“Moliyaviy mustaxkamlik zaxirasi”, sotuvdan tushgan amaldagi tushum bilan ishlab chiqarishning kritik holatiga mos keluvchi tushum o‘rtasidagi farq asosida, yoki shu farqning tushumning amaldagi darajasiga bo‘lish orqali hisoblanadi. Moliyaviy mustaxkamlik zaxirasi, tashkilotning moliyaviy xolati uchun jiddiy zarar keltirmaydigan sotishdan tushgan tushumni qanchagacha pasaytirish mumkinlik darajasini ko‘rsatadi.
Xulosa Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kapital qurilishda shartnoma munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, tarmoqda bozor iqtisodiyoti tamoyillari va talablariga mos keladigan xo‘jalik munosabatlarini keng joriy etish, pudrat, loyiha ishlari va qurilish materiallarining rivojlangan bozorlarini shakllantirish, qurilishda narx belgilash mexanizmini takomillashtirish, loyihalarni amalga oshirishning pirovard natijalari va samaradorligi uchun investitsiya jarayoni barcha qatnashchilarining ma’suliyatini oshirish maqsadida iqtisodiy inqrozni oldini olish va yumshatish borasida dasturda keltirilgan bo‘limlardan kelib chiqqan holda har bir korxonada menejment samaradorligini oshirish maqsad qilib qo‘yildi.
Mustaqil ishida qilingan hisob kitoblarga ko‘ra, qurilish-montaj ishlarining ishlab chiqarish tannarxi 532625.3 so‘mni tashkil qildi. Ishlab chiqarishni fond bilan qurollanganlik so‘mni tashkil qildi, aktivlarning umumiy aylanuvchanlik koeyffitsenti 0.079 so‘mni tashkil qildi, jami aylanma kapital 254354.5 so‘mni tashkil qildi.
Kapital qurilishda boshqaruv va xo‘jalik munosabatlari tizimiga bozor tamoyillari hamda mexanizmlarini keng joriy etish, loyiha va qurilish ishlarini bajarishga buyurtmalar joylashtirish tanlov savdolari (tenderlar)ni tashkil etish darajasini oshirish va shuningdek ko‘pgina boshqa yo‘nalishlar belgilangan. Bundan ko‘rinib turibdiki hozirgi paytda qurilishda boshqaruv va ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirish zamon talabidir.
Jamiyatning kelgusidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun avvalo jamiyat tasarrufida qoladigan sof foyda ulushining oshirilishi zarur. Fikrimizcha, bunga quyidagilar orqali erishish mumkin:
- korxonani modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish;
- eskirgan asosiy vositalarni yangilash, yangi texnologiya jalb qilish va mahsulot sifatini yaxshilab eksportbob mahsulot ishlab chiqarish kerak;
- korxonada ishlab chiqarish zaxirasi va mehnat sarfidan kelib chiqib, qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish;
- korxonada ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish;
-kadrlar malakasini oshirish, kerakli mutaxasislarni tanlash va ma’muriy xarajatlarni kamaytirish kerak;
- korxona zamonaviy menejment usullaridan: tashkiliy, iqtisodiy, huquqiy usullarini aynan, jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozini yumshatishga moslashtirgan holda takomillashtirish;
-korxonada boshqaruv tizimini modivikatsiya qilish yoki qaytadan ko‘rib chiqish kerak;
- jamiyatni yuqori darajada unum bilan boshqarish uchun kommunikatsiya, marketing ta’minoti va qaror qabul qilish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi lozim;
-korxona qoshida bozorni o‘rganuvchi marketing xizmati bo‘limini tashkil etish, korxonaning hozirgi ahvolidan kelib chiqqan holda istiqboli biznes loyihalarni ishlab chiqish;
-jamiyat tasarrufidagi bo‘sh turgan asosiy fondlarning bir qismini lizing va ijara shartnomalari orqali harakatga tushirish lozim;
- jamiyatning obyektlarni topshirishda o‘zaro hisob-kitob ishlarini olib borishda zamonaviy hisob-kitob shakllaridan, masalan, faktoring xizmatlaridan foydalanish orqali rivojlantirish mumkin.
Foydanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.Davletiv I.X qurilish iqtisodiyoti o’quv qo’llanma 2019-yil
2.Isomuhanmedova Sh.A. Davletiv I.X va boshqalar qurilish iqtisodiyotida o’quv qo’llanma 2012-yil.
3. I. Verst, P. Raventou. Firma iqtisodiyoti. Darslik. M. “Vusshaya shkola”, 1994-yil.
4. O‘zbekiston Respublikasining “Korxonalar to‘g‘risida”gi +onuni. +onun va qarorlar. T., “O‘zbekiston”, 1992
5. N.A. Zaysev. Korxona sanoati iqtisodiyoti. M., “INFRA-M”, 1996
6. I. Verst, P. Raventou. Firma iqtisodiyoti. Darslik. M. “Vo‘sshaya shkola”, 1994
7. Korxonalar moliyasi. O‘quv qo‘llanmasi. Ye.I. Borodina muharrirligida mualliflar jamoasi tahriri, M., “YUNITA”, 1995
8. V.J. Dubrovskiy, B.I. Chaykin. Korxona (firma) iqtisodiyoti va boshqaruvi. Yekaterinburg, 1998.
9. Yu.A. Lvov, Iqtisodiyot va biznesni tashkillashtirish asoslari, Sankt-Peterburg, GMP “Formika”, 1992.
10. Stepanov P. S. “Ekonomika stroitelstva” M., “Yurayt”, 2005.
11. Maxmudov E.X. Kapital qurilish iqtisodiyoti. O‘quv qo‘llanma. T.: TDIU, 2009.
12. “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning muammolari va yechimlari”. Respublika ilmiy-amaliy anjumani natijalari bo‘yicha ilmiy to‘plam. T.: 2008y.
13. “Qurilishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari asosida ilmiy ishlar to‘plami / Toshkent sh., TAQI, 2011 yil
14. O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasining “1997-2010 yillar bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari” statistik to‘plamlari.
15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2009-2010 yillardagi ma’lumotlari.
16. www.gov.uz. (O‘zbeksiton Respublikasi hukumatining rasmiy sayti)
17. www.gkas.uz (O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi)
18. www.stat.uz (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi)
19. www.mf.uz O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi.
20. www.stroyinfo.uz (Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish Markazi sayti)