22
Afsuski, bozor sharoitlarida "samaradorlik'" tushunchasi garchi, daromad olish,
harajatlarni kamaytirish, mehnat samaradorligining o‘sishi, fond qaytimi, rentabellik
va hokazolar samaradorlik tabiatiga mos kelib, bozor iqtisodiyoti
talablariga zid
kelmasada, baho, foyda, daromad, harajat kabi tushunchalarga qaraganda kam
qo‘llanilmokda. Samarali ishlash degani o‘z mohiyatiga ko‘ra, mo‘ljallangan foy-
dani olish, noishlab chiqarish harajatlari va yuqotishlarni kamaytirish, ishlab
chiqarish quvvatlari va ishchi kuchidan yaxshirok foydalanish, mehnat
samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini yaxshilashni
anglatadi.
"Samara",
"samapadorlik",
ijtimoiy-iqtisodiy
samaradorlik
kabi
tushunchalarning orasidagi farqini anglab olish zarur.
Samara ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat),
foyda va daromad
hajmini oshirish, mahsulot tannarxini va sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishni
kamaytirish yoki umuman, yuq qilish bilan bog‘liq bo‘lgan korxona faoliyatining
ijobiy natijalari.
Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat jihatlarini tavsiflovchi
tushuncha.
Samaradorlik chora sifatida ko‘plab texnik iqtisodiy loyiha va xo‘jalik
qarorlarini avvaldan belgilab beradi Korxona o‘zining xo‘jalik
ilmiy-texnik va
investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi.
Iqtisodiy samaradorlik samaradorlikka qaraganda bir muncha tor manoni
anglatadi. U qabul qilinayotgan qarorlarning xo‘jalik yuritishda maqsadga
muvofiqligini tavsiflaydi hamda barcha xollarda samaraning unga erishish uchun
ketgan harajatlarga nisbati sifatida aniqlanadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarish
samaradorligini kuchaytirish korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi.
Ishlab chiqarish samaradorligi ijtimoiy samaradorlikka nisbatan birlamchi
hisoblanadi, iqtisodiy yutuklar korxonaning ijtimoiy
muammolarini hal qilishga
yordamlashadi. Masalan, foydaning o‘sishi jamg‘armalarning ortishi korxonaga
ijtimoiy vazifalar doirasini kengaytirish va ularni hal qilish imkonini beradi.
23
Biroq samaradaorlik va uning asosiy ko‘rsatkichi foyda o‘z-o‘zidan avtomatik
ravishda yuzaga kelmaydi. Turli korxonalarda samaradorlikka erishish uchun
mavjud ishlab chiqarish kuvvatlari va boshqa xususiyatlardan kelib chiqqan holda
turli vosita va yo‘llardan foydalaniladi. Bunda vaqt omili ya’ni samaradorlikka qisqa
yoki uzoq muddatlarda erishishni mo‘ljallash asosiy o‘rinlardan birini o‘ynaydi.
Masalan, korxona olayotgan foydasini qisqa vaqt mobaynida mahsulot sifatini
yaxshilashni mablag‘ bilan taminlash.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xo‘jalik yuritishning bozor tizimi
hamda har qanday davrning muhim talabi. Samaradorlik
istalgan korxonaning
iqtisodiy barqarorligi va faoliyat yuritish qobiliyatini aks ettiradi. Har qanday ishda,
jumladan, korxonalar faoliyatida samaradorlikning, ijobiy natijalarining mavjud
bo‘lmasligini, yo‘qotish bilan izohlash mumkin.
Fan
texnika
taraqqiyoti
korxonalarning
ishlab
chiqarish
faoliyati
samaradorligini oshirish muhim omil bo‘lib kelgan va hozirda o‘z ahamiyatini
yo‘qotmagan. Mazkur omilda quyidagi yo‘llar bilan foydalanish mumkin:
-asosiy texnologik jarayonlar;
-jadvalli mehnat hamda resurslarni tejashga yo‘naltirilgan texnologik
jarayonlarni amaliyotga kiritish va ulardan keng foydalanish;
-xomashyo materiallar (mehnat predmetlari) zamonaviy turlarini yaratish va
ulardan foydalanish;
-ishlab
chiqarishni tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish jarayonlarida
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish;
- ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil qilish.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning samarali ishlashiga turli omillar
o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Barcha omillarni yo‘nalishiga ko‘ra ikki guruhga ajratish
mumkin: ijobiy va salbiy. Paydo bo‘ladigan joyiga ko‘ra omillar ichki va tashqi
guruhlarga ajratiladi.
Korxona faoliyati bog‘liq bo‘lgan ichki omillarga: rahbar shaxsi va bozor
iqtisodiyoti sharoitida uning korxonani
boshqarish qobiliyati; korxonaning
investitsion va innovatsion siyosati; ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish va
24
korxonani boshqarishni takomillashtirish; jamoada qulay ijtimoiy-psixologik
iqlimni yaratish va b. kiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning samarali ishlashi tashqi omillarga
bevosita bog‘liq bo‘lib, ularni quyidagi sinflarga ajratish mumkin:
- ichki va tashqi bozordagi narh-navo o‘zgarishi.
Asosan talab va takliflar
hamda narh-navoning beqarorligida namoyon bo‘ladi;
- mamlakat ichkarisida va xalqaro ko‘lamda siyosiy vaziyatning o‘zgarishi;
- inflatsiya jarayonlari bilan bog‘liq omillar;
- davlat faoliyati bilan bog‘liq omillar
Zamonaviy sharoitlarda korxonaning samarali faoliyati aynan davlatga
bog‘liq. Bu avvalambor, taraqqiy etgan bozor va undagi huquqiy asoslarni yaratish,
mamalakatdagi zarur qonunchilik tartibini o‘rnatish va milliy xavfsizlikni
ta’minlash, raqobatbardoshlikni himoya qilish, xo‘jalik qonunchiligini ishlab
chiqish va tashkil etishdan iboratdir. Shuni alohida ta’kidlash joiz-ki, bozor
iqtisodiyoti
sharoitida, kuchli raqobatbardoshlik muhiti mavjudligida korxonalar
ishlab chiqarish va tijorat faoliyatlari bilan bog‘liq xavfli tavakkalchilik holatlari
bilan to‘qnashadi. Xavflarning mavjudligi ishlab chiqarish korxonalarni moliyaviy
va moddiy resurslarni tejash, yangi loyihalar, samarali tijorat kelishuvlarini doimo
axtarishga majbur qiladi. Shunday qilib, xavf va tahdidlarning mavjudligi doimiy va
kuchli ta’sir etuvchi korxonaning samarali faoliyat yuritish omillaridan biri bo‘lib
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: