Qurilishda suv sarfini o‘tkazish uslublariga quyidagilar kiradi:
1. Daryolar o‘zanidan tashqarida joylashgan tashlama inshootlar – novlar, doimiy yoki
muvaqqat kanallar va tunellar hamda quvurlar orqali o‘tkazish;
2. Asosiy inshootlar va to‘siqlar – tosh tashlama va har xil suv tashlash teshiklari orqali
o‘tkazish;
3. Inshootni tasdiqlab qurishda daryo o‘zanining bir qismi orqali o‘tkazish.
Qurilishda suv sarfini o‘tkazish uslublariga ta’rif quyidagicha:
1.
Suv sarfini o‘tkazish katta bo‘lmagan o‘rta va kichik daryolar uchun qo‘llaniladi.
Ularni qurilishning qulayligi bir martada qurib bitkazish imkonining mavjudligidir.
2.
Novlar orqali qurilish suv sarfini o‘tkazish daryo o‘zanini toraytirish imkoniyati
kam va maqsadga muvofiq bo‘lmagan, suv sarfini ko‘p bo‘lmagan (30 m
3
/sek) va tor o‘zanli
joylarda qo‘llaniladi.
3.
Suv o‘tkazish kanallari topografik va geologik sharoiti qulay bo‘lgan joylarda
qurilish suv sarfini o‘tkazish uchun qo‘llaniladi. Ulardan foydalanish suv sarfi 2000 m
3
/sek
bo‘lgan daryolarda sinab ko‘rilgan.
Qurilishda to‘siqlar. Qurilish maydoni avval tashqi muhitdan taxta to‘siqlar yordamida
ajratiladi. To‘siqlarning balandligi 1,6 metrdan past bo‘lmasligi, kirib-chiqish uchun darvoza
o‘rnatilishi lozim. Chunki qurilish jarayoni tashqi muhitga ziyon yetkazmasligi kerak.
Qurilish ob’ektida insonlar o‘tadigan joylardagi poydevor yotqizish uchun qazilgan
chuqur va chuqurliklar biror bir kishining tushib ketmasligi uchun to‘siqlar bilan o‘raladi.
Ko‘prik yon tomonlaridagi to‘siqlarning balandligi 1 metrdan past bo‘lmasligi lozim.
Omborlar. Qurilish maydonida qurilishga keladigan material – texnik resurslarni qabul
qilish, ularni saqlash, taqsimlash va ishlab chiqarishga berish maqsadida ombor xo‘jaligi tashkil
etiladi. Ombor bajaradigan vazifasi va saqlanadigan resurslarning xususiyatlariga bog‘liq holda
markaziy (bazis) ob’ekt maxsus va oraliq turlarga bo‘linadi. Bazis omborlari butun qurilish
ob’ekti uchun xizmat qiladi. Unda saqlanadigan narsalar ko‘p miqdorda saqlanishi mumkin.
Ob’ekt omborlari joriy ishlar, qurilishlar uchun xizmat qiladi. Maxsus omborlar yoqilg‘i
portlovchi moddalarni saqlash uchun xizmat qiladi. Yirik qurilish omborlari asosan temir yo‘l
atrofiga tashkil etiladi yoki alohida temir yo‘l tarmog‘i kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: |