“Qurilish Ekologiyasi” fanidan Kafedra



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/19
tarix18.04.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#100040
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
-eferat-3.-atmosferani-sanoat

Mazkur Dastur doirasida tegishli vazirlik va idoralar hamkorligida Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari 
tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablarida ekologik 
madaniyat, ekologik bilimlarini oshirish, ekologik 
holat to‘g‘risida tushunchalar berish maqsadida ekologik tadbirlar muntazam ravishda 
tashkil etilmoqda. 
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi “Ozon qatlamini himoya qilish 
sohasidagi 
shartnomalar 
bo‘yicha 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
xalqaro 


majburiyatlarini bajarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 20-sonli hamda 2005-yil 11-
noyabrdagi “Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular 
mavjud bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishni va O‘zbekiston 
Respublikasidan olib chiqishni tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 247-
sonli qarorlariga 
muvofiq hisobot davrida 3644 ta murojaat (2015-yilning 9 oyida – 3542 ta) ko‘rib 
chiqilib, ozonni buzuvchi moddalarni respublika hududiga olib kirish uchun 10 ta 
hamda tarkibida ozonni buzuvchi moddalar mavjud bo‘lgan mahsulotlarni respublika 
hududiga olib kirish uchun 160 ta ruxsatnoma 
rasmiylashtirildi, shuningdek, ruxsat talab etilmasligi to‘g‘risida 3546 ta javob xatlari 
yuborildi. 
2013-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 
hamkorlikda BMTTD bilan GXFUlarni import qilishga qaramlikni (bog‘liqlikni) 
kamaytirish maqsadida davlat va xususiy sektor salohiyatini kuchaytirish uchun faoliyat 
yuritib kelmoqda. Ushbu faoliyatlar Ozon qatlamini muhofaza qilish bo‘yicha Vena 
konvensiyasi va Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar to‘g‘risidagi Monreal 
bayonnomasi doirasida olingan majburiyatlarni bajarilishiga yo‘naltirilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-fevraldagi “Sog‘lom ona va bola 
yili to‘g‘risida”gi 2487-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 15 banddan iborat 
tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ularni amalga oshirish uchun rejalashtirilgan 305,3 mln. 
so‘mlik ishlarning bugungi kunda 290,3 mln.so‘m hajmdagi ishlar bajarilib, belgilangan 
rejaning 95% ni tashkil etdi.
Xususan, Qo‘mita tizimidagi xotin-qizlarni ijtimoiy va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash 
doirasida 12 mln.so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Hududiy qo‘mitalar tomonidan 
“Mahallamiz ekologiyasi”, “Ayol, ekologiya va salomatlik”, “Sog‘lom bolani 
tarbiyalash – bizning umumiy vazifamiz”, “Barkamol avlodni tarbiyalashda ekologik 
mas’uliyat” mavzularida 76 ta davra suhbati, 3 ta tanlov, 6 ta ekologik aksiya tashkil 
etildi. “Ekologiya xabarnomasi” – “Ekologicheskiy vestnik” jurnalida “Sog‘lom 
ona va bola yili” davlat dasturi ijrosi mavzuida alohida rukn joriy etilib, hisobot davrida 
mavzuga oid jami 14 ta maqola chop etildi.
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, shu bilan birga tabiat bilan onalik va bolalikni 
muhofaza qilish masalasi uyg‘unlashtirilgan tasvirlar aks ettirilgan 8 turdagi maxsus 
bannerlar tayyorlandi. Bugungi kunda Toshkent shahri bo‘ylab 90 ta, Namangan, 
Jizzax, Sirdaryo viloyatiga 30 tadan bannerlar o‘rnatildi, qolgan viloyat, shahar va 
tuman markazlariga ham 30–40 tadan banner o‘rnatish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 
Bu borada fotoalbomlar tayyorlandi. 
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 66-sonli maxsus internat-maktabiga, 
Sho‘rchi tumanidagi "Oynako‘l" tibbiyot birlashmasiga, Qumqo‘rg‘on tumanidagi 57-
sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga, Samarqand viloyati 1-sonli tug‘ruqxonaga, 
Buxoro, Qashqadaryo, Xorazm va Farg‘ona viloyatlaridagi 
QVPlarga, o‘rta-ta’lim maktablariga qayta tiklanuvchi energiya manbayi, fotoelektr 
stansiyalari o‘rnatildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2014-yil 30-iyulda (2014-yil 15-
avgustdagi №03-21-1-sonli) tasdiqlangan “Respublika tabiiy suv havzalarida barqaror 
ekologik sharoitni 


ta’minlash va biologik resurslardan oqilona foydalanish yuzasidan kompleks chora-
tadbirlar” ijrosi bo‘yicha ishlar olib borildi. 
Hisobot davri yakunlari bo‘yicha chora-tadbirda belgilangan 53 ta tadbirdan 17 tasining 
bajarilishi nihoyasiga yetkazildi. Joriy yil yakunlari bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlar 
amalga oshirilishi boshlangandan buyon 5,85 mlrd.so‘m mablag‘ sarflandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 19-fevraldagi 14/21-2-
sonli «Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy va biologik resurslardan oqilona 
foydalanish hamda ularni qayta tiklash tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha hududiy 
chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 12 yo‘nalishdagi 1400 ta tadbirning bajarilishi bo‘yicha 
ishlar amalga oshirildi. 
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-oktyabrdagi “Tarkibida simob moddasi bo‘lgan 
lampalar va priborlardan foydalanish va ularni foydali ravishda ishlatish korxonalari 
faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida”gi 405-sonli qarori ijrosi bo‘yicha hisobot davrida 
respublika bo‘yicha 300,13 ming dona yaroqsiz holga kelgan lampalar utilizatsiya 
qilindi. 
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-sentyabrdagi “Ishlatilgan texnik moylarni 
topshirish, to‘plash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibi 
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 258-sonli qarori ijrosini ta’minlash 
maqsadida joriy yilning may oyida Toshkent viloyatining Angren shahrida ishlatilgan 
texnik moylarni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan “Eco prista” MCHJ qo‘shma 
korxonasi ishga tushirilib, “Uz-Ecoprotect” MCHJ qo‘shma korxonasidan 1358,9 tonna 
yig‘ilgan texnik moylar qabul qilinib, shundan 1162 tonnasi qayta ishlandi. “Eco prista” 
va “Uz-Ecoprotect” 
MCHJ qo‘shma korxonalari 150 dan ortiq korxona bilan ishlatilgan texnik moylarni 
qabul qilish bo‘yicha shartnomalar tuzib, hisobot davrida jami 137,7 tonna moy qayta 
ishlash uchun qabul qilindi.
Shu bilan birga, hisobot davrida respublika bo‘yicha jami 769,6 tonna ishlatilgan 
avtoshinalar utilizatsiya qilinib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 
147 % ni tashkil etdi. Toshkent shahridagi “Toshrangmetzavod” korxonasiga yaroqsiz 
holga kelgan 320 tonna kompyuter texnikalari utilizatsiya qilish uchun topshirilib, 
ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,2 barobarga oshdi (2015-yilning 
9 oyida – 101,2 tn). 


Xulosa 
Shunday qilib, sanoat chiqindilarini atrof-muhitga, biosferaga tashlanishi ko‘p regionlarda ekologik 
holatning buzilishiga olib kelmoqda. 0‘rmonlarning qirilishi, suvlarning, yer yuzasining ifloslanishi va 
boshqalar shular jumlasidandir. Bunmg oldini olish uchun sanoat korxonalaridan ajralayotgan 
chiqindilarga REChK(ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiya) lar o‘matilishi lozim. Har bir 
korxonadan ajralayotgan chiqindi REChK dan yuqori bo‘lsa u tozalanishi yoki albatta korxona 
texnologiyasi sozlanishi lozim. Hozirgi kunda olimlar tarafidan har bir chiqindini tozalash yoki uni 
zararsizlantirish uchun turli usullar ishlab chiqilgan. 
Har bir usul ajralayotgan chiqindining agregat holati, fizik- kimyoviy xususiyati, miqdori, 
konsentratsiyasi, harorati, qanday manbadan ajralayotganligiga qarab tanlanadi. 
Hozirgi kunda yer yuzida insoniyatnmg taraqqiy etib borishi, fan va texnikaning rivojlanishi, 
moddiy turmushning yaxshilanishi parallel ravishda o‘ziga xos bir qator qiyinchiliklarni ham keltirib 
chiqaradi. Insoniyat doimo yaxshi yashashga harakat qilib kelgan, lekin shu yashash tarzi hozirgi 
kunda ma’lum muammolarni vujudga keltirayotganligi hech kimga sir emas. Insonning hayotiga 
texnika vositalarini borgan sari chuqurroq kirib borishi uning o‘ziga ham qator qiyinchiliklarni 
tug‘dirishini ko‘pchilik tan olmaydi. Bu fikrga kimlardir qo‘shilmasligi mumkin, lekin bu fakt. 
0‘zingizga ma’lum, texnikaning rivojlanishi va insonning kundalik hayotiga kirib borishi shu 
insonning o‘zini kam harakat qilib qo'yadi. Faraz qiling, ertalab turdingiz va hech qiynalmay elektr 
choynakda yoki gaz plitada choyni qaynatdingiz, mikroto‘lqinli pechda yoki tosterda o‘zingizga biror 
bir egulik tayyorladingiz. Nonushtadan keyin liftda pastga tushib, shaxsiy mashinangizda ishga kelib, 
kun bo‘yi komputer yonida va telefon yordamida ishlaringizni bitirdingiz, umuman olganda deyarli 
faol harakat qilmadingiz. Bu kabi ish faoliyatini yoki butunlay boshqa soha ish faoliyatini ham misol 
tariqasida keltirishimiz mumkin. Lekin bu bizning asosiy maqsadimiz emas. Bizning maqsad hozirgi 
kunda insonning hayotiy ehtiyojlari kundan kunga keskin oshib borayotganligini ko‘rsatish va uning 
ehtiyojlarini qondirish uchun esa ishlab chiqarish va texnikani kundan kunga rivojlanib, ko‘proq 
mahsulotlar ishlab chiqarayotganligini bildirishdir. 
Hoziigi kunda ishlab chiqarishning, fan va texnikaning rivojlanishi o‘z yo‘lida atrof-muhitga 
ko‘plab turli chiqindilarni tashlanishiga sababchi bo‘lishi hech kimga sir emas. Shu o‘rinda 
o‘quvchida savol tug‘ilishi mumkin, xo‘sh nima qilmoq kerak, qanday yo‘l tutish lozim? Albatta, har 
bir insonda bu kabi savollar tug‘ilishi tabiiydir. Awalo inson o‘zining «aql» ko‘zi bilan tabiatga 
chuqurroq nazar solishi va u yerda mavjud barcha mavjudotlarni, o‘simliklami, yer usti va yer osti 
tabiiy resurslarini uning o‘zi uchun yaratilganligi va ularning barchasi unga xizmat qilmoqligini, 
undan keyin ham bu yerda — ona zaminimizda qolganlar ham yashashi lozimligini anglab yetmog‘i 
kerak. Yer barcha tirik mavjudotlar va o‘simliklar uchun yashash maskani, u bizni boqadi, kiyintiradi. 
Yer va uni o‘rab turgan 
havo, suv va tuproq qatlami bizni doimo yashashimizga qulay sharoit yaratadi. Yerdagi barcha 
ma’danlar, suvlar va ularda yashab turgan jonzotlar barcha-barchasi inson uchun, uning shu dunyoda 
yashashi uchun xizmat qiladi. Buni anglab yetgan insonlar tabiatga bo‘lgan o‘z mehrini oshirishga, uni 
asrab-avaylashga va tabiat qonunlari bilan kelishilgan holda yashashga harakat qilishi lozim. Lekin, 
ming afsuski bunga javoban ko‘pchilik tabiatni qadrlamaydi, uni asrab- avaylamaydi. Yer ularning 
barcha «nomaqbulchiligini», «erkaligini» ko‘taradi, deb fikr yuritadilar. Hozirgi kunda atrof-
muhitning keskin ifloslamshi, ekologik muvozanatning izdan chiqishi, turli iqlimiy o‘zgarishlar va 
falokatlarni yuzaga kelishi bizning, hammaning «nomaqbul»chiligimizning yorqin dalili, uning 
amaldagi ko‘rinishidir. Tabiatni o‘zi bir butun muvozanatdagi turli energetik aloqalar bilan 
bogMangan sistema bo‘lib, bu aloqalarning buzilishi va izdan chiqishi, yerdagi mavjud tabiiy 
jarayonlarning buzilishiga olib keladi va buning oqibatida yer yuzida turli ekologik falokatlar yuzaga 
keladi. Bundan 5,5 ming yil ilgari Misrdagi Xeops piramidasiga ham bu to‘g‘rida quyidagi yozuv 
qoldirilgan ekan: «Inson tabiat kuchlarini mensimagani va haqiqiy dunyoni tushunmagani uchun 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin