Hisoblangan rentabellik ko‘rsatkichlari o‘tgan yilning ko‘rsatkichlari bilan solishtiriladi, o‘xshash qurilish tashkilotlari yoki o‘rtacha tarmoq ko‘rsatkichlari bilan solishtiriladi.
8 Marjinal taxlil asosida qurilish tashkilotlari faoliyatining zarar ko‘rib ishlamasligini rejalashtirish. Muhim boshqaruv qarori bo‘lib, korxonaning to‘g‘ri asoslangan va o‘rnatilgan ishlab chiqarish dasturi hisoblanadi. U asosida qanday xajmlarda ishlab chiqarish rentabelli va qanday xajmlarda foyda bermasligini ko‘rsatadi.
Shu maqsadda quyidagilar hisoblanadi:
a) korxonaning doimiy xarajatlarini to‘liq qoplaydigan zararsiz sotish xajmi;
b) qurilish tashkilotining kerakli foyda miqdorini kafolatlaydigan qurilish mahsuloti sotish xajmi;
v) tashkilotning moliyaviy barqarorligi zaxirasi – korxonaning xavfsizlik xududi.
Zarar ko‘rmaslik tahlili asosida yotuvchi asosiy tamoyil bo‘lib, xarajatlar xolatini tavsiflash hisoblanadi.
Sotilgan maxsulot xajmi o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan quyidagi xarajatlar turi ajratib ko‘rsatiladi: doimiy xarajatlar va o‘zgaruvchan xarajatlar.
O‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqilgan mahsulot xajmi o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Ularga misol qilib materiallarga to‘g‘ri xarajatlar va mehnat haqiga to‘g‘ri xarajatlarni keltirish mumkin. Undan tashqari o‘zgaruvchan xarajatlarga yana stanoklar tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to’lovlar, ishlangan kishi-soatlar miqdoriga, ishchilarni soatbay ish haqiga proporsional ravishda. O‘zgaruvchan xarajatlarning xususiyati shundan iboratki, ishlab chiqarish xajmini o‘sishi bilan mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan o‘zgaruvchi xarajatlar o‘zgarmas qoladi. Doimiy xarajatlar – bunday xarajatlar ishlab chiqarish xajmiga bog‘liq bo‘lmaydi, ya’ni mahsulot xajmi o‘zgarishi bilan ular o‘zgarmaydi. Doimiy xarajatlarga misol qilib, boshqaruv personalining ish haqi, joy uchun ijara haqi va x.k. keltirish mumkin. Bunday xarajatlar vaqt o‘tishi davomida o‘sishi mumkin, lekin ular ishlab chiqarish xajmi o‘zgarishiga to‘g‘ri proporsional o‘zgarmaydi.
Doimiy xarajatlar qandaydir boshqa sabablarga ko‘ra o‘zgarishi mumkin. Misol uchun, boshqaruv qarorini mos ravishda ta’siri natijasida. Doimiy xarajatlarni o‘sishiga quyidagilar misol bo‘lishi mumkin: omborxonani qo’riqlash qiymati o‘sishi mumkin, agarda qo’riqchilarning ish xaqini oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa.
Doimiy xarajatlarning xususiyati shunday iboratki, agar ishlab chiqarish xajmini o‘ssa, bir mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan doimiy xarajatlar kamayadi.
Jami xarajatlarni doimiy va vaqtinchalikka bo‘lish qisqa vaqt uchun to‘g‘ri hisoblanadi.
Mahsulot sotuvidan tushgan tushum bilan xarajatlar va foyda o‘rtasidagi bog‘liqliq, tashkilotning foyda olmagan xolatdagi o‘zining doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarini qoplay olish xolatini ta’minlaydigan zarar bilan chiqmaydigan sotuv xajmini aniqlash imkonini beradi. Tushum xajmining kritik (zarar kurmaslik) xolatdan pasayishi, faoliyatni zarar bilan chiqishiga va aksincha tushum xajmini o‘sishi, hisoblash uchun qabul qilingan boshqa berilgan ma’lumotlar miqdori o‘zgarmagan xolatda, foydani o‘sishiga olib keladi.Mahsulot sotish xajmining kritik xolati quyidagi formula asosida aniqlanadi:
- qurilish tashkilotining tahlil qilinayotgan davrdagi foydasi. Bizning korxonamizda 2400 ming so’m.
Bizda xammasi ma’lum bo‘lganligi uchun quyidagi (19) formulaga qo‘yib aniqlaymiz.Marjinal daromad balans foyda va doimiy xarajat yig‘indisidan tashkil topadi.
Bir qator chet el mualliflar ishlab chiqarish xajmining kritik xolatini rentabellik chegarasi deb atashadi. Uni hisoblash korxonaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash nuqtai-nazaridan ko‘rib chiqiladi. Ishlab chiqarishni amaldagi xajmi bilan kritik holat o‘rtasidagi farq qancha katta bo‘lsa, tashkilotning “moliyaviy mustaxkamligi” shuncha yuqori bo‘ladi. Bundan esa uning moliyaviy barqarorligi kelib chiqadi.