Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/73
tarix24.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#134822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73
Qurish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti

Korxonaning asosiy jihatlari. 
 
Qurilish sanoati korxonalarining quyidagi asosiy jihatlari mavjud: 
Ishlab-chiqarish va texnik jihatdan yagonaligi - tayyorlanadigan mahsulot va 
ishlab chiqarish jarayonlarining umumiyligi bilan belgilanadi.


17 
Mazkur holat korxonaning barcha bo‘linmalarining o‘zaro bog‘liqligi va teng 
nisbatga ega ekanligi bilan belgilanadi. Korxonalarning ishlab chiqarish va texnik 
jihatdan yagonaligini belgilovchi asosiy omil – uning tarkibida umumiy, xizmat 
ko‘rsatuvchi va asosiy ishlab chiqarishning, kadrlarning turli kasbiy tarkibining 
hamda xomashyo, material va yarimtayyor mahsulotlarning mavjudligidadir.
Iqtisodiy jihatdan yagonaligi – korxonaning barcha bo‘linmalari yagona 
ishlab chiqarish rejasi asosida harakatlanishi, umumiy moddiy, texnik va moliyaviy 
resurslarga, umumiy hisob raqami, tugallangan hisobga olish va hisobot topshirish 
tizimiga, korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatining umumiy iqtisodiy 
natijalariga – daromadga, rentabellik, banklar va iste’molchilar bilan umumiy 
moliyaviy munosabatlarga ega ekanligi bilan belgilanadi. 
Tashkiliy jihatdan yagonaligi – shaxsiy va ishlab chiqarish qiziqishlariga 
ko‘ra 
birlashgan, 
yagona 
ma’muriy-texnik rahbariyat va boshqaruvga 
bo‘ysunadigan insonlar jamoasidan iboratligi bilan ta’minlanadi. Korxona yagona 
rahbar tomonidan boshqariladi, jamoatchilik tashkilotlari va mehnat jamoasi ishlab 
chiqarish va texnik masalalarni hal etishda qatnashadilar. 
1.3 . Korxona faoliyatining omillari 
To‘liq mustaqil faoliyat yuritish tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
korxona o‘zining faoliyatini mustaqil amalga oshiradi. Korxonaning o‘zi tashkiliy-
huquqiy shaklni, mahsulot ishlab chiqarish hajmi va assortimentini, hamkorlik 
qiladigan kontragentlarini, mehnatga haq to‘lash, narh-navoni belgilash, olingan 
daromadni taqsimlash masalalarini hal qiladi. Korxona tomonidan ishlab chiqarish, 
ijtimoiy faoliyatini amalga oshirish va ish haqi to‘lash jamoa tomonidan ishlab 
topilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. Mahsulotlarni sotishdan olingan 
mablag‘lar hisobiga korxona moddiy harajatlarini qoplaydi. Bunda daromad yoki 
foyda korxona xo‘jalik faoliyatining umumlashtirilgan ko‘rsatkichi bo‘lib 
hisoblanadi. Foyda yoki daromad ikki qismga bo‘linadi.


18 
Birinchi qism mehnat jamoasi tomonidan budjet, bank va boshqa tashkilotlar 
oldidagi majburiyatlarni bajarish uchun ishlatiladi. Ikkinchi qismi korxonaning 
faoliyat yuritishida foydalaniladi, mehnatga haq to‘lash uchun turli fondlar tashkil 
etiladi, ishlab chiqarishni rivojlantirishga xizmat qiladigan fondlar va zahira fondlari 
yaratiladi. Demak, jamoa qanchalik yaxshi ishlasa, korxona ko‘proq daromad oladi, 
korxona ishchilarining ham turmush farovonligi ortadi.
Qonuniylik va to‘liq ma’suliyat tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
korxona mustaqil faoliyat yuritish asnosida o‘zining xo‘jalik faoliyati natijalari 
uchun to‘liq moddiy javobgarlikka ega bo‘ladi. Korxona qonunchilik tomonidan 
ko‘zda tutilgan shartnoma, kredit, soliq majburiyatlari va boshqa turdagi 
qoidalarning buzilishi uchun javob beradi. Korxona o‘z tashabbusi bilan barcha 
qarorlarni qabul qilish huquqiga ega, agar mazkur qarorlar mavjud qonunchilikka 
zid kelmasa. Korxona davlat standartlari va qurilish me’yorlari talablariga mos 
tarzda ma’lum sifatga ega bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishi lozim. Korxona 
fuqarolar huquqlarini bajarishga, qabul qilingan majburiyatlarni bajarishga, ishlab 
chiqarish va mehnat intizomini ta’minrlashga to‘liq ma’suldir. Korxona faoliyati 
boshqa korxona va tashkilotlarning me’yorda ko‘zda tutilgan ish sharoitlariga va 
fuqarolar hayot sharoitiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasligi lozim.  
O‘z-o‘zini boshqarish tamoyili – mehnat jamoasi yoki korxona rahbari 
tomonidan barcha asosiy ishlab chiqarish, texnik, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga 
doir masalalarni mustaqil yechishni ko‘zda tutadi. Har bir ishchi, korxona mulkdori 
hayotining farovonligi, korxona oladigan daromad darajasi qabul qilingan 
qarorlarning to‘g‘riligi, asoslanganligi va o‘z vaqtida amalga oshirishiga to‘g‘ridan 
to‘g‘ri bog‘liq
Texnologik maxsuslashganlik turli texnologik jarayonlarda turli mahsulot 
(buyum, konstruksiya) ishlab chiqarilib, maxsuslashganlikning bunday turi turli 
beton qorishmalari ishlab chiqarish, sun’iy yengil to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish va 
hokazolarga xosdir. 


19 
Mahsulot turiga ko‘ra korxonalarning maxsuslashganligi buyumli va 
predmetli maxsuslashganliklarga bo‘linadi. 
Buyumli maxsuslashganlikda turli xil texnologik jarayonlar mavjudligida 
belgilangan alohida tur buyumlari keng ko‘lamda ishlab chiqarilishi tushuniladi. 
Bunday tur maxsuslashganlik asbosement, yog‘och qayta ishlash, yig‘ma temir-
beton korxonalariga ko‘proq xos, chunki bu korxonalar alohida detall, yarim tayyor 
mahsulot, materiallar ishlab chiqarishga maxsuslashgan (masalan, mineral plitalar, 
alohida tur duradgorlik mahsulotlari). 
Predmetli maxsuslashganlik, yagona tip binolarni yig‘ish imkonini beradigan 
komplekt mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga xos. Bunda bu korxonalar 
ichida texnologik yoki buyumli maxsuslashganlikka asoslashgan alohida sex yoki 
bo‘limlar mavjud bo‘lishi mumkin. Masalan, predmetli maxsuslashganlikga uy-joy 
qurilish kombinatlari kiradi. Bu korxona mahsulotlari turli binolarni yig‘ish 
imkonini beradi. Buyumli maxsuslashganlikni predmetli maxsuslashganlikdan farqi 
shundaki, buyumli maxsuslashgan korxonalar keng miqdorda belgilanmagan 
haridorga mahsulot chiqaradi, predmetli maxsuslashgan korxonalar esa ma’lum bir 
ob’yektni yig‘ish uchun to‘plam mahsulotlar turlarini ishlab chiqaradi. 
Kombinatlashganlik 
deb, 
texnologik 
jarayonlarning 
xomashyo 
va 
chiqindilarning umumiyligiga hamda hududiy yaqinlikka ega bo‘lgan mahsulot 
ishlab chiqarishni birlashtirilishiga aytiladi. Birlashish harakteriga qarab, qurilish 
materiallari, buyumlari va konstruksiyalari ishlab chiqarishda kombinatlashganlik 
asosan uchta ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: xomashyoni ketma-ket qayta ishlash 
bo‘yicha, ishlab chiqilgan chiqindilarni qo‘llash bo‘yicha va xomashyoni kompleks 
qayta ishlash bo‘yicha. 
Xomashyoni ketma-ket qayta ishlash bo‘yicha kombinatlashganlik asosan 
uysozlik kombinatlariga, zavod qurish kombinatlari va qishloq qurish 
kombinatlariga xos. Bu birlashmalar tarkibida yarim tayyor mahsulot ishlab 
chiqarish, buyum va konstruksiya ishlab chiqarish, qurilish montaj va ishlab 
chiqarish ta’minot korxonalari mavjud. 


