bilan chiqdi. Taklif tarafdorlari nazarida bu bilan xalq
salomatligi yaxshilanib, Qo’shma Shtatlar global iqlim
isishiga qarshi kurashda o’z mavqeini mustahkamlaydi.
Qarshilar fikricha esa yangi qoida iqtisodiyotga ziyon
qiladi.
Toza energiya tashabbusi
(Clean Energy Plan)
Amerikada 600 dan
ziyod ko’mir zavodlariga taalluqli. Bu inshootlar mamlakat havosini
eng ko’p
bulg’ayotgan manbadir.
AQSh
Tabiatni asrash
agentligi
(U.S. Environmental Protection Agency)
rasmiysi Jina
Makarti
(Gina McCarthy)
taklifni e’lon qilayotib, iqlimdagi
o’zgarishlarni to’xtatish uchun dadil
harakat qiladigan fursat yetdi,
deydi.
“Oilalarimiz salomatligi va farzandlar kelajagi uchun tabiat
himoyasiga otlanishimiz farz. Iqlimdagi salbiy o’zgarishlar oldini olib,
kashfiyotlarga turtki beramiz. Sarmoyalar kirishi va ish o’rinlari
yaralishi uchun xizmat qilamiz. Ilg’or davlat degan nomimiz bo’ladi”, -
deydi
Makarti.
Rejaga ko’ra, 2030-yilga qadar havoni ifloslayotgan gazlar 30 foizga
qisqarishi kerak bo’ladi.
Makartining aytishicha, har bir shtat ijroga
o’zicha
yondashishi
mumkin:
“Har xil shtatda vaziyat boshqa, demak ijro ham boshqacha bo’ladi”.
Obama energiyani tejash, shamol
va quyosh nuri kabi muqobil
energiya manbalarini qo’llash, havoni kamroq zararlovchi tabiiy
gazdan
kengroq
foydalanishni
nazarda
tutadi.
Ko’mir zavodlari AQSh elektr ta’minotining uchdan birini qoplaydi.
Kommunal xizmat ko’rsatuvchi kompaniyalar qarshi emasday,
lekin
ko’mir sanoati yo’q, demoqda. Zavodlar yopilib, ish joylari qisqaradi,
elektr toki qimmatlab, bizneslar chetga chiqib ketadi, deydi ular.
Obamaning
javobi:
“Amerikada iqtisodiy foyda va bolalarimiz salomatligi o’rtasida
nimani tanlasak ekan, deb o’ylashimiz shart emas. Oldinlari edi u – yo
tabiatni asraymiz, yo iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlaymiz deb
o’ylashlar. Bugun AQSh yangi texnologiya
yordamida eski qoliplarni
yorib
chiqayapti”.
Ekologlar so’zlariga ko’ra, Obamaning rejasi jahon hamjamiyatiga
signal: Amerika iqlimdagi salbiy o’zgarishlarga qarshi kurashda
g’ayrat ko’rsatmoqchi. Ushbu reja ma’qullanishdan
oldin bir yil
davomida muhokama qilinishi kerak bo’ladi. Ko’mir sanoati esa
qarshi sud ishi qo’zg’atishi kutilmoqda.
AQSh Tabiatni asrash agentligi rasmiysi Jina Makarti: “Oilalarimiz
salomatligi va farzandlar kelajagi uchun tabiat himoyasiga
otlanishimiz farz".
Dostları ilə paylaş: