Qurilish konstruktsiyalarini loyihalashda komp`yuter texnologiyalari
“Bino-inshootlar arxitekturasi va qurilishi” kafedrasi o`qituvchisi Po’latov Mirkamol Rasuljonovich
8-ma’ruza
LIR-ARM sistemasida temirbeton konstruktsiyalari kesimini loyihalash
Mavzu:
Reja
- Material tayinlash.
- Element turini tayinlash.
- Konstruktiv elementlar tayinlash.
- Armaturalash hisobi va armatura tanlash natijasini ko’rish.
- Armaturalash modulining qisqacha ifodalanishi.
Bikrlik turlarini shakllantirish. Hisoblashni bajarish uchun elementlarning bikrlik ko’rsatkichlari berilishi kerak. Ularning soni chekli elementlar tipiga bog’liq. Bu ko’rsatkichlarga quyidagilar kiradi: ko’ndalang kesim yuzalari, kesim inertsiya momentlari, plita va qobiq elementlari qalinliklari, elastiklik va siljish modullari, elastik zamin qayishqoqlik koeffitsientlari.
Bikrlik harakteristikalari kiritilishining umumiy sxemasi quyidagicha:
bikrlik harakteristikalarining qiymatlari kiritiladi. Har bitta harakteristikalar jamlanmasini bikrlik tipi yoki bikrlik deyiladi. Har bitta bikrlik turiga tartib raqami beriladi;
bikrlik turlaridan biri joriy deb e’lon qilinadi;
joriy bikrlik tayinlanishi kerak bo’lgan elementlar belgilab olinadi;
Naznachitь tugmasi orqali belgilangan elementlarga joriy tipdagi bikrlik harakteristikalari tayinlanadi.
Sterjen elementlari uchun bikrlik harakteristikalari quyidagi usullardan biri orqali berilishi mumkin:
massiv kesim shakli bilan shartlangan tartibdagi (xususan, betonli) harakteristikalar;
quyidagi tartibdagi sonli harakteristikalar:
EF – bo’ylama bikrlik;
EJy - Y1 o’qiga nisbatan egilishga bo’lgan bikrlik;
EJz - Z1 o’qiga nisbatan egilishga bo’lgan bikrlik;
GJk – buralishga bo’lgan bikrlik;
GFy - Y1 o’qiga nisbatan siljituvchi bikrlik (Z1 o’qi bo’ylab);
GFz - Z1 o’qiga nisbatan siljituvchi bikrlik (Y1 o’qi bo’ylab).
Bu harakteristikalarning soni chekli elementlarning turiga bog’liq:
CHekli element turi
|
Kiritiladigan bikrliklar
|
1
|
EF
|
2
|
EF, EJy
|
3
|
EJy, GJk
|
4
|
EF
|
5,6
|
EF, EJy, EJz, GJk, GFy , GFz
|
po’lat profil va po’lat prokat namuna kesimlari bazasidan olingan, ularning kombinatsiyalari xarakteristikalari;
LIR-KS (kesimlar konstruktori) sistemasi yordamida hisoblanadigan nostandart kesim xarakteristikalari;
Ulardan tashqari quyidagi xarakteristikalar ham kiritilishi mumkin:
mahalliy koordinata sistemalari bo’yicha bikr kiritmalar;
kesimning yadro masofalari – har bir inertsiya o’qlari uchun ikkitadan son;
sonli xarakteristikalarni kiritish;
sof burilish burchagi kattaligi;
A, S1, S2 elastik zamin ko’rsatkichlari, bu yerda A- kesim eni yoki balandligi; S1 va S2 – Pasternak modeli bo’yicha qayishqoqlik koeffitsienti.
bikrlik matritsalarini tuzishda siljishni hisobga oluvchi belgi.
Ilovadagi 1-jadvalga muvofiq po’lat prokat kesimlar bazasi yordamida berilgan kesim uchun bikirlik xarakteristikalari avtomatik ravishda hisoblanadi.
Agar sterjen kesimining bikrlik xarakteristikalari sonli ravishda berilgan va bunda hisobiy zo’riqishlar jamlanmasi hisobini bajarish zarur bo’lsa, unda albatta yadro masofalari o’lchamlari berilishi shart.
Yassi chekli elementlar uchun quyidagi xarakteristikalar kiritiladi: E (elastiklik moduli, ν (Puasson koeffitsienti) va δ (element qalinligi). Hajmiy chekli element uchun E va ν lar beriladi.
Dostları ilə paylaş: |