20 
Chiqindilarni qo‘llash bo‘yicha kooperatsiyalashganlikda bir korxonadagi 
ishlab chiqarish chiqindilarini xomashyo sifatida qo‘llanilib tayyor mahsulot ishlab 
chiqarish asosida birlashadilar. Masalan, metallurgiya kombinatlarining asosi ishlab 
chiqarishi metall prokati bo‘lsa, ishlab chiqarish natijasida chiqindi – shlak hosil 
bo‘ladi. Shuning uchun ko‘pgina metallurgiya kombinatlari ichida shlak asosida 
mahsulot (sement, shlak to‘ldiruvchi, pemza, mineral paxta va h.k. ) ishlab 
chiqaruvchilar mavjud. 
Xomashyoni kompleks qayta ishlash bo‘yicha kombinatlashganlik qurilish 
materiallari, buyumlari va konstruksiyalari ishlab chiqarishda keng tarqalgan. 
Masalan, yog‘ochni qayta ishlash kombinatlarida, yog‘och kesish, duradgorlik 
mahsulotlari, mebelsozlik, faner, va dsp ishlab chiqarish korxonalari mavjud. 
Ishlab chiqarish hajmiga ko‘ra qurilish korxonalari ishlab chiqarish darajasiga 
qarab, mayda, o‘rta va yirik korxonalarga bo‘linadilar. Masalan, yig‘ma beton va 
temir-beton buyum va konstruksiyalar ishlab chiqarishda yiliga 50 ming m
3
dan 
ko‘proq mahsulot ishlab chiqarish korxonalari yirik hisoblanadi. O‘rta korxonalarga 
20-50 ming m
3
, kichik korxonalarga 20 ming m
3
dan oz mahsulot ishlab chiqaruvchi 
korxonalar kiradi. 
Konsentratsiya harakteriga qarab korxonalar bir yagona sistemaga, yirik 
mexanizatsiyalashgan va avtomatazatsiyalashgan ishlab chiqarishni tashkil etilishi 
asosiga ko‘ra saralanadi. 
Texnologik va agregat konsentratsiya, qismli yoki predmetli maxsuslashganli, 
bir turli ishlab chiqarishga ega bo‘lgan korxona yoki texnologik bo‘linmalarning 
quvvatini oshirilishi. Ishlab chiqarishning texnologik konsentratsiyalanishi 
maxsuslashganlikni va xususan samaradorlikni oshirilishiga asos bo‘ladi. 
Tashkiliy – xo‘jalik konsentratsiya, kooperatsiyalanish va kombinatlashganlik 
bazasida, ularni texnik qayta qurollanish asosida, markaziy boshqaruvga ega bo‘lgan 
ishlab chiqarish birlashmalarni tuzilishi. Bularga yirik ilmiy ishlab chiqarish 
birlashmalari misol bo‘la oladi. 


21 
Faoliyat turiga qarab korxonalar ko‘chmas va harakatlanuvchi bo‘ladi. 
Ko‘chmas korxonalar asosan katta quvvatga ega bo‘lib yirik iqtisodiy hududlarda 
faoliyat ko‘rstadilar.

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin