bo‘limi tomonidan oltingugurt kislotasi aerozoli konsentratsiyasini turbometrik usulda
o‘lchash uslubi, Surxondaryo viloyati bo‘limi tomonidan temir konsentratsiyasini
fotomertik usulda o‘lchash uslubi, Namangan viloyati bo‘limi
tomonidan ammiak
konsentratsiyasini fotometrik usulda o‘lchash uslubi, Yer usti va oqova suvlar nazorati
bo‘yicha Sirdaryo bo‘limi tomonidan tabiiy va oqova suvlar tarkibidagi sulfat-ion
konsentratsiyasini kompleksometrik usul bilan o‘lchash uslubi o‘zlashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktyabrdagi 290-sonli
qaroriga muvofiq, hisobot davrida 969 ta ruxsatnoma rasmiylashtirilib, ushbu
ko‘rsatkich o‘tgan yilga
nisbatan 113 % ni tashkil etdi. Shundan, yovvoyi hayvonlarni ovlashga 108 ta,
ularni
respublika hududiga olib kirishga 59 ta, respublikadan olib chiqishga 251 ta, shu
jumladan, CITES Konvensiyasi bo‘yicha 203 ta, dorivor, oziq-ovqatbop va texnik
o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlashga 256 ta, yovvoyi holda o‘suvchi, o‘simliklar va
ularning qismlarini respublika hududidan tashqariga olib chiqishga 282 ta va olib kirish
uchun 11 ta hamda yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish bo‘yicha pitomniklarni,
shuningdek zoologiya kolleksiyalarini hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi 2 ta
guvohnoma rasmiylashtirildi.
Qo‘mita tomonidan xalqaro munosabatlarni rivojlantirish, bunda xorijiy davlatlar bilan
hamkorlik aloqalarini kengaytirish, sohaga grant mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha
ishlar olib borildi.
Ikki tomonlama aloqalar va xalqaro huquqiy shartnomalarni
kengaytirish hamda
rivojlantirish borasida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Avstriya
Respublikasi Qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, atrof-muhitni muhofaza qilish va suv
resurslarini boshqarish federal vazirligi o‘rtasida hamkorlik qilish to‘g‘risida Kelishuv,
shuningdek, Avstriyaning «Eco World Styria» toza texnologiyalar klasteri o‘rtasida
ekologik texnologiyalar sohasida o‘zaro Anglashuv Memorandumi imzolandi.
Shu bilan birga, Fransiyaning ekologiya, barqaror rivojlanish
va energetika vazirligi,
Polsha Respublikasining atrof-muhit vazirligi, Germaniyaning atrof-muhitni muhofaza
qilish, qurilish va yadroviy xavfsizlik Federal vazirligi,
Yaponiyaning atrof-muhit
vazirligi bilan atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish sohasida o‘zaro
hamkorlik qilish to‘g‘risida idoralararo Kelishuvlar loyihalari tayyorlanib, tegishli
vazirlik hamda idoralar bilan kelishilib, xorijiy tomonlar bilan kelishish
uchun Tashqi ishlar vazirligiga yuborildi.
Suvli-botqoqli hududlar to‘g‘risidagi Ramsar Konvensiyasi doirasida To‘dako‘l va
Quyimozor suv havzalarini xalqaro Ramsar ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha takliflar hamda
nominatsion shakllar to‘ldirilib, Tashqi ishlar vazirligi orqali Konvensiya Kotibiyatiga
taqdim qilindi.
Shuningdek, “Havoning katta masofalarga transchegaraviy ifloslanishi to‘g‘risida”gi
konvensiyaga a’zo bo‘lishi yuzasidan tayyorlov ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi
tomonidan
Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi bilan
birgalikda O‘zbekiston
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi ishtirokchi bo‘lgan atrof- muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro
konvensiyalar qoidalari ijro etilishining borishini o‘rganish ishlari amalga oshirildi.