55
Muhokamatu-l-lug‘atayn” asari
Ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy o‘zining “Muhokamatu-l-
lug‘atayn” (“Ikki tilning muhokamasi”) asarini hijriy 905
(melodiy 1499) yilda yozdi. Ushbu
risola muallifning yigitlik
zhtiroslari va jo‘shqin hissiyotlar ta’sirida yaratilgan emas.
Navoiy bu asarini tirikligining so‘nggi kezlarida – uzoq hayotiy
tajriba to‘plagan, ilmiy dunyoqarashi maqomiga yetgan,
tafakkur doirasi peshlangan bir chog‘da yozdi.
“Muhokamatu-l-lug‘atayn”ning to‘rt qo‘lyozma nusxasi
ma’lum:
1.
Nusxalardan birinchisi Istanbuldagi To‘pqopi saroyi
muzeyi Revan kutubxonasida 808 raqami ostida saqlanayotgan
Navoiy kulliyoti tarkibida. Ushbu qo‘lyozma 1497 yili
ko‘chirilgan.
2.
Asarning yana bir nusxasi Istanbuldagi Sulaymoniya
kutubxonasining Fotih bo‘limida saqlanayotgan 4056
raqamli
Navoiy kulliyotiga kirgan.
3.
Parij nusxasi. Ushbu nusxa Milliy kutubxonada
saqlanayotgan (Suppl. Turc. 316–317- raqamli qo‘lyozma)
Navoiy kulliyoti tarkibida. Qo‘lyozma 1526–1527 yillarda
ko‘chirilgan.
4.
Asarning
yana
bir
qo‘lyozmasi
Budapeshtda
saqlanmoqda.
“Muhokamatu-l-lug‘atayn” birinchi marta 1841 yili Parijda
M. Katremer tomonidan nashr etildi. 1882 yili Bog‘chasaroyda
I. G‘aspirali, 1895 yili Istanbulda Ahmad Javdat nashr ettirdi.
Asar 1917 yili Qo‘qonda toshbosma usulda chop etilgan.
Toshkentda Parso Shamsiev asarni uch qayta bostirdi: 1940 yili
O. Usmon bilan birgalikda lotin alifbosida kirish so‘z, matn va
hozirgi o‘zbekcha talqinini berdi. Ushbu nashrga asarning parij
nusxasi asos qilib olingan edi. Yana 1948 va 1967 yillarda
yakka o‘zi kirill xatida nashr ettirdi.
Asar Anqara, Ashgabad, Urumchida ham chop etilgan.
56
1996 yili asar Anqarada
Turk tili qurumi tomonidan
yangidan chop ettirildi (‘
Ali Şir Nevayi.
Muhakemetü’l-
luğateyn (İki Dilin Muhakemesi). Hazırlayan F. Sema Barutçu
Özönder). Mazkur nashr asarning mavjud qo‘lyozmalari
asosida yig‘ma-qiyosiy matn ko‘rinishida tayyorlangan.
Asarning toshkent nashrlari ichida eng to‘lig‘i 1940
yildagisi sanaladi. Unda matn boshdan oxir keltirilgan. Lekin
keyingi ikki nashri (1948 va 1967) ayrim qisqartishlar bilan
bosilgan: siyosat taqazosi bilan asarning ayrim o‘rinlari,
arabcha diniy mazmunli iboralar tushirib qoldirilgan.
Jumladan, kitob muqaddimasidagi tangriga bag‘ishlangan
hamdu sano berilmagan. Muhimi shundaki,
bu qismda
Ollohning marhamatu qudratini madh etuvchi uch ajoyib
ruboiy ham bor. Yana toshkent nashrida Navoiyning arab tilini
ta’riflab yozgan ayrim jumlalari ham tushirilgan.
Anqara nashrida qayd etilganlarning bari to‘liq.
“Muhokamatu-l-lug‘atayn” turkiy tilning gullagan bir
chog‘ida, uning ilmiy grammatikasi sifatida dunyoga keldi.
“Muhokamatu-l-lug‘atayn” – tilshunoslik asari. Muallif
ushbu risolasi bilan turkiy tilshunoslik tarixiga o‘zining
katta
ulushini qo‘shdi. Navoiyning ushbu asarni yozishdan niyati
turli oilaga tegishli ikki buyuk til – turkiy va fors tilini (
fārsî,
fārsî til, sart tili, sart lafzï
deb ataydi uni) shunchaki
chog‘ishtirib chiqish emas. Uning
maqsadi turkiyning fonetik,
lug‘aviy, morfologik va uslubiy imkoniyatlari cheksiz ekanligi,
uning badiiy adabiyotda ham, davlat ishlari, diplomatik
munosabatlarda, fan sohasida ham to‘la
javob bera olishini
ilmiy jihatdan asoslab berish edi. Shuning uchun ham u til
faktlarini ilmiy nuqtai nazardan tahlil etadi.
Navoiy Sharqda dovrug‘i ketgan to‘rtta tilga e’tiborni
tortadi: arab, turkiy, forsiy, hindiy. Bularning baridan arab tili
nafislik bilan ajralgan va badiiylik bezagi bilan mo‘’jiza
ko‘rsatuvchandir. Bu tilda Olloh (maliki allam jalla va alo)ning
kalomi nozil bo‘lgan va payg‘ambarning saodatga elituvchi
57
hadislari o‘sha tilda aytilgan. Bundan so‘ng
uch nav til borki,
bular asl va mo‘’tabardir.
Shundan so‘ng muallif turkiy va forsiyning qiyosiy
tahliliga o‘tadi. U turkiy lug‘atning uslubiy afzalliklarini
ko‘rsatish maqsadida forsiyda tengdoshi yo‘q yuzta fe’lni
keltiradi. Ularning yuzta (yuz lafz) ekanligini muallifning o‘zi
ham ta’kidlaydi. Qizig‘i shundaki,
toshkent nashrida ushbu
fe’llar to‘qson to‘qqizta. Buning boisi, asarning bizga yetib
kelgan qo‘lyozma nusxalarida ularning soni turlicha: to‘pqopi
va parij nusxalarida to‘qson to‘qqiz, fotih va budapesht
nusxalarida yuztadir. Ushbu ikki nusxada boshqa qo‘lyozmada
tushib qolgan yuzinchi fe’l ham bor. U
Dostları ilə paylaş: