4. Qurilish tashkilotining resurs saloxiyatidan foydalanish ko‘rsatkichlarini hisob-kitobi Qurilish tashkilotining resurs salohiyati mehnat resurslari, asosiy aktivlar, aylanma aktivlari va nomoddiy aktivlarni o‘z ichiga oladi.
Qurilish tashkilotining asosiy aktivlar bilan ta’minlanganlik darajasi quyidagi kursatkichlar bilan tafsivlanadi:
Ishlab chiqarishni fond bilan qurollanganligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Asosiy aktivlar jami aktivlarning 25 % tashkil etadi va (4) formulaga qo‘yib ishlaganimizda quydagicha aniqlanadi.
Mexnatni fond bilan qurollanganligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Mening variantim bo‘yicha Asosiy aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati ma’lum va ishlovchilarning o‘rtacha qiymati ham ma’lum (3 formulada ishchilarning o‘rtachasi topilgan) bo‘lganligi uchun quyidagicha (5) formulaga qo‘yib aniqlaymiz:
Ishlab chiqarishni va mexnatni mexanizatsiyalashganligi quyidagi formulalar orqali hisoblanadi:
Menga berilgan variantim bo‘yicha mashina va mexanizimlar xajmini asosiy aktivlarning o‘rtacha qiymatining 45% tashkil etadi. Yani 415500*0.45=186975 tashkil qiladi. Bizda demak xammasi ma’lum bo‘lganligi uchun (6) formulaga qo‘yib ishlaymiz.
Mexnatni mexanizasiyalashgan ko‘rsatkichini aniqlaymiz va quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Mustaqil ishida mashina va mexanizmlarni o‘rtacha yillik qiymati asosiy aktivlar qiymatidan 40 – 45% olinadi.
Asosiy aktivlardan foydalanishning umumlashtiruvchi ko‘rsatkichi bo‘lib fond qaytimi hisoblanadi va u yaratilgan mahsulot xajmini asosiy aktivlarni o‘rtacha kattaligiga nisbati bilan topiladi:
Bu yerda: FO – fond qaytimi,
– asosiy aktivlarni ma’lum davrdagi o‘rtachasi.
Bu yerda mexnat natijasidagi tushumni aniqlaymiz.
Vr=607590-562 020,75 = 45 569,25 ming so’m
Bizda xammasi ma’lum bo‘lganligi uchun (7) formulaga qo‘yib aniqlaymiz.
Fond qaytimi koeffitsientini o‘sishiga asosiy vositalarni nisbatan kichik vazni evaziga, hamda ularning texnik darajasini yuqoriligi hisobiga erishish mumkin.
Asosiy aktivlarni samaradorligini yana fond sig‘imi ko‘rsatkichi tavsiflaydi. U fond qaytimi ko‘rsatkichiga teskari ko‘rsatkichdir.
Fond sig‘imi ko‘rsatkichi qancha kichik bo‘lsa, yoki fond qaytimi qancha katta bo‘lsa, asosiy aktivlardan foydalanish samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Bizda xammasi ma’lum bo‘lganligi uchun (8) formulaga qo‘yib aniqlaymiz.
Aylanma aktivlarni asosiy aktivlardan farqi shundaki, ular tashkilotni ishlab chiqarish quvvatini aniqlamaydi. Ularni ro’li aylanma vositalar bilan ta’minlash bo‘lib, tashkilotning moliyaviy o‘rnini, moliyaviy holatini aniqlaydi.
Aylanma aktivlardan foydalanish ko‘rsatkichlari bo‘lib aylanuvchanlik koeffitsienti, ya’ni aylanish tezligi (martada, yilda necha marta aylanishi), bitta aylanishni davomiylik ko‘rsatkichi (kunda) va biriktirish koeffitsienti xizmat qiladi.