"qurilish" fakulteti "qmbkich" kafedrasi “bog‘lovchi moddalar texnologiyasi“


Gips bog'lovchi moddalarning xossalari



Yüklə 36,85 Kb.
səhifə2/2
tarix27.12.2023
ölçüsü36,85 Kb.
#199250
1   2
3-M. 101-21 Majidova (1)

2.2. Gips bog'lovchi moddalarning xossalari
Gips bog‘lovchi moddalarning mustaxkamligi – tugridan-tugri unga qo‘shiladigan suv miqdoriga bog‘liqdir. Normal quyuqlikdagi gips xamirini olish uchun b- koʻrinishdagi gips 50-70%, a- koʻrinishdagi gips 30-45% suv talab qiladi.
Nazariy jixatdan esa gipsga 18,6% suv etarli hisoblanadi. Boglanmagan suv miqdorining kupligi uchun gips toshida g'ovaklik - 30-60% ni tashkil etadi.
Gips bog‘lovchi moddani qotishini sekinlashtirish uchun qo‘shiladigan suvga xayvon elimi yoki LST (lignosulfattexnicheskiy) qurish mumkin (gipsni ogirligidan 0,1-0,3% miqdorida). Bu qoʻshimcha moddalar gips zarrachalarining yuzasini koplab oladi va ularni suvda erishini sekinlashtiradi, shuni hisobiga gipsni qotishini xam sekinlashtiradi.
a - koʻrinishidagi gips bog‘lovchi moddalarni qotishini tezlashtirish uchun osh tuzi, natriy sulfat va hakozalar qurish mumkin (gipsni ogirligidan 0,2-3% miqdorida).
2.3. Gips bog'lovchi moddalarning qotishi va qo'llanilishi
Qotishi: Gidratlanish (qotish) - bu gips bog‘lovchi moddalarning suv bilan birikish jarayonidir. Bunda yarim molekulali suvli gips qaytadan kristall xolatdagi ikki suvli gipsga aylanadi:
CaSO4 * 0,5H2O + 1,5H2O = CaSO4 + 2H2O
Natijada, xosil bo‘lgan ikki suvli gipsni kristallari oʻzaro bir-biri bilan chirmashib ketadi, shuni hisobiga uning zichligi ortib boradi.
Akademik A.A.Baykovning nazariyasi bo‘yicha, gipsning qotishida asosan quyidagi fizik-kimyoviy jarayonlar ruy beradi.
Qotish jarayoni uch davrdan iboratdir: kalsiy sulfatni erishi, yangi kristallarni xosil boʻlishi, kristallarni yiriklanishi.
Gips zarrachalari gel deb ataluvchi elimsimon xolatga aylanadi. Natijada kolloid xolatdagi juda mayda zarrachalardan tashkil topgan gips xamiri xosil bo‘ladi va tez sur’atda kristallana boshlaydi. Ikki suvli gips zarrachalaridan usayotgan ignasimon kristallar oʻzaro zichlashadi va mustaxkam tutashgan kristallga aylanadi. Kolloid eritma xosil boʻlishi va uning kristallanish jarayoni yarim molekula suvli gipsning ikki molekula suvli gipsga toʻla aylanishiga qadar davom yetadi.
Gips bog‘lovchi moddani ishlatilishi uni kristallanish tezligiga juda katta bog‘liq. Gips bog‘lovchi moddani suv birikishi – bu ekzotermik (issiklik ajralib chikish) jarayondir.
Gips bog‘lovchi moddani suv bilan aralashtirilganda (gips suvga aralashtirish davomida sepiladi) okuvchan suyuk xamir xosil bo‘ladi, u tez quyuqlasha boshlaydi, lekin xali plastik xolatda bo‘ladi- bu gipsni quyuqlanishini boshlanganligini bildiradi; qotishini boshlanishi - bu gips bilan suvni aralashtirgan vaqtdan boshlab Vika asbobining xalqa idishiga solingan gips xamiriga botirilgan Vikani ignasi ostigacha 1 mm yetmay qolgan vaqtgacha davrdir; kotiini tugashi esa Vika asbobining ignasi bor –yugi 1 mm botgandagi davrdir.
Gips bog'lovchi moddalarning qo'llanilishi:
Gips bog‘lovchi moddalar parda devorlar, qurilishda juda kup ishlatiladigan girs plitalari (gips va yog‘och kipigidan ishlangan), «quruq suvok» deb ataladigan taxtalar (ikki kogoz orasiga kuyilgan gips taxta), devorbop bloklar, toki-ravok buyumlari ishlashda katta axamiyatga ega. Bundan tashkari gips bog‘lovchi moddalar bino devorlarining ichki tomonini suvashda, nakkoshlikda va bezak buyumlar tayyorlashda kup ishlatiladi.
Gips utga chidamli bo‘lganligi uchun, bundan binoni shamollatuvchi kurilmalar, lift kataklari va boshqalar tayyorlanadi.
Xulosa
Ushbu mavzuda gips bog'lovchi moddalarning xossalari haqida umumiy tushunchalar, gips bog'lovchi moddalarning qotishi, Gips bog'lovchi moddalarning qo'llanilish sohalari bo'yicha tushunchalar tatbiq qilindi va O'zbekistonda gips bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarish Buxoro va Fargona viloyatlarida yaxshi rivojlangan.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Qosimov I.K. Qurilish ashyolari. Darslik. Mexnat. T., 2004.
2. Maxmudova N.A. Bog‘lovchi moddalar. O’quv qo’llanma. TAQI, T., 2012.
3. Nuritdinov X.N., Qodirova D.SH. Bog‘lovchi moddalar va qurilish materiallarini tadqiq etish usullari. O’quv qo’llanma. TAQI, T.,2012.
4. Волженский А.В. Минеральные вяжущие вешества. М., Стройиздат.1979.
5. Maxmudova N.A. Bog‘lovchi moddalar T., TAQI, o‘quv qo‘llanma 2012-11
Yüklə 36,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin