitiglarda savodxonlik masalasiga jiddiy e’tibor
qaratilgan. Savodxonlikni ta’minlashda o‘sha kezlar yashab
ijod
etgan shoir va yozuvchilar, matn bituvchi kotiblarning
xizmati katta.
Dostları ilə paylaş: