Qurilish fakulteti 108-22 Arx yo’nalishi talabasi



Yüklə 76,77 Kb.
səhifə6/7
tarix10.05.2023
ölçüsü76,77 Kb.
#110844
1   2   3   4   5   6   7
108-22 Arx Sattorov Umidjon 5-Labaratoriya (1)

O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari mamlakat hududida mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixiy davomiylikni tasdiqlaydi, uning tabiiy xususiyatlarini, milliy va ma’naviy o‘ziga xosligini aks ettiradi, ona yurtni ulug‘laydi, odamlarning ezgu va pok niyatlarini, xavfsizlik va tinchlikka intilishini e’lon qiladi.

 

Taraqqiyotning "O`zbek modeli" va uning o`ziga xos xususiyatlari. 

  • Mustaqillik yillarida huquqni muhofaza qilish organlari va milliy xavfsizlik tizimi ham yangi asosda yaratildi, mamlakatning chegaralari va suverenitetini himoya qilishga qodir bo‘lgan Qurolli Kuchlarimiz shakllantirildi. Shu bilan birga, tashqi aloqalarni ta’minlash uchun institutsional tuzilmalar - Tashqi ishlar vazirligiTashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki va boshqa ixtisoslashgan muassasalar shakllantirildi.

 O`zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yo`li. 

Milliy armiya mustaqillikning ajralmas ramzi va mustaqil davlatchilikning muhim institutidir. Ma’lumki, mustaqillikka erishgunga qadar, O‘zbekiston boshqa sobiq Sovet respublikalari singari o‘z Qurolli kuchlariga ega emas edi. Butun O‘rta Osiyoni qamrab olgan va katta strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Turkiston harbiy okrugining markazi Toshkentda joylashgan edi. Shuning uchun O‘zbekistonda suveren rivojlanishining dastlabki bosqichlaridan boshlab milliy armiyani tuzishga ustuvor ahamiyat berildi. 1991 yil sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish to‘g‘risida" gi qarori chiqdi va 1992 yil iyul oyidagi Farmon bilan u O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi deb nomlandi.Shundan buyon O‘zbekistonda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni sifatida nishonlanib kelmoqda

Qabul qilingan Milliy xavfsizlik kontsepsiyasi asosida, tez o‘zgaruvchan ijtimoiy-siyosiy vaziyatni, Markaziy Osiyo mintaqasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni har tomonlama tahlil qilish asosida, O‘zbekiston Qurolli kuchlarni qurish va tashkil etishning mutlaqo yangi prinsiplariga asoslangan armiyani isloh qilish bo‘yicha uzoq muddatli dastur ishlab chiqildi.


Yüklə 76,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin