Qabul qilingan Milliy xavfsizlik kontsepsiyasi asosida, tez o‘zgaruvchan ijtimoiy-siyosiy vaziyatni, Markaziy Osiyo mintaqasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni har tomonlama tahlil qilish asosida, O‘zbekiston Qurolli kuchlarni qurish va tashkil etishning mutlaqo yangi prinsiplariga asoslangan armiyani isloh qilish bo‘yicha uzoq muddatli dastur ishlab chiqildi.
Islohotning asosiy maqsadi - strategik va taktik vazifalarni samarali hal qilishga qodir, davlat chegaralari va uning hududiy yaxlitligi hamda daxlsizligiga har qanday tajovuzlarni zararsizlantirish va munosib ravishda qaytarishga qodir bo‘lgan, zamonaviy, harakatchan, yaxshi qurollangan armiya tashkil etishdir.