Qozogiston respublikasi xalq xojaligi



Yüklə 27,03 Kb.
səhifə1/2
tarix23.05.2023
ölçüsü27,03 Kb.
#120939
  1   2
QOZOGISTON RESPUBLIKASI XALQ XOJALIGI


QOZOGISTON RESPUBLIKASI XALQ XOJALIGI
Reja:
1. Qozog`iston Rossiya bosib olganga qadar.
2. Qozog`iston Rossiya tarkibida.
3. Qozog`iston xalq xo`jalik tarmoqlarining geografik joylashuvi.

Qozog'iston-Rossiya bosib olingunga qadar. Qozoq xalqi hozirgi Respublika hududida asrlar davomida chorvachilik bilan shug'ullanib kelgan.Ularning turmush tarzi bir yaylovdan ikkinchi yaylovga ko'chib yurishdan iborat bo'lgan. Qadimgi qozoqlar dehqonchilik bilan deyarli shug'ullanmagan. Tyan-shan, Oltoy tog' oldi rayonlarida uchratish mumkin xolos. Qozog'istonda ko'p hollarda dehqonchilik bilan chorva mollari bo'lmagan kambag'al qozoqlar shug'ullanganlar. Ular asosan tariq qisman bug'doy ekganlar.


Qozoq xalqining asosiy boyligi chorva mollari va chorva mollari maxsulotlarini qayta ishlash asosida tayyorlangan maxsulotlar bo'lgan. Qozoq xalqi chorva mollar maxsulotlaridan qo`lda ustibosh, poyavzal, arqon, har xil idishlar tayyorlaganlar. Qisman qozoqlar rangli metallarni qayta ishlash bilan ham shug'ullanganlar. Lekin rangli metal konlari izlab topish tasodifan hollardan iborat bo'lib rangli metallarni qayta ishlash qozoq xalqi orasida keng taraqqiy qilmagan edi.
Qozoq xalqi tomonidan uyida tayyorlangan maxsulotlar ularning talabini qondira olmas edi.Shu sababli qozoq xalqi qadimdan O'rta Osiyo xalqlari bilan savdo -sotiq ishlarini olib borganlar.O'rta Osiyo xalqlarida qozoq xalqi tomonidan tayyorlangan chakmon terilar qora uylar juda xaridorgir mollar hisoblanadi. Lekin qozoq xalqining asosiy savdo qiladigan maxsuloti -bu chorva edi.Qozoqlar O'rta osiyo bozorlaridan o'zlari uchun kerakli maxsulotlarni xarid qilar edilar. Shular ichida eng asosiylari-non, gazlama, choy, qand va boshqalardir.
XVIII asrning 30-yillaridan boshlab rus davlati tomonidan Qozog'iston hududi bosib olina boshladi.Dastlab ruslar G'arbiy Qozog'istonni bosib oldilar.Keyinchalik ular Markaziy va Shimoliy Qozog'istonni bosib ola boshladilar.XIX asrning 60-yillariga kelib ruslar tomonidan Qozog'iston to'lig`icha bosib olindi.
Qozog'iston-Rossiya tarkibida. Qozog'istonni ruslar tomonidan butunlay bosib olgach,eng avvalo ruslar Qozog'iston boyligidan Rossiya sanoati xom ashyo bilan ta'minlash maqsadida foydalana boshladilar. Shu nuqta nazaridan bu yerda dehqonchilikni rivojlantira boshladi,ayrim qayta ishlovchi sanoat korxonalari qurila boshladi. Temir yo'llar qurila boshlandi. Qozog'istonda dehqonchilikni rivojlantirishni aholi zich joylashgan Ukraina va Rossiya Markaziy rayonlaridan aholini ko'plab ko'chirib kelish amalga oshiriladi. Ko'chib kelgan aholi Qozog'istonning shimoliy, sharqiy va janubiy-sharqiy rayonlarida joylasha boshladilar. Ko'chib kelgan aholi asosan dehqonchilik bilan shug'ullana boshladilar va ilgari qozoqlar tomonidan yaylov sifatida foydalanib kelingan yaylovzorlarni hayday boshladilar. Natijada 1913-yilga Qozog'istonda haydaladigan yerlar 4 mln gektarga yetdi.
Qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish ko'paytirish bilan Qozog'istonda savdo-sotiq ishlari jonlandi. Bu yerda yangidan yangi savdo yarmarkalari tarkib topdi. Bularga Qozog'istonning g'arbiy qismida tarkib topgan. Uil, Chergiz shimoldagi-Atbosar, Akmala, janubdagi-Char, Tyan-Shan tog' etaklaridan Qarqara yarmarkalarini misol qilib ko'rsatishimiz mumkin.1900-yilga kelib Qozog'istonda 106 ta katta savdo yarmarkalari ishlab turgan.
XIX asrning oxirlarida Qozog'istonda sanoat ham rivojlana boshladi.Lekin Qozog'istonda ishlab chiqarilayotgan yalpi maxsulotda sanoatning tutgan o'rni 15% dan oshmas edi.Sanoat maxsulotlari oraisda asosiy o'rinni yengil va oziq-ovqat sanoat maxsulotlari tashkil qilar edi.1913-yilga kelib ular umumiy sanoat maxsulotining 75% ini tashkil qilar edi.Yengil va oziq-ovqat sanoat korxonalariga tegirmonlar,qushxonalar,moy eritadigan,sham tayyorlaydigan,sovun pishiradigan,terini oshlaydigan,qayta ishlaydigan ,jun yuvish korxonalari misol bo'la oladi.Qozog'istonda turli xildagi qazilma boyliklarini ko'pligiga qaramasdan bu yerda og'ir sanoat endigina tarkib topa boshladi. Jumladan, Qarag'anda va Ekibastuzdan ko'mir, Markaziy Osiyodan mis, qo'rg'oshin,rux, Emba havzasidan neft, Pavlodar va Orol ko'li atrofidan tuz qazib olina boshladi.1913 yilga kelib Qozog'istonda sanoat maxsulotining 20% i og'ir sanoat maxsulotlariga to'g'ri kelar edi.
Qozog'iston hudududa sanoat korxonalari juda notekis joylashgan edi.Rossiyadan farq qilib, Qozog'iston barcha korxonalari uning chekka qismlarida Uralsk, Petropavlovsk, Semipalatinsk,Verniy (Olma-ota), Avliyo- ota (Janbil)Shimkent kabi shaharlarda joylashgan edi.Markaziy va G'arbiy Qozog'istonning juda katta maydonlarida uncha katta bo'lmagan ruda qazib oladigan shaxtalar joylashgan ular bir-biridan juda uzoqda edi.Qozog'istonning ayrim joylarida sanoat korxonalari umuman yo'q edi.
Qozog'istonda temir yo'llarining o'tkazilishi Rossiyaga nisbatan 40-50-yil keyin boshlandi va o'tkazilgan temir yo'lar ham tranzit yo'llari bo'lib,bu yo'llar Rossiyaning Sibir yoki Uzoq Sharq bilan yoki Rossiyani Orta Osiyo bilan bog'lovchi yo'llardan iborat edi.1917-yilga kelib Qozog'istondagi temir yo'llarning uzunligi 2700 kmni tashkil qildi.Qozog'iston hududidan temit yo'llarning o'tkazilishi Rossiya bilan Qozog'iston o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarning kuchayishiga olib keldi.Lekin Qozog'istonning ko'pchilik hududlarida temir yo'llarning yo'qligi,uning qazilma boyliklarini o'zlashtirishga xalaqit berar edi.
Revolyutsiyadan keyin Qozog'iston sanoat tarmoqlari tez sur'at bilan rivojlana boshladi.Chunki revolyutsiyadan keyin respublika mineral xom ashyo resurslaridan sanoat asosida o'zlashtirish boshlandi. Respublika hududida ko'plab yangidan-yangi qazilma boylik zahiralari topildi.
Yirik metallurgiya va kimyo kambinatlari qurila boshladi,sug'oriladigan yerlarni kengaytirish uchun yirik sug'orish tarmoqlari qurildi,katta-katta quruq va bo'z yerlar o'zlashtirildi. Yirik elektr stansiyalari,temir yo'l, avtomobil yo'llari qurib ishga tushirildi. Respublikaning deyarli barcha viloyatlarida sanoat korxonalari qurila boshlandi. Urush yillari Qozog'istonga g'arbdan ko'plab fabrika va zavodlar ko'chirib kelindi.
Qishloq xo'jaligida dehqonchilik ekinlarining joylashishida katta o'zgarishlar yuz berdi.Qo'riq va bo'z yerlarning o'zlashtirilishi bilan dehqonchilik zonasi ancha shimolga siljidi. Sug'orish tarmoqlarining rivojlanishi evaziga Qozog'istonning ilgari dehqonchilik qilib bo'lmaydigan rayonlarida ham sug'orma dehqonchilik rivojlana boshladi.natijada Qozog'iston hududi bo'ylab sanoat korxonalari deyarli bir tekis joylashtirila boshladi. Respublika hududi bo'ylab qishloq xo'jaligi, sanoat korxonalarining rivoj topishi, ular o'rtasida iqtisodiy aloqalarning ko'payishiga olib keldi.Bu esa transport tarmoqlarining rivoj topishiga olib keldi. Sanoat tarmoqlari xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan industrial-agrar mamlakat hisoblanadi. Qozog'istonning xalq xo'jaligi eng avvalo sanoatini ko'p tarmoqli qishloq xo'jaligi,transport va barcha nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari (komunal xizmat, savdo, sog'liqni saqlash, xalq ta'limi)ni o'z ichiga oladi.
Qozog'iston respublikasi xalq xo'jaligini rivojlantirish sohasida qo'lga katta yutuqlarni kiritgan bo'lishiga qaramay, jahon xo'jaligini o'zining haqqoniy o'rnini egallash uchun yaqin 10-15-yil ichida ishlab chiqarishni xususiylashtirish, ichki bozorni iste'mol mollari bilan to'ldirish, jahon talabiga mos keladigan yangi maxsulotlar ishlab chiqarish borasida katta ishlarni amalga oshirish kerak bo'ladi. Bu ishlarni amalga oshirishda eng avvalo ichki imkoniyatlarni ishga solish hamda ishlab chiqarishga chet el investitsiyalarini jalb qilish muhimdir.Ayniqsa, chet el investitsiyalarini Olma-ota, Pavlodar, Semipalatinsk, Qarag'anda, Ust-Kaminagorsk, Ostona, Atirau shaharlarida joylashgan sanoat korxonalarini rekonstruksiya qilishga, Boykonur kosmadromini qayta rekonstruksiya qilishga jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlat dasturlari
Agrobiznes 2020
2013-yil fevral oyida Qozogʻiston hukumati Bosh vazir Serik Axmetov raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda 2013—2020 yillarda agrosanoat kompleksini rivojlantirish boʻyicha „Agrobiznes — 2020“ yangi tarmoq dasturini tasdiqladi[8][9]. „Agrobiznes 2020“ dasturi toʻrtta yoʻnalishni rivojlantirishga qaratilgan: moliyaviy sogʻlomlashtirish, agrosanoat sektori subyektlari uchun mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning mavjudligini oshirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini rivojlantirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish samaradorligini oshirish. agrosanoat kompleksini davlat boshqaruvi tizimini tashkil etish asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi[9].

„Agrobiznes-2020“ dasturi doirasida Qozogʻiston hukumati 2014-yil aprel oyida ragʻbatlantirish paketini tasdiqladi: 2014-yilning birinchi yarmida ushbu maqsadlar uchun ikkinchi darajali banklarga 140 milliard tenge (770 million dollar) ajratish rejalashtirilgan edi[10]. Mutaxassislar Qozogʻiston qishloq xoʻjaligini rivojlantirish muammolarini faqat kapital subsidiyalar hal etishiga shubha qilmoqda. Buning oʻrniga, qishloq taʼlim tizimini takomillashtirish va siyosiy hokimiyatni mahalliy qaror qabul qiluvchilarga oʻtkazish kabi kengroq institutsional islohotlar tavsiya etiladi.


Kooperativlarni moliyalashtirish
2016-yilda Qozogʻiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi fermer xoʻjaliklariga asbob-uskunalar sotib olish, mahsulot saqlash va tashish, veterinariya xizmatlarini koʻrsatish, ozuqa va agrokimyoviy taʼminotni tashkil etish hamda kreditlashda koʻmaklashuvchi kooperativlarni moliyalashtirish dasturini ishga tushirdi[11]. Bu dastur 157 ta kooperativga 15 ming fermer xoʻjaligiga yordam koʻrsatish imkonini berdi. Kooperativlar tomonidan 100 dan ortiq sut qabul qilish punkti bazalari tashkil etilgan.
Oʻsimlikchilik
Qozogʻiston bugʻdoy va un boʻyicha dunyodagi eng yirik eksportyorlardan biri hisoblanadi. Bu bugʻdoy yetishtiruvchilarning 10 taligiga kiradi. Asosiy don ekinlari bugʻdoyni maydalash boʻlib, u odatda yuqori sifatli va oqsilga ega. Qozogʻistonda gʻallani boshqa mamlakatlarga eksport qilish tendentsiyasi kuchaymoqda[12]. 2011-yilda mamlakatda deyarli 27 million tonna hosil yigʻib olingan boʻlib, bu 2011—2012 marketing yili uchun deyarli 15 million tonna don eksporti maqsadini belgilash imkonini berdi[12]. Nur Sulton prognozlariga koʻra, 2014-yilda Qozogʻistonda bugʻdoy yetishtirish 2013-yildagi 13,9 million tonnaga nisbatan 14,5 million tonnani tashkil qildi.
2015-yil iyul oyida Milliy iqtisodiyot vaziri Yerbolat Dosaev Qirgʻiziston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoʻshilishi ortidan Qozogʻiston 2020-yilgacha Qirgʻizistonga don va un eksportini 50-60% ga oshirishini maʼlum qilgan edi[14]. Vazirlik rahbarining soʻzlariga koʻra, 2015-yil iyul oyi holatiga koʻra, ikki davlat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard AQSH dollaridan ortiqni tashkil qilgan.
Ishlab chiqarishning uzoq muddatli tendentsiyalari
2013-yilda Qozogʻiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi „Gʻalla bozorini barqarorlashtirish“ Bosh rejasini chiqardi[13]. Ushbu reja ularning Agrobiznes 2020 dasturini qoʻllab-quvvatlaydi va unda vazirlik 2013—2020 yillarga moʻljallangan don yetishtirish, isteʼmol qilish va eksport qilish boʻyicha maqsad va prognozlarni belgilaydi.
Vazirlikning prognozlariga koʻra, barcha boshoqli ekinlar uchun ekin maydonlari bu davrda nisbatan barqaror boʻlib, biroz qisqaradi.
Bugʻdoydan sezilarli oʻtish kutilmoqda, bugʻdoy maydonlari 2 million gektarga[15] (14%) 2012-yildagi 13,5 million gektardan 2020-yilda 11,5 million gektargacha kamayishi prognoz qilinmoqda.
Bu qisqartirilgan maydonning katta qismi „em-xashak ekinlari“ deb ataladigan ekinlar bilan almashtirilishi kutilmoqda, asosan ozuqa donlari 2020-yilda 1,5 million gektarga (53%) 2,8 million gektardan 4,3 million gektargacha koʻpayishi kutilmoqda. Qozoqlar koʻchmanchi chorvachilik bilan ham shugʻullangan.
Bogʻdorchilik — muammolar va yechimlar
Olma Ota tasodifan olma otasi deb atalmagan. Bizda oʻrtacha harorat yuqori, lekin quyosh kamroq boʻlgan Yevropaga qaraganda yaxshi tuproq va iqlim sharoiti yaxshi. Togʻlardan esgan salqin oqshom shabadasi olmaga oʻziga xos rang bagʻishlaydi. BAKdan bogʻlarni sugʻorish togʻlardan oqayotgan qor suvlari ham olma taʼmiga taʼsir qiladi.
2018-yil uchun Qozogʻiston olma bogʻlari yoʻq boʻlib ketish arafasida, ular bilan shugʻullanuvchi fermer xoʻjaliklari esa butunlay vayron boʻlish va bankrot boʻlish arafasida.
Olmaning asosiy hajmi yakka tartibdagi tadbirkorlar va fermer xoʻjaliklari tomonidan yigʻib olindi — 138,3 ming tonnadan ortiq: 62,5 ming tonnasi aholi, 21,6 ming tonnasi qishloq xoʻjaligi korxonalari hissasiga toʻgʻri keldi. Boshqacha aytganda, Qozogʻiston olmasining asosiy hajmi kichik fermer xoʻjaliklarida yetishtiriladi. Qozogʻistonda 34,6 ming gektardan ortiq olma bogʻlari mavjud.
2020-yilda Qozogʻistonda 260 ming tonnaga yaqin olma yetishtirildi. Bu oʻtgan yilga nisbatan 45 mingtaga koʻp, ishlab chiqarish oʻsishi deyarli 20%ni tashkil etadi. Qozogʻistonda mevali bogʻ maydonlari va olma yetishtirish koʻpaymoqda va 2024-yilda mamlakat ushbu mahsulot bilan oʻzini toʻliq taʼminlashni rejalashtirmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, mamlakatda yiliga qariyb 1 million 300 ming tonna olma zarur hisoblanadi. Bu har bir qozogʻistonlik kuniga kamida bitta olma isteʼmol qilishi kerakligiga asoslanadi. Tabiiy sharbatlar, murabbo ishlab chiqarish uchun mevalarni eksport qilish va qayta ishlash imkoniyatlari hisobga olinsa, bu sohada tadbirkorlik uchun imkoniyatlar ochilmoqda. Avvalroq, Qishloq xoʻjaligi vaziri Saparxan Omarov, bugungi kunda qozogʻistonliklar yiliga 344,3 ming tonna olma isteʼmol qiladi, shundan 144 ming tonnasi import qilinadi. Ichki bozorni toʻldirish 6,6 ming gektar maydonda yangi intensiv bogʻlar barpo etish hisobiga kutilmoqda. Bogʻlar asosiy bogʻdorchilik rayonlarida: Olmaota, Jambil va Turkiston viloyatlarida hamda Chimkentda joylashgan.
Qozogʻistonda uzumzorlar va bogʻlarni qayta tiklash dasturi amalga oshirilmoqda. Koʻp yillik oʻsimliklar maydonlarini rekonstruksiya qilish va yangi maydonlarni barpo etish xarajatlarining bir qismini davlat subsidiyalaydi, biroq shunga qaramay, hududlarda bogʻ va uzumzorlar maydonlari deyarli hosil yetishtirih bir muncha qiyinligicha qolmoqda. 2020-yil 1-noyabr holatiga yer balansiga koʻra, Qozogʻiston Respublikasida 147,6 ming gektar koʻp yillik plantatsiyalar mavjud, shu jumladan bogʻlar — 99,6 ming gektar, uzumzorlar — 15,9 ming gektar va boshqa plantatsiyalar — 32,1 ming gektarni tashkil etadi. Oʻtgan yili mamlakat boʻyicha koʻp yillik koʻchatlar maydoni 0,7 ming gektarga koʻpaydi. Oʻzgarishlar hududlarni aniqlashtirish yoki yerlarni oʻzgartirish natijasida qayd etilgan. Oʻtgan yili Olmaota va Shimoliy Qozogʻiston viloyatlarida koʻp yillik plantatsiyalar maydoni 0,5 ming gektarga, Turkiston viloyatida 0,3 ming gektarga koʻpaydi. Shu bilan birga, Jambil viloyatida ekin maydonlari 0,2 ming gektarga, Nur-Sultonda esa 0,3 ming gektarga kamaydi. Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, koʻp yillik oʻsimliklarning asosiy maydonlari qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar — 62,4 ming gektar, aholi punktlari — 67,2 ming gektar va zaxira yerlar — 16,1 ming gektar toifaga toʻgʻri keladi.
