64
kelishi muqarrardir. Qurilish tarmog‘i tabiiy resurslardan yirik foydalanuvchi hisoblanadi, bu
esa ko‘pincha ularni kamayishiga olib keladi. Olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, mlrd.
tonna o‘lchanadigan mahsulotlar, ya’ni qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish
antropogen faoliyatning material sarflanish hajmining eng katta ko‘rinishi hisoblanadi.
Dunyoda faqatgina beton ishlab chiqarish
10
uchun yiliga bir necha million tonna sement, chaqiq
tosh, qum va boshqa tiklanmaydigan tabiiy resurslar sarflanadi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda qazib olinadigan tabiiy resurslarning umumiy
hajmidan 50% gacha qurilish industriyasining zaruriyatiga ketishi hisoblangan.
Qurilish texnogenezining biridan bir xavfli ko‘rinishi havo muhitini ifloslantirishi
hisoblanadi. Yetarlicha belgilash mumkinki, faqatgina bir tonna sement ishlab chiqarish
atmosferaga 1 tonna SO
2
chiqarishini keltiradi
11
. Dunyoda sement ishlab chiqarish bilan bog‘liq
umumiy SO
2
tashlamasi 1,2 mlrd. tonnadan oshib ketadi. Energetika tashlamasi (shovqin,
infratovush, tebranish, ion hosil qiluvchi nurlar va sh.k.) anchagina xavfli hisoblanadi. Sement
zavodlari va qurilish industriyasining boshqa korxonalarining ishlashida qattiq chiqindilar va
yirik hajmdagi oqova suvlarning paydo bo‘lishi kuzatiladi.
To‘liq ta’kidlash zarurki, zamonaviy qurilish texnogenezi tabiiy majmualar va
ekotizimlarda sodir bo‘ladigan jarayonlarga, biosferaning barcha tarkibiy qismlari: atmosfera,
gidrosfera, litosfera va biotiklar dunyosiga nihoyatda jiddiy ravishda salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qurilish texnogenezining salbiy ta’siri tabiiy texnik tizimlar harakatining bir ko‘rinishi
bo‘lib, tabiiy ekotizimlar barqarorligining yo‘qolishiga va tanazzulga borishiga yo‘l qo‘ymaslik
bo‘yicha ekologik muvozanatni qo‘llab-quvvatlashda maxsus chora-tadbirlarni qabul qilishni
talab etadi.
Dostları ilə paylaş: