ILMIY RAHBAR XULOSASI Ushbu bitiruv malakaviy loyiha ishida bugungi kunda juda dolzarb masalalardan biri bolmish xorijiy tilni samarali oqitish hamda xorij tajribasidan unumli foydalanish bilan bogliq izlanishlar bayon qilingan. Loyiha ishi talabalar ingliz tilida oqib tushunish qobiliyatini autnentik materiallar orqali rivojlantirishning til organish jarayoniga tasiri, kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga, uning foydali va afzal jihatlari tahlil qilingan.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi oz tarkibiga quyidagilarni oladi: kirish, II bob, 4 fasl, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar royxatidan iborat.
Birinchi bob “Information Gap Activities and their role in teaching speaking”deb nomlanib, “The concept and principles of using Information Gap Activity” va “Strategies and techniques of using Information Gap Activity in speaking classrooms” kabi fasllarni oz ichiga oladi. Mazkur bobda tadqiqotchi chet tilini oqitishda autentik materiallardan foydalanishning muhim ahamiyatga ega ekanligini nazariy jihatdan asoslab bergan.
Ikkinchi bob “Benefits of using Information Gap Activity in speaking classes ”deb nomlanib, “Advantages and disadvantages of using Information Gap Activity in speaking classes” hamda “ The procedure of Information Gap Activity to improve speaking skill in class” kabi fasllarni oz ichiga oladi. Ushbu bobda oqib tushunish qobiliyatini rivojlantirishda autentik materiallardan foydalanishning samarali usullari va oqitish jarayonidagi afzal va noafzal jihatlari maktab oquvchilari orasida otkazilgan tajriba asosida tahlil qilib berilgan.
Loyiha ishi nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Men ushbu bitiruv loyihaviy ishni himoyaga tavsiya qilaman.
Ilmiy rahbar: f.f.f.d., dots. M.U.Saidova.