Turkiston viloyatida 400 gektar maydonda olxoʻrizor barpo etildi. Kentau shahrida Shaga qishloq okrugi hududida 400 gektar maydonda zamonaviy bogʻ barpo etilib, Isroilning ilgʻor texnologiyasi boʻyicha tomchilatib sugʻorish tizimi orqali sugʻorildi. Bogʻda mahalliy iqlimga mos keladigan Black Splendor, Black Diamond va Angeleno navlari ekilgan.
Mangʻistau viloyatining Munaishi qishlogʻida „Realos“ mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan mevali daraxt va butalar yetishtiriladigan issiqxona barpo etilgan. Daraxt ekish allaqachon boshlangan. MChJ rahbari Yerlan Bajikov Eron, Gruziya, Osetiya va Ozarbayjondan ming tupdan ortiq koʻchat olib keldi. Ular orasida: olma, nok, oʻrik daraxtlari, gilos, uzum va yongʻoq[ kabi daraxtlar ekilgan.
Qozogʻistonning Rossiyadagi Savdo vakolatxonasi yirik savdo tarmoqlari vakillari bilan muzokaralarni muvaffaqiyatli oʻtkazib kelmoqda. Natijada Olmaota viloyatidan Rossiya Federatsiyasiga olma yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzilgan. Bu haqda Qozogʻiston Respublikasi Savdo va integratsiya vaziri Baxit Sultonov maʼlum qildi. 2020-yilda tovar ayirboshlashning umumiy qisqarishiga qaramay, Qozogʻiston Rossiyaga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining keng assortimenti eksportini oshirishga muvaffaq boʻldi. Asosiy oʻsish rossiyalik chakana savdo tarmoqlarining qozogʻistonlik yetkazib beruvchilar bilan „yarashishi“ tufayli mumkin boʻldi. Faqat sabzavot va mevalar Rossiyaning yirik tarmoqlariga (Magnit, Lenta, Mariya Ra, ORC Food City, Qozon ulgurji bozori, Yarche, Camelot-A, Novosibirsk, Mariam, Moskva), 85 265 tonna yetkazib berildi. Chakana savdo tarmoqlari soʻrovida import qilinadigan mahsulotlar umumiy hajmining 70% qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga toʻgʻri keladi.
Olmaota shahridan yuz kilometr janubi-sharqda, Enbekshiqozox viloyatida. Bu yerda 85 gektar maydonda Gala, Delkorf Diana, Red Jonaprince, Boerekamp, Golden Delicious, Fuji, Red Delicious, Granny Smit kabi 350 ming tupdan ortiq olma daraxti ekilgan.
Intensiv bogʻlar texnologiyasi gektariga 70 tonnagacha olma olish imkonini beradi. Italiyaning Advice&Consulting kompaniyasi bogʻbonlarga ushbu texnologiyaga oʻtishga yordam bermoqda.
Qozogʻiston tomonidan Boshqirdistonga 1 million dollarlik meva-sabzavot yetkazib berilmoqda
Tarixi
Hozirgi Qozogʻiston hududida miloddan avvalgi 4–3-ming yilliklarda (eneolit davri) yaylov chorvachiligi paydo boʻldi. Miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalarida hind-eron xalqlariga mansub sak, massaget va skif dasht qabilalari yaylov chorvachiligi bilan shugʻullana boshladi. Bu qabilalar, asosan, koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik bilan shugʻullangan, hunarmandchilik va qisman dehqonchilik ham qilgan. Miloddan avvalgi 329-yilda Iskandar Maqduniy va uning qoʻshini hozirgi Qozogʻistonning janubiy chegarasi boʻylab, hozirda Sirdaryo deb nomlanadigan Yaksart daryosi boʻyida skiflarga qarshi Yaksart jangini olib borgani yunon manbalarida saqlanib qolgan. Miloddan avvalgi 3–1-asrarda hozirgi Qozogʻiston hududida Qangʻ davlati vujudga keldi. Milodiy 6-asr oʻrtalarida Turk xoqonligi, 8-asr boshlarida Ili va Chu daryolari oraligʻidagi hudullarda turgashlar, 766-yil Qarluqlar davlati tashkil topdi. Turgashlar, keyinchalik Qarluqlar xoqonligida (766–940) hunarmandchilik va savdo markazlari boʻlgan shaharlar (Taroz va boshqa) paydo boʻldi. 8–10-asrlarda Qozogʻiston janubda islom dini tarqaldi. 9–11-asrlarda Qozogʻistonning gʻarbiy va janubi-gʻarbiy hududlari oʻgʻuzlar davlati tarkibida boʻlgan. 8–11-asrlarda shimoli-sharqiy va markaziy hududlarda qimoqlar va qipchoqlar yashagan (bu katta hudud Dashti Qipchoq deb atalgan).
10-asrning 1-yarmida Yettisuvga sharqiy Turkistondan yagʻmolar bostirib kirdi. Ularning hujumi natijasida Qarluq xoqonligi parchalanib, uning oʻrnida Qoraxoniylar davlati paydo boʻldi. 1219–21 yillarda moʻgʻullar tomonidan bosib olinib, Chingizxon oʻgʻillari oʻrtasida taqsimlandi. Moʻgʻullar hukmronligi davrida Qozogʻiston Oltin Oʻrda tarkibida, u parchalangach, Oq Oʻrda va Moʻgʻuliston tarkibida boʻlgan. Amir Temur 1391-yil Toʻxtamishga qarshi yurishi chogʻida Qozogʻistondagi Ulugʻtogʻ (Ulutov)da qarorgoh qurgan va toshtaroshlarga safari haqida xarsang toshga bitik bitishga farmon bergan. Oradan 200 yil oʻtgach, Abdullaxon II ham Dashti Qipchoqqa yurishidan yodgorlik sifatida Ulugʻtogʻda masjid qurdirgan. Katta hududni birlashtirgan Oq Oʻrda 14-aar oxiri – 15-asr boshlarida bir necha mulklarga ajralib ketdi (asosiy hududlarni birlashtirgan Noʻgʻay Oʻrda va Oʻzbek xonligi ularning eng yiriklari boʻlgan). 15-asr oxirida Yettisuvda Qozoq xonligi vujudga keldi. 16-asr boshlarida qozoq elatining uzoq davom etgan shakllanishi nihoyasiga yetdi. Qosimxon davri (1511 – 23)da Qozoq xonligi mustahkamlanib, chegarasi kengaidi, aholi soni ortdi. 16-asr oʻrtalarida Noʻgʻay Oʻrdasi, keyinroq Moʻgʻuliston va Sibir xonliklari parchalanib ketdi. Qozoq xonligi juzlarga boʻlinib, Katta juz (Yettisuv), Oʻrta juz (Markaziy Qozogʻiston) va Kichik juz (Gʻarbiy Qozogʻiston) deb atala boshladi. 17-asrda juzlar hududlarida mustaqil xonliklar paydo boʻldi. 18-asr boshlarida Qozogʻistonga Jungʻariya xonligi xavf solib turdi (1729-yil jungʻarlar Katta juzning talay yerlarini bosib oldi). 1726-yil Abulxayrxon Kichik juz oqsoqollari nomidan Rossiya podshosiga fuqarolikka olishni iltimos qilib murojaat qildi. 1731-yil Kichik juz Rossiya tarkibiga kira boshladi. 1731–40 yillarda Oʻrta juzning ayrim xon va sultonlari Rossiya fuqaroligini qabul qildilar. 18-asr oʻrtalarida qozoq sultonlari orasida nizo kuchayib, pirovardida Abulxayrxon oʻldirildi (1748). Uning oʻgʻli Nurali kichik juz xoni boʻlib, podsho maʼmuriyatiga tayandi va oʻz hokimiyatini Oʻrta juzning bir qismiga, shuningdek, Xivaga ham yoyishga urindi. Ammo u muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Jungʻarlarning Xitoydan magʻlubiyatga uchrashi (1758) natijasida hududining katta qismi jungʻarlar hokimiyati ostida boʻlgan Katta juzda manjurlar hukmronligi oʻrnatilishi xavfi paydo boʻldi. Qozogʻistonning janubiy hududlari, jumladan, Chimkent ham Qoʻqon xonligi tarkibiga kirdi. 19-asr boshlarida Oʻrta juz xonlari Buke (1815), Vali (1819) vafotidan soʻng podsho hukumati xon hokimiyatini tugatib, 1822-yildan yangicha boshqarish tizimini joriy etdi. 1824-yil Kichik juzda ham xon hokimiyati tugatildi; urugʻ oqsoqollari hokimiyatini cheklaydigan hududiy boshqaruvga oʻtildi. Dasht yerlarning janubiy hududlari Qoʻqon va Xiva xonliklari tarkibida qoldi. 1853-yil Orenburg va Samara general-gubernatori V.A.Perovskiy Qoʻqon xonligiga qarashli Oqmachit qalʼasini ishgʻol qilib, uni tayanch punktga aylantirdi. 1854-yil Verniy istehkomi (hozirgi Olmaota) qurildi.
Rossiyaning taʼsiri kuchayib borayotganligidan xavfsiragan Qoʻqon xoni Xudoyorxon 1860-yilning kuzida ruslarning Verniy istehkomini bosib olish uchun 20 ming askar yubordi. Oʻsha yilning oktabrda rus qoʻshinlari qozoq otryadlarining yordamida Uzunogʻoch darasida Qoʻqon xoni askarlarini magʻlubiyatga uchratdi. Natijada Yettisuvning barcha qismi Rossiyaga qoʻshib olindi. 19-asrning 60-yillarida qozoq yerlarining Rossiyaga qoʻshib olinishi tugallandi. Podsho hukumati oʻlkada maʼmuriy islohotlar oʻtkazdi. 1867-yil turkiston general-gubernatorligi tarkibida Yettisuv va Sirdaryo viloyatlari, 1868-yil Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Ural va Toʻrgʻay viloyatlari, Gʻarbiy Sibir (keyinchalik Dasht) general-gubernatorligi" tarkibida Akmolinsk va Semipalatinsk viloyatlari tashkil etildi. Viloyatlar uyezdlarga, uyezdlar volostlarga, volostlar ovullarga boʻlindi. Barcha yerlar davlat mulki deb eʼlon qilindi. 1867–68 yillardagi islohotlar qozoq jamoalarining barcha tabaqalarida norozilik tugʻdirdi. Natijada mustamlakachilik zulmiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarildi. U shafqatsiz bostirildi. Qozogʻiston Rossiya sanoati uchun oʻz tovarlarini sotish bozori va xom ashyo bazasi boʻlib qoldi.
Birinchi jahon urushi yillari (1914—1918)da qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va chorva mollarini ommaviy ravishda tortib olish, soliqlarning koʻpayishi, qimmatchilik, qozoq aholisining mardikorlikka safarbar qilinishi (1916) aholi orasida gʻalayonlarning avj olishiga sabab boʻldi. 1916-yilga kelib gʻalayonlar Qozogʻistonning butun hududini qamrab olgan milliy ozodlik harakatiga aylandi. Ayniqsa, bu harakat Toʻrgʻay viloyatida uzoq davom etib, unga xalq qahramoni Omongeldi Imonov rahbarlik qildi. 1917-yil noyabr – 1918-yil fevralda Qozogʻistonda sovet hokimiyati oʻrnatildi. Qozogʻistoning Sirdaryo va Yettisuv viloyatlari 1918-yil aprelda tashkil etilgan Turkiston ASSR tarkibiga kiritildi. 1920-yil 26-avgustda RSFSR tarkibida Qirgʻiziston (Qozogʻiston) ASSR tuzildi. 1920-yil 4–12-oktabrda Orenburgda boʻlib oʻtgan Qozogʻiston Sovetlarining taʼsis sʼyezdi RSFSR tarkibida Qozogʻiston ASSR tuzilganligini eʼlon qildi. 1936-yil Qozogʻiston ASSR SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublikaga aylantirildi. 1990-yil 25-oktabrda davlat suvereniteti toʻgʻrisida deklaratsiya qabul qilindi. 1990-yil 10-dekabrda Respublikasi deb nomlandi. 1991-yil 16-dekabrda respublika Oliy Kengashi davlat mustaqilligi toʻgʻrisida qonun qabul qildi. 1991-yil 21-oktabrda MDH tarkibiga kirdi. Qozogʻiston – 1992-yildan BMT aʼzosi. 1992-yil 23-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 16-dekabr – Mustaqillik kuni (1991).
Tabiati
Qozogʻistonning hududi gʻarbda Volga daryosi quyi oqimidan sharqda Oltoygacha va shimolda Gʻarbiy Sibir tekisligidan janubda Tyanshan togʻlarigacha choʻzilgan. Gʻarbda Kaspiy boʻyi pasttekisligi va Mangʻishloq yarim oroli bor; bu yerda dengiz sathidan past botiqlar (mas, Qoragiyo – 132 m) uchraydi[10]. Mangʻishloqdan sharqda Ustyurt platosi (balandligi 340 m gacha) joylashgan. Kaspiyboʻyi pasttekisligi shimoli-sharqda Ural togʻlarining janubiy tarmoqlari va Mugʻojar togʻi bilan chegaralangan. Mugʻojar togʻidan shimoli-sharqda Toʻrgʻay platosi bor. U janubda Turon pasttekisligi (Qizilqum choʻli)ga tutashib ketadi. Orol dengizidan shimolda Katta va Kichik Boʻrsiq qumli choʻllari va Orolboʻyi Qoraqumi joylashgan. Qozogʻistonning markaziy qismini Qozogʻiston past togʻlari (Sariorqa) egallagan. Bu yerda Qizilray (1565 m), Qarqarali (1366 m), Ulugʻtov (1133 m) kabi alohida togʻ massivlari bor. Qozogʻiston past togʻlaridan janubda Betpaqdala choʻli, undan janubda Moʻyinqum choʻli joylashgan. Betpaqdaladan sharqda katta maydonni egallagan Yettisuv hududi mavjud. Qozogʻistonning sharqi va janubi-sharqida Oltoy togʻlarining janubiy tarmoqlari, shuningdek, Saura, Tarbagʻatay, Jungʻariya Olatovi tizmalari, Shimoliy va Gʻarbiy Tyanshanning ayrim tizmalari joylashgan.
Qozogʻistonda foydali qazilmalardan Mugʻojar togʻi tokembriy va paleozoy burmali va metamorfozlashgan qatlamlari orasida mis kolchedani, Toʻrgʻay bukilmasi zaminida magnetit rudalari (Sokolov, Sarbay va boshqa) hamda qoʻngʻir temirtosh (Qoʻstanay viloyati), qoʻngʻir koʻmir, boksit uchraydi. Qozogʻistonning burmali paleozoy zaminida rudali va noruda foydali qazilmalar (mis, polimetall va boshqalar)ning yirik konlari bor. Shuningdek, toshkoʻmir (Qaraganda, Ekibastuz) va qoʻngʻir koʻmir (Maykuba) konlari mavjud. Mugʻojar togʻining vulkanogen jinslarida xromit, nikel, kobalt, oltin, asbest bor. Qozogʻiston hududida qoʻrgʻoshin, rux, molibden, volfram, fosforit. barit, kadmiy, vismut, profillit, neft, gaz, yonuvchi slanets, marganets, titan, vannadiy, temir, alyuminiy, qalay rudalari, oltingugurt, mirabilit, flyuorit ham bor.
Iqlimi
Iqlimi keskin kontinental. Qish shimolda sovuq, markazi va janubda moʻtadil sovuq, chekka janubda yumshoq. Yanvarda oʻrtacha harorat shimolda –18 °C, tekislik qismining janubda – 3 °C. Shimoliy va markaziy rayonlarda qishda – 45 °C gacha, janubdada – 35 °C gacha sovuq boʻladi. Yozi shimolda iliq, janubda issiq. Iyulda oʻrtacha harorat shimolda 19 °C, janubda 28–30 °C. Yillik yogʻin dasht va oʻrmonli dashtlarda 250– 400 mm, choʻl va chala choʻlda 100–200 mm. Balxashboʻyi, Orolboʻyi Qizilqumi va Ustyurt janublarida 100 mm dan kam. Togʻ oldi va togʻlarda yillik yogʻin 400– 1600 mm. Janubidagi togʻlarda muzliklar boʻlib, ularning soni 2700 dan ziyod, umumiy maydoni 2000 km2 chamasida.
Qum boʻroni
2021-yil mart oyida Qozogʻistonning Mangʻistov viloyatini juda kuchli qum boʻroni kuzatilgan. Mamlakatning favqulodda holatlar departamenti, oʻz navbatida, shamol tezligi soniyasiga 17–22 metrgacha kuchayishini maʼlum qilgan va boʻron haqida ogohlantirgan. Tabiiy hodisa tufaayli 350 dan ortiq yuk mashinalari Qozogʻiston, Rossiya va Oʻzbekiston chegaralarida qolib ketgan. Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, gʻarbiy viloyatlarda, Rossiyaning Qozogʻiston bilan chegaradosh shaharlari va Mangʻistov shahridagi «Tajen» nazorat-oʻtkazish punktida 150 ga yaqin yuk mashinasi tirbandlikka qolgan.
Ichki suvlari
Qozogʻistonda 85 mingdan ziyod daryo va soy boʻlib, shundan 328 tasining uzunligi 100 km dan ortiq. Daryolarining aksariyati ichki berk havzalar (Kaspiy va Orol dengizlari, Balxash koʻli va boshqalar)ga oqadi. Tekisliklardan oquvchi daryolarning koʻpi yozda qurib qoladi. Togʻ daryolari sersuv va gidroenergiyaga boy. Asosiy daryolari – Irtish, Ural, Chu, Ili, Sirdaryo. Chordara, Buxtarma, Qopchigʻay va boshqa suv omborlari bor.
Qozogʻistonda 48,3 mingga yaqin koʻl bor; ularning umumiy maydoni 45 ming km2 dan ortiq. Yirik koʻllari: Balxash, Zaysan, Olakoʻl, Tengiz, Sassiqkoʻl, Marqakoʻl va boshqalar.
Orol dengizining ekologik ahvoli
Orol dengizining bugungi holati (oktabr 2008)
Orol dengizi ilgari vaqtda dunyodagi eng katta ichki dengizlardan biri hisoblanib, unda baliqchilik, ovchilik, transport va erkratsion maqsadlarda foydalanilar edi. Dengiz suv rejimini unga quyiladigan Amudaryo, Sirdaryo, er osti suvlari hamda atmosfera yonilgʻilari tushishi va yuzadan suvning bugʻlanishi tashkil etadi. qadimgi tarixiy davrlarda dengiz sathining 1,5 – 2,10 oʻzgarishi tabiiy iqlim hususiyati bilan boʻliq boʻlib, suvning hajmi 100–150 kub km, suv sathi maydoni – 4000 kv, km ni tashkil etgan. Sugʻoriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida suʼorilishga foydalaniladigan qaytmas suvlar va qurqchilik yillari Amudaryo va Sirdaryoning deltasiga quyiladigan suv miqdori kamaydi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda dengizning sathi 1961-yilga nisbatan 16,8 m ga pasaydi. 1994-yil 36,6 m. Bunda dengizning hajmi 3 marta, yuzasi 2 marta, shurlanish darajasi 9-10 gGʻl dan 34-37 gGʻl ga ortadi; 2000-yilga borib 180–200 gGʻl koʻtariladi. Schozirgi kunda dengiz sathining pasayishi yiliga 80 – 110 sm tashkil etmoqda. Qirgʻoq chizigʻi 60 – 80 km pasayib, ochilib qolgan erlar 23 ming km² tashkil etadi.Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida suvning sifati yomonlashadi, hamda ichish uchun yaroqsiz boʻlibqoladi. Ekologik tizmlar, oʻsimlik va hayvonlar chuqur inqirozga uchrayapti. Eng yomon ahvol Janubiy oroldir.Ushbu mintaqa oʻz ichiga shimoliy gʻarbiy qizil qum, Zaungaoʻz, Qora qum, Janubiy ustyurt va Amudaryo daryosi kabi landshaft komplekslarini oladi. Orol boʻyining umumiy maydoni – 473 ming km² boʻlsa, uning Janubiy qismi 245 ming km² tashkil etadi. Bunga KKR hududi,Oʻzbekistonning Xorazm viloyati, Turkmanistonning Toshavvoʻz viloyatlari kiradi.


Yüklə 27,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin