YaIM dagi ulushi
O‘sish sur’ati
1.1-rasm. Qurilish sanoatining o‘sish sur’ati va uning YaIMdagi ulushi dinamikasi.
1
Qurilish sanoatidagi o‘sish, birinchi navbatda, iqtisodiyotni modernizatsiya
qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar uchun kapital qo‘yilmalar hajmining
ortishi bilan bog‘liq. Xususan, O‘zbekistonda 2019 yilda iqtisodiy va ijtimoiy
sohalarni rivojlantirish uchun jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 21,5 mlrd.
AQSH doll. yoki 2018 yilga nisbatan 133,9 % asosiy kapitalga investitsiyalar
1
Manba Statistik ma’lumotlari asosida tayyorlandi
8
o‘zlashtirildi. Bu esa, o‘z navbatida, qurilish ishlari va qurilishi materiallari ishlab
chiqarish hajmini ko‘paytirishga olib keldi.
Ma’lumki, pandemiyaning tarqalishi ortidan butun dunyo davlatlari iqtisodiy
inqirozga yuz tutmoqda. Global hamjamiyatning bir bo‘g‘ini sifatida global
inqirozning salbiy ta’siri O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmaydi. Xalqaro valyuta
jamg‘armasining ma’lum qilishicha, pandemiya natijasida global iqtisodiyot bu yil
3,0 foizga pastlashi kutilmoqda.
Jahon banki Xalqaro valyuta fondi
2020
2021
1.2-rasm. O‘zbekiston 2020-2021 yillar uchun iqtisodiy o‘sish pragnozlari.
Shuningdek, dunyoning 170 dan ortiq mamlakatlari iqtisodiyotida pasayish
sodir bo‘ladi. Mana shunday ko‘lamdagi inqirozning sodir bo‘lishiga qaramay,
xalqaro moliyaviy tashkilotlar 2020 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotida past bo‘lsada
o‘sish kuzatilishini prognoz qilmoqda (1.2-rasm). Keyingi yilda esa iqtisodiy o‘sish
o‘zining inqirozdan oldingi trendiga qaytadi.
Bunday ijobiy ko‘rsatkichlarga erishishda hukumat tomonidan ishlab chiqilgan
inqirozga qarshi choralarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi talab etiladi.
Shu maqsadda, hukumat tomonidan qurlish sohasiga inqirozning salbiy ta’sirini
yumshatuvchi va iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi asosiy soha sifatida qaralmoqda.
9
Qurilish sanoati iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish borasida katta
imkoniyatlarga ega bo‘lgan sohalardan biri hisoblanadi. Boisi, qurilish sohasi
ko‘plab sanoat tarmoqlari uchun talab yaratadi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar
markazining hisob-kitoblariga ko‘ra, qurilish sohasining iqtisodiyot uchun
multiplikator effekti 1,8 ga teng. Ya’ni, qurilish sohasiga kiritilgan 1 birlik
investitsiya yalpi ishlab chiqarish hajmining 1,8 ga ko‘paytiradi. Shuningdek, bu
sohada 1 325 ming nafar aholi ish bilan band.
Iqtisodiy faollikning pasayishi qurilish ishlarini kamaytirishi, bu esa, o‘z
navbatida, qurilish materiallariga bo‘lgan talabni pasayishiga va ishsizlik miqdorini
ko‘payishiga olib keladi. Shu sababli, karantin davrida qurilish hajmlari
kamayishiga yo‘l qo‘ymaslik va sohani qo‘llab-quvvatlash maqsadida, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz
holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi
navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 5969-sonli farmoni bilan qurilish sohasiga
qo‘shimcha 3,6 trillion so‘m mablag‘ ajratildi.
Shuningdek, inqiroz sharoitida uy-joy qurilishini rag‘batlantirish va aholining
uyga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida qo‘shimcha chora tadbilar amalga
oshirish belgilandi. Xususan:
•
- Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan
xususiy pudrat tashkilotlariga kreditlarning foiz xarajatlarini qisman qoplash va
kredit summasining 50 foizigacha kafolat berish mexanizmi joriy etildi;
•
- yangi tartib asosida berilayotgan ipoteka kreditlari muddati 15 yildan 20
yilga uzaytiriladi va shu orqali ipotekaga olingan uy-joyning oylik to‘lovi miqdori
kamaytirildi;
•
- uy sotib olish uchun beriladigan ipoteka kreditining eng yuqori chegarasini
qayta ko‘rib chiqiladi, bozor talablari asosida ko‘paytirildi.
Qurilish ishlarini ko‘paytirish qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini
ham oshirishni taqozo etadi. Shu maqsadda, quyidagi ishlarni amalga oshirish
belgilandi:
10
•
import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish.
Bunda DSP (maydalangan yog‘och qirindining yelim bilan birga prislangan yaxlit
bir list material) ishlab chiqarish 1,5 martaga, santexnika va gazobeton bloklarni 2
martaga, gulqog‘ozni 3 martaga oshirilsa, keramik plitalar ishlab chiqarish esa 18
million kvadrat metrga yetkaziladi. Shuningdek, “Kvars” korxonasida yiliga 22
million kvadrat metr oyna ishlab chiqarish loyihasi ham kutilmoqda.
•
pandemiya davrida sementni eksport qilishdagi cheklovlar bekor qilinadi,
qurilish materiallarini eksport qilishda “O‘zbekiston temir yo‘llari” tomonidan
yukni tashish jarayonida chegirmalar berilishi masalasi ham ko‘rib chiqiladi;
•
275 ta istiqbolli kon o‘zlashtiriladi. Xususan, joriy yil aprel-may oylarida
G‘ozg‘onda 52 million dollarlik 14 ta loyiha ishga tushirilsa, Sharg‘unda gips,
Chimboyda keramzit, Paxtachida granit kabi materiallarni o‘zlashtirish
jadallashtiriladi;
•
energiya tejamkor qurilish materiallari ishlab chiqarishda 7 ta loyihani ishga
tushirish orqali, gazobeton blok ishlab chiqarishni 1 350 ming kub metrga, bazalt
plitalar 73 ming tonnaga, oyna ishlab chiqarish esa 40 million kvadrat metrga
yetkaziladi.
Qurilish kompleksining yuqori rivojlangan moddiy texnik bazasi uch
bo‘limdan tashkil topadi: qurilish montaj, sanoat-ishlab chiqarish va infrastruktura
bo‘limlar.
Qurilish-montaj bo‘limiga kerakli mehnat vositalari va qurollariga ega bo‘lgan
umumqurilish va maxsuslashgan qurilish montaj tashkilotlari kiradi. Bu bo‘lim
tayyor qurilish mahsulot chiqishini ta’minlaydi va bu bilan qurilish ishlab chiqarish
siklini yakunlaydi.
Sanoat – ishlab chiqarish bo‘limi butun qurilish tarmog‘ini va xususan moddiy-
texnik bazasining jadval rivojlanishining asosini tashkil etadi. Bu bo‘lim qurilish
ishlab chiqarishga kerakli moddiy resurslar qurilish buyumlari, materiallari va
konstruksiyalari bilan ta’minlaydi.
Infrastruktura bo‘lim yuqoridagi ikki bo‘limining normal faoliyatini
ta’minlaydi.
11
Bu bo‘limga quyidagi ikki tur faoliyati harakterlidir:
- injener va transport tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish; qurilish ishlab
chiqarish – texnologik ta’minoti; mashina va mexanizmlarning ta’miri va
qo‘llanilishi;
- ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish ya’ni, kerakli maishiy – ijtimoiy sharoitlarni
yaratish, ishchilarni kasbiy tayyorgarligi, injener texnik xodimlarining malakasini
oshirish kabi ishlar.
Sanoat ishlab chiqarish bo‘limining strukturasini to‘laroq ko‘rib chiqamiz. Bu
bo‘lim asosan ikki tarmoqdan tashkil topadi: “Qurilish materiallari” va “Qurilish
buyumlari va konstruksiyalari” sanoati. Buning tarkibi 1.1 va 1.2 jadvallarda
ko‘rsatilgan. Bu jadvallardan qurilish sanoati murakkab ko‘p tarmoqli xususiyatga
ega ekanligi ko‘rinib turibdi. Kapital qurilishda bu tarmoqlarning 76% dan ko‘proq
mahsuloti iste’mol qilinadi.
Qurilish sanoati uni boshqa tomonlardan farq qildiruvchi qator texnik-iqtisodiy
xususiyatlarga ega.
Birinchi xususiyati shundan iboratki, qurilish industriyasi sanoati bir tomondan
qurilish ishlab chiqarishning industrilizatsiya asosi bo‘lsa, ikkinchi tomondan
iqtisodiyotda asosiy fondlarning yangilanish protsessini tezlatuvchi, yirik
mashinasozlik sanoatining o‘sishini ta’minlovchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Ikkinchi xususiyati, qurilish sanoatining tayyor mahsuloti kapital qurilish
tarafidan iste’mol qilinadi.
Uchinchi xususiyati qurilish sanoatida keng tarmoqlararo va tarmoqchi
aloqalarning mavjudligi. Qurilish buyumlari va konstruksiyalari sanoati va boshqa
tarmoq (qora va rangli metallurgiya, ximiya, o‘rmon xo‘jaligi va h.k.) mahsulotlari
keng ko‘lamda qo‘llaniladi va kooperatsiyalashadi.
To‘rtinchi xususiyati, qurilish buyumlari va konstruksiya sanoatini mahsuloti
ko‘p miqdorda material sarfi, yonilg‘i, energiya va mehnat sarfi bilan hamda
transport harajatlari ko‘p talab qilinishi bilan harakterlanadi.
Shu
bilan
birga
“Qizilqumsement”
AJ,
“Bekobodsement”
AJ,
“Surxonsementinvest” MChJ QK va “Farg‘ona Yasin qurilish mollari” MChJ
12
QKlarida qo‘shimcha yangi quvvatlar yaratiladi. E’tiborli jihati shundaki, yangi
sement zavodlari energiya tejamkor, muqobil energiya manbaida ham ishlaydigan,
ekologiyaga ta’siri kam bo‘lgan texnologiyalar bilan jihozlanmoqda.
Keyingi yillarda sohani isloh qilish, korxonalar samaradorligi va salohiyatini
oshirish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Tarmoqdagi har bir korxona
faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, mahsulotlar sifatini oshirish, energiya tejamkor,
innovatsion qurilish materiallari ishlab chiqarish hisobiga tannarxni pasaytirish
bo‘yicha topshiriq berildi. Korxonalarda “raqamli texnologiyalar”ni qo‘llash, inson
hayoti uchun xavfli jarayonlarda avtomatizatsiya darajasida oshirildi. Qurilish
materiallari sohasida yangi yo‘nalishlar rivojlantirilib, bunga xorijiy investorlar
keng jalb qilindi. Yetakchi xorijiy davlatlar qurilish sohasining rivojlanish
tendensiyasidan kelib chiqib, yangi qurilish materiallarini o‘zlashtirish va sohaga
innovatsiyani jalb qilishga alohida e’tibor qaratildi.
Yildan-yilga qurilish materiallariga bo‘lgan talabning ortib borishini inobatga
olib, joriy yilda arxitektura-qurilish oynasini 23 mln kv.m, sementni 14,5 mln,
keramik plitkani 32 mln kv.m, sanitar-texnik buyumlarni 650 ming dona, issiqlik
izolyatsiyasi materiallarini 67 tonna, 2,6 mln o‘ram, gazobeton bloklarini 1 mln kub
m.ga yetkazish rejalashtirilgan.
Yana bir narsani alohida ta’kidlash lozim, Joriy yilda mamlakatimizda shu
kungacha ishlab chiqarilmagan: gazobeton bloklari, oboy, keramogranit, quyma pol,
600 markali sement, geosetka, penoblok, shisha kristallit, kompozit qurilish
materiallari va DSP ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Yurtimizning drayver sohalaridan
biri bo‘lgan sanoat qurilish mahsulotlari sohasining bugungi kundagi tendensiyalari,
uning O‘zbekiston iqtisodiyotida tutgan o‘rni ham katta.
Shu bois mazkur yo‘nalishdagi izlanishlar va rivojlanishlar jarayonlarini
davomiy tarzda amalga oshirish ham katta vazifa va mas’uliyat hisoblanadi.
13
1.1- jadval
Dostları ilə paylaş: |