4. O’zbekiston Respublikasini “Atmosfera havosini muxofaza
qilish to’g’risidagi” qonuni va uning mazmuni.
(O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 2-son, 52-modda; 2003 y., 9-10-
son, 149-modda; O'zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to'plami, 2006 y., 41-son, 405-modda;
2013 y., 18-son, 233-modda)
1-modda. Atmosfera xavositabiatni muxofaza qilish ob'ekti sifatida Atmosfera xavositabiiy
resurslarning tarkibiy qismi bo'lib, u umummilliy boylik xisoblanadi va davlat tomonidan muxofaza
qilinadi.
2-modda. Atmosfera xavosini muxofaza qilish to'g’risidagi qonun xujjatlari Atmosfera xavosini
muxofaza qilish to’g’risidagi qonun xujjatlari ushbu qonun va O'zbekiston Respublikasining boshqa
qonun xujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpog’iston Respublikasida atmosfera xavosini muxofaza qilish soxasidagi munosabatlar
qoraqalpog’iston Respublikasining qonun xujjatlari bilan xam tartibga solinadi.
3-modda. Atmosfera xavosini muxofaza qilish to’g’risidagi qonun xujjatlarining asosiy vazifalari
Atmosfera xavosini muxofaza qilish to’g’risidagi qonun xujjatlarining asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat: atmosfera xavosining tabiiy tarkibini saqlash;
atmosfera xavosiga zararli kimyoviy, fizikaviy, biologik va boshqa xil ta'sir ko'rsatilishining oldini
olish xamda kamaytirish;
davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolarning atmosfera
xavosini muxofaza qilish soxasidagi faoliyatini xuquqiy jixatdan tartibga solish.
4-modda. Fuqarolarning xayot uchun qulay atmosfera xavosiga ega bo'lish xuquqi va uni saqlash
soxasidagi majburiyatlari Fuqarolar xayot va sog’liq uchun qulay atmosfera xavosiga ega bo'lish,
atmosfera xavosining xolati xamda uni muxofaza qilish yuzasidan ko'rilayotgan chora-tadbirlar
to'g’risida o'z va?tida va ishonchli axborot olish, atmosfera xavosiga ifloslantiruvchi moddalar va
biologik organizmlar chiqarilishi xamda fizikaviy omillarning atmosferaga zararli ta'sir ko'rsatishi
or?ali o'zlarining salomatligiga xamda mulkiga ziyon etkazilgan xollarda zararni undirib olish
xuquqiga egadirlar.
Fuqarolar atmosfera xavosini avaylashlari, uning ifloslanishiga, kamayishiga va unga fizikaviy omillar
zararli ta'sir etishiga olib keluvchi xarakatlarni qilmasliklari shart.
5-modda. Atmosfera xavosini muxofaza qilish soxasida davlat boshqaruvi Atmosfera xavosini
muxofaza qilish soxasida davlat boshqaruvini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi,
O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muxofaza qilish davlat qo'mitasi, maxalliy davlat xokimiyati
organlari amalga oshiradilar.
6-modda. Atmosfera xavosini muxofaza qilish soxasidagi standartlar Atmosfera xavosini muxofaza
qilish soxasidagi standartlar atmosfera xavosini muxofaza qilish tartibini, uning xolati ustidan nazorat
usullarini aniqlab beradi, atmosfera xavosini muxofaza qilish bo'yicha o'zga talablarni belgilaydi.
Inson uchun atmosfera xavosini muxofaza qilish soxasidagi standartlar (sanitariya normalari)
O'zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Atrof tabiiy muxit ob'ektlari uchun atmosfera xavosini muxofaza qilish, iqlimni va ozon qatlamini
saqlash soxasidagi standartlar O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muxofaza qilish davlat qo'mitasi
tomonidan tasdiqlanadi.
7-modda. Atmosfera xavosisifatining normativlari Atmosfera xavosining xolatini baxolashda
O'zbekiston Respublikasi xududi uchun atmosfera xavosisifatining quyidagi yagona normativlari
belgilanadi:
atmosfera xavosida ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarning inson va atrof tabiiy muxit
ob'ektlari uchun yo'l qo'yiladigan darajada to'planishi;
fizikaviy omillar atmosfera xavosiga akustik, elektromagnit, ionlashtiruvchi va boshqa xil zararli ta'sir
ko'rsatishining inson va atrof tabiiy muxit ob'ektlari uchun yo'l qo’yiladigan darajalari.
qonun xujjatlarida ayrim mintaqalar uchun atmosfera xavosisifati normativlariga nisbatan oshirilgan
talablar belgilab qo'yilishi mumkin.
Atmosfera xavosisifati normativlari qonun xujjatlarida belgilangan tartibda ishlab chiqiladi va
tasdiqlanadi.
8-modda. Doimiy manbalardan atmosfera xavosiga zararli ta'sir ko'rsatish normativlari Atmosfera
xavosiga ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar chiqarishning xamda unga fizikaviy omillar
zararli ta'sir ko'rsatishining yo'l qo’yiladigan doiradagi normativlari atmosfera xavosiga chiqindilar
chiqaruvchi yoki zararli fizikaviy ta'sir ko'rsatuvchi har bir doimiy manba uchun ifloslantiruvchi
moddalar, biologik organizmlar va fizikaviy ta'sir ko'rsatish omillarining xar biri bo'yicha belgilanadi.
havoni ifloslantiruvchi doimiy manbalardan atmosfera xavosiga ifloslantiruvchi moddalar, biologik
organizmlar chiqarishning yo'l qo’yiladigan doiradagi normativlari xamda unga fizikaviy omillar
zararli ta'sir ko'rsatishining yo'l qo’yiladigan doiradagi normativlari korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi va tegishincha O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muxofaza
qilish davlat qo’mitasi xamda O'zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan
tasdiqlanadi.
Atmosfera xavosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarishning yo'l qo’yiladigan
doiradagi normativlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Tabiatni
muxofaza qilish davlat qo'mitasi tomonidan, atmosfera xavosiga fizikaviy omillar zararli ta'sir
ko'rsatishining yo'l qo’yiladigan doiradagi normativlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi esa —
O'zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muxofaza
qilish davlat qo’mitasi tomonidan belgilab qo'yiladi.
9-modda. Atmosfera xavosidan foydalanish normativlari
Ishlab chiqarish extiyojlari uchun atmosfera xavosidan foydalanish normativlari atmosfera xavosining
tabiiy tarkibi o'zgarishiga olib kelmaydigan darajada belgilanadi.
Atmosfera xavosidan foydalanish normativlari korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan ishlab
chiqiladi va O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muxofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan
tasdiqlanadi.
Atmosfera xavosidan foydalanish normativlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi O'zbekiston
Respublikasi Tabiatni muxofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan belgilab qo'yiladi.
10-modda. Ko'chma manbalardan atmosfera xavosiga zararli ta'sir ko'rsatish normativlari
O'zbekiston Respublikasi xududida ishlab chiqariladigan va foydalaniladigan ko'chma manbalar uchun
ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalar va ular fizikaviy omillarining atmosfera xavosiga
zararli ta'sir ko'rsatish normativlari belgilanadi. Bu normativlarni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi
tegishincha O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muxofaza qilish davlat qo’mitasi va O'zbekiston
Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilab qo'yiladi.
Oldingi taqrirga qarang.
11-modda. Atmosfera xavosini doimiy ifloslantiruvchi manbalardan atmosferaga ifloslantiruvchi
moddalar chiqarishni tartibga solish
Atmosfera xavosini doimiy ifloslantiruvchi manbalardan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar
chiqarishga davlat ekologik ekspertizasining natijalariga ko'ra belgilanadigan normativlarga muvofiq
yo'l qo’yiladi.
(11-modda O'zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O'R?-352-sonli qonuni taqririda —
O'R T, 2013 y., 18-son, 233-modda)
12-modda. Atmosfera xavosiga fizikaviy omillarning zararli ta'sir ko'rsatishini tartibga solish
Atmosfera xavosiga fizikaviy omillarning zararli ta'sir ko'rsatishi yo'l qo’yiladigan tegishli darajadan
oshmasligi zarur.
Oldingi taxrirga qarang.
(12-moddaning ikkinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O'Rx-352-sonli
qonuniga asosan chiqarilgan — O'R ??T, 2013 y., 18-son, 233-modda)
13-modda. Atmosfera xavosiga zararli ta'sir ko'rsatishni xamda undan foydalanishni cheklash, to'xtatib
qo'yish yoki tugatish
Oldingi taxrirga qarang.
Atmosfera xavosini doimiy ifloslantiruvchi manbalardan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar
chiqarish bo'yicha davlat ekologik ekspertizasining xulosasida nazarda tutilgan shartlar va talablarni
buzish bilan bo?liq faoliyat maxalliy davlat xokimiyati organlari, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni
muxofaza qilish davlat qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining
vakolatlariga muvofiq ularning qarori bilan cheklanishi, to'xtatib qo'yilishi, zararli ta'sir ko'rsatish
sabablarini bartaraf etish mumkin bo'lmagan taqdirda esa, tugatilishi mumkin. Tadbirkorlik
sub'ektlarining faoliyatini cheklash, to'xtatib qo’yish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar xamda
axolining xayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog’liq
xolda o'n ish kunidan ko'p bo'lmagan muddatga cheklash, to'xtatib qo’yish xollari bundan mustasno)
yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi.
(13-moddaning matni O'zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O'R?-352-sonli qonuni
taxririda — O'R ??T, 2013 y., 18-son, 233-modda)
14-modda. Yoqilg’i va yonilg’i-moylash materiallari sifatiga doir talablar
O'zbekiston Respublikasi xududida foydalaniladigan yoqilg’i va yonilg’i-moylash materiallarining
barcha turlari O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muxofaza qilish davlat qo’mitasi bilan kelishilgan
standartlar talablariga mos bo'lishi lozim.
15-modda. O'zbekiston Respublikasi xududiga transport vositalari va boshqa qatnov vositalari xamda
qurilmalarini olib kirish va ularning kirib kelishi shartlari
Transport vositalari va boshqa qatnov vositalari xamda
urilmalari
ko'rsatadigan
salbiy
ta'sir
ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalar miqdoriga va ular fizikaviy omillarining zararli ta'sir
ko'rsatishiga doir O'zbekiston Respublikasi xududida amal qiladigan normativlardan oshmagan
taqdirdagina O'zbekiston Respublikasi xududiga bu vositalar va qurilmalarni olib kirishga va ularning
kirib kelishiga yo'l qo’yiladi.
16-modda. Transport vositalari va boshqa qatnov vositalari xamda qurilmalarini ishlab chiqarish va
ulardan foydalanish
Ishlatilgan gazlar chiqarib yuborilganida ulardagi ifloslantiruvchi moddalarning miqdori yoki ular
fizikaviy omillarining zararli ta'sir ko'rsatishi normativlardan yuqori bo'lgan transport vositalari va
boshqa qatnov vositalari xamda qurilmalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Transport vositalari va boshqa qatnov vositalari xamda qurilmalarining egalari ishlatilgan gazlardagi
ifloslantiruvchi moddalarning miqdori va ular fizikaviy omillarining zararli ta'sir ko'rsatishi
normativlariga rioya qilinishini ta'minlashlari shart.
17-modda. Transport vositalari va boshqa qatnov vositalari xamda qurilmalarini ta'mirlaydigan va
ularga texnik xizmat ko'rsatadigan korxonalar va tashkilotlar oldiga qo’yiladigan talablar
Atmosfera xavosiga zararli ta'sir ko'rsatuvchi transport vositalari va boshqa qatnov vositalari xamda
qurilmalarini ta'mirlaydigan va ularga texnik xizmat ko'rsatadigan korxonalar va tashkilotlar
ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalar miqdorining xamda ular fizikaviy omillari zararli ta'sir
ko'rsatishining normativlarga muvofi?ligini tekshirish va tartibga solib turishni ta'minlaydilar.
18-modda. Kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish
Kimyoviy moddalarni ishlab chiqaruvchi yoki ulardan foydalanuvchi korxona va tashkilotlar bunday
moddalarning atmosfera xavosida yo'l qo’yiladigan darajada to'planish normativlarini, ularni nazorat
qilish usullari va ekologik-toksikologik pasportlarini O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muxofaza
qilish davlat qo’mitasi xamda O'zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda
ishlab chiqadilar.
Oldingi taxrirga qarang.
Ishlatish taqiqlangan va ishlatishga yaroqsiz bo'lib qolgan kimyoviy moddalarni zararsizlantirish davlat
ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo'lganda, O'zbekiston Respublikasi Sog’liqni
saqlash vazirligi bilan kelishilgan xolda amalga oshiriladi.
(18-moddaning ikkinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O'R?-352-sonli
qonuni taqririda — O'R ??T, 2013 y., 18-son, 233-modda)
Kimyoviy moddalarni o'simliklarni ximoya qilish vositasi, ularning o'sishini tezlashtiruvchi omil,
mineral o'g’it va boshqa preparatlar sifatida faqat yerdan turib ishlatishga yo'l qo’yiladi. Qishloq
xo'jaligi ekinlariga kimyoviy moddalar bilan ishlov berish qonun xujjatlarida belgilab qo'yilgan
tartibda amalga oshiriladi.
19-modda. Ozon qatlamiga zararli ta'sir ko'rsatishning oldini olishga doir talablar
Tarkibida ozonni buzuvchi moddalar bo'lgan buyumlardan foydalanuvchi va ularni ta'mirlovchi
korxonalar, muassasalar xamda tashkilotlar bunday moddalar xisobga olinishini va ular ozon uchun
xavfsiz moddalar bilan almashtirilishini ta'minlashlari lozim.
20-modda. Mineral xom ashyoni qazib olish, tashish va qayta ishlash paytida atmosfera xavosini
muxofaza qilishga doir talablar
Mineral xom ashyoni qazib olish, tashish va qayta ishlash atmosfera xavosini ifloslantirishning oldini
olish yoki ifloslantirish darajasini kamaytirish qoidalariga rioya qilgan xolda O'zbekiston Respublikasi
Tabiatni muxofaza qilish davlat qo’mitasi bilan kelishilgan usullarda amalga oshirilishi shart.
21-modda. Ishlab chiqarish va iste'mol chi?indilarini joylashtirish yoki ko'mib tashlashga doir talablar
Atmosfera xavosini ifloslantiruvchi manba bo'lishi yoki xavoga boshqa tarzda zararli ta'sir ko'rsatishi
mumkin bo'lgan texnogen xosilalarni axoli punktlari xududida yoki ularga yaqin erlarda joylashtirish
taqiqlanadi.
Oldingi taqxirga qarang.
Atmosfera xavosini ifloslantiruvchi manba xisoblanadigan ishlab chiqarish va iste'mol chiqindilari
qayta ishlanishi, tozalanishi, dezodoratsiya qilinishi yoki maxsus poligonlarda saqlanishi zarur, bunday
poligonlarning joyi maxalliy davlat xokimiyati organlari tomonidan davlat ekologik ekspertizasining
ijobiy xulosasi mavjud bo'lganda, O'zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi bilan
kelishilgan xolda belgilanadi.
(21-moddaning ikkinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O'R?-352-sonli
qonuni ta?ririda — O'R ??T, 2013 y., 18-son, 233-modda)
22-modda. Atmosfera xavosining xolatiga ta'sir ko'rsatuvchi korxonalar, inshootlar, transport
magistrallari va boshqa ob'ektlarni joylashtirish, loyixalash, qurish, qayta qurish va foydalanishga
topshirish
Korxonalar, inshootlar, transport magistrallari va boshqa ob'ektlarni joylashtirish, loyixalash, qurish,
qayta qurish va foydalanishga topshirish, ishlab turgan texnologiya jarayonlari va asbob-uskunalarni
takomillashtirish xamda yangilarini joriy etish atmosfera xavosini muxofaza qilish to’g’risidagi qonun
xujjatlariga rioya qilgan xolda amalga oshirilishi shart.
Atmosfera xavosining xolatiga ta'sir ko'rsatuvchi korxonalar, inshootlar, transport magistrallari va
boshqa ob'ektlarni qurish joylarini belgilash, ularni qurish xamda qayta qurish loyixalari maxalliy
davlat xokimiyati organlari, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muxofaza qilish davlat qo’mitasi va
O'zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi bilan kelishib olinadi.
23-modda. Kashfiyotlar, ixtirolar, sanoat namunalarini, texnika va texnologiyalarni joriy etish paytida
atmosfera xavosini muxofaza qilish talablariga rioya etish
Atmosfera xavosining xolatiga, iqlimga va ozon qatlamiga zararli ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan
kashfiyotlar, ixtirolar, sanoat namunalarini joriy etishni, texnika, texnologiyalar, asbob-uskunalar, xom
ashyo va materiallardan, yoqilg’idan foydalanishni xamda tayyor maxsulot chiqarishni sertifikatsiz
yoki unda belgilangan ko'rsatkichdan chetga chiqqan xolda amalga oshirishga yo'l qo'yilmaydi.
24-modda. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning atmosfera xavosini muxofaza qilish soxasidagi
majburiyatlari
Faoliyati atmosfera xavosiga ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar, issi?xona gazlari va
ozonni buzuvchi moddalar chiqarish xamda atmosfera xavosiga fizikaviy omillarning zararli ta'sir
ko'rsatishi bilan bog’liq bo'lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar quyidagilarni bajarishga
majburdirlar:
atmosferaga chiqarilgan chiqindilarni tozalash va zararli fizikaviy ta'sirni kamaytirish uchun
inshootlar, asbob-uskunalar va apparaturalardan, shuningdek ular ustidan nazorat qilish vositalaridan
foydalanish qoidalariga rioya qilish;
xo'jalik ob'ektlari tevaragida sanitariya-muxofaza zonalari barpo etish;
chiqindilar chi?arishni xamda zararli fizikaviy ta'sirni kamaytirish chora-tadbirlarini ko'rish;
chiqariladigan chiqindilar xamda fizikaviy omillar zararli ta'sirining yo'l qo’yiladigan doiradagi
normativlariga rioya qilish ustidan nazorat o'rnatish, ularning xisobini yuritish va belgilangan tartibda
statistika xisobotini ta?dim etish;
energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, yoqilg’i-energetika resurslarini tejash, ekologik
ji?atdan toza energiya manbalaridan foydalanish chora-tadbirlarini ko'rish;
meteorologiya sharoitlari noqulay kelishi kutilayotganligi munosabati bilan atmosfera xavosiga
ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarishni kamaytirish yuzasidan O'zbekiston
Respublikasi Tabiatni muxofaza qilish davlat qo’mitasi bilan kelishilgan xolda chora-tadbirlar ko'rish;
korxonalar va transport kommunikatsiyalarining ta'sir doirasida atrof muxitga xamda axoli
salomatligiga zararli ta'sir ko'rsatilishini baxolash;
kuchli ta'sir etuvchi zaxarli moddalar xamda bug’lanuvchi birikmalarni saqlash, ulardan foydalanish va
ulardan bo'shagan idishlarni zararsizlantirish shartlariga rioya qilish;
atmosferaga birvarakayiga va avariya tufayli chiqindilar chiqishi, yashirin xavfli vaziyatlar yuzaga
kelishining oldini olish, shuningdek atmosfera xavosining chegaralararo ifloslanishini kamaytirish
chora-tadbirlarini ko'rish;
chiqindilarni yo'q qilishni ta'minlash xamda ular to'planib qolganida va qayta ishlanayotganida
atmosfera xavosini ifloslantirishning oldini olish chora-tadbirlarini ko'rish.
Atmosfera xavosini muxofaza qilish chora-tadbirlarini bajarish tuproq, suv va atrof tabiiy muxitning
boshqa ob'ektlari ifloslanishiga olib kelmasligi lozim.
Oldingi taqrirga qarang.
25-modda. Atmosfera xavosiga zararli ta'sir ko'rsatganlik uchun kompensatsiya to'lovlari
Atmosfera xavosiga zararli ta'sir ko'rsatganlik uchun kompensatsiya to'lovlari korxonalar, muassasalar
va tashkilotlardan qonun xujjatlarida belgilab qo’yiladigan tartibda va mi?dorlarda undirib olinadi.
LexUZ sharxi
qarang: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1 may 2003 yil 199-sonli qarori bilan
tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi xududida atrof tabiiy muxit ifloslantirilganligi va chiqindilar
joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to'lovlarining miqdorlari (1 va 2-ilovalar).
Atmosfera xavosiga ifloslantiruvchi moddalarni va biologik organizmlarni chiqarganlik, unga fizikaviy
omillarning zararli ta'sir ko'rsatganligi xamda atmosfera xavosidan foydalanganlik uchun
kompensatsiya to'lovlari to'lash korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni havoni muxofaza qilish
chora-tadbirlarini bajarishdan va etkazilgan zararni qoplash majburiyatidan ozod etmaydi.
(25-modda O'zbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli qonuni taqririda— «Xalq
so'zi», 31.10.2003 y., 223(3335)-son)
26-modda. Atmosfera xavosini muxofaza qilish soxasida davlat xisobini yuritish
quyidagilar davlat tomonidan xisobga olinishi zarur:
atmosfera xavosining xolatiga zararli ta'sir ko'rsatayotgan yoki zararli ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan
ob'ektlar;
foydalanilayotgan atmosfera xavosining xajmlari;
atmosfera xavosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar, issiqxona gazlari
va ozonni buzuvchi moddalarning turlari va miqdori;
atmosfera xavosiga fizikaviy omillar ko'rsatadigan zararli ta'sirning turlari va hajmlari.
Atmosfera xavosini muxofaza qilish soxasida davlat hisobini yuritish O'zbekiston Respublikasi
Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda yagona tizim bo'yicha amalga oshiriladi.
27-modda. Atmosfera xavosimonitoringi
Atmosfera xavosining holatini kuzatish, u xaqidagi axborotni to'plash, umumlashtirish, taxlil etish va
istiqbolni belgilash atrof tabiiy muxitning davlat monitoringi yagona tizimi bo'yicha qonun xujjatlarida
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharxi
Qarang: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 3 apreldagi 111-son qarori bilan
tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muxitning davlat monitoringi to’g’risidagi
Nizom.
28-modda. Atmosfera xavosini muxofaza qilish ustidan nazorat
Atmosfera xavosini muxofaza qilish ustidan davlat nazorati maxalliy davlat xokimiyati organlari
tomonidan, shuningdek maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan qonun xujjatlarida
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharxi
Qarori: O'zbekiston Respublikasining «Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatini davlat tomonidan
nazorat qilish to'g’risida»gi qonuni.
O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muxofaza qilish davlat qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi
Sog’liqni saqlash vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi atmosfera xavosini
muxofaza qilish ustidan nazorat qilish bo'yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlaridir.
Atmosfera xavosini muxofaza qilish ustidan idoraviy, ishlab chiqarish va jamoat nazorati qonun
xujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharxi
Qarang: O'zbekiston Respublikasining «Ekologik nazorat to'?risida»gi ?onuni.
29-modda. Atmosfera xavosini muxofaza qilish to’g’risidagi qonun xujjatlarini buzganlik uchun
javobgarlik
Atmosfera xavosini muxofaza qilish to’g’risidagi qonun xujjatlarini buzishda aybdor bo'lgan shaxslar
belgilangan tartibda javobgar bo'ladilar.
LexUZ sharxi
Qarang: O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 85 — 88-
moddalari va Jinoyat kodeksining 196-moddasi.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va Fuqarolar atmosfera xavosini muxofaza qilish to’g’risidagi
qonun xujjatlarini buzish oqibatida etkazilgan zarar o'rnini qonun xujjatlarida belgilangan tartibda
qoplashlari shart. Zarar o'rnini qoplash aybdorlarni qonun xujjatlariga muvofiq javobgarlikka
tortishdan ozod etmaydi.
LexUZ sharxi
Qarang: O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 985-moddasi.
30-modda. Xalqaro shartnomalar
Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ushbu qonunda nazarda tutilganidan
o'zgacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |