O R.Ro*zmetov, JA o4zimoV) A.Tadjiyev,
O.Egamberdiyev.
Qovun kasalliklari va
ulaming ekspertizasi. Ilmiy-amaliy qoMlanma
KJRISH
0 ‘rta Osiyo polizchiligi ko‘p asrlik tarixga ega va shu davr mobaynida
qovun insonlar tomonidan sevib iste’mol qilinadigan eng qimmatli oziq mahsulot
sifatida e’zozlanadi. N.I.Vavilov (1926) ta’kidlashicha, 0 ‘rta Osiyo madaniy
o‘simliklaming kelib chiqish o‘chog‘i va qovunning kelib chiqishi bo‘yicha esa
ikkilamchi o‘chog‘i hisoblanib, uning yirik tur xillari jamlangan.
Xalq seleksionerlari tomonidan turli tuproq-iqlim sharoitlarida yetishtirilish-
ga moslashgan qovunning ko‘plab navlari yaratildi. Shunday tor mahalliy navlar
ham mavjudki, ular ma’lum bir mintaqa, hatto hudud alohida bir aholi punkti doi-
rasida etishtirishga moslashgan. Ko‘plab mahalliy navlar asosida keng tarqalish
miqyosiga ega boMgan yangi seleksion navlar yaratildi. 0 ‘zbekistonda hozirgi
davrda qovunning 160 dan ortiq madaniy navlari tarqalgan boMib, ular pishib yeti-
lish muddati, hosildorligi, ta’mi, mevalarining saqlanish muddati bo‘yicha o‘zaro
farqlanadi. Ulaming ko‘pchilik qismi j ahonda shuhrat qozongan.
Hozirgi davrda qovunning 36 navi davlat reyestriga kiritilgan bo‘lib, shun-
dan 9 tasi ertapishar, 15 tasi o‘rtapishar, 12 tasi kechpishar navlardir. Davlat reyes
triga kiritilgan navlaming sakkiztasi mahalliy navlarga mansubdir. Davlat reyestri
ga kiritilgan ko'pchilik qavun navlari bir necha o‘n yilliklar mobaynida yetishtirib
kelinmoqda.
0 ‘zbekiston ftespublikasi - Markaziy Osiyoning eng yirik polizchilik minta-
qasidir. B u yerda har yili 35-40 ming gektardan ortiq yer maydoni poliz ekinlariga
ajratiladi. Yalpi hosil 450-500 ming tonnani tashkil etadi, shundan Qoraqalpog‘is-
tonda poliz ekinlari 5,5 ming gektar maydonga ekilib, 39 ming tonna miqdorida
yalpi hosil olinmoqda
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorazm viloyati hudu-
dini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g ‘risida” 2017-yil 17-yanvardagi 16-son qaro-
riga asosan, Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakultetida qovunchilik bo‘li-
mi tashkil qilindi. Qovunchilik bo‘limida qovun yetishtirish agrotexnologiyasi, qo
vun zararkunanda va kasalliklariga qarshi kurash yo‘nalishi bo'yicha izlanishlar
olib borilmoqda Viloyatdagi qavun dalalarida 20 dan ortiq kasalliklar tarqalganligi
aniqlandi. Qovun kasalliklari hosilning pasayib ketishiga va sifatini buzilib, tovar-
lik xususiyati kamayishiga olib keladi.
Mazkur llmiy-uslubiy qoMlanmada qovun zararkunandalarini aniqlash uchun
rangli rasmlar asosida zarur ma’lumotlar keltirilgan. Dehqonlarimiz kasallik turini
qoMlanma yordamida aniqlab, qarshi kurash choralarini osongina tanlashi mumkin.
|