J=Ks*Kb
bu yerda:
J- mehnat intensivligi,
Ks - ish sur’ati koeffitsienti,
Kb-bandlik vaqti koeffitsienti.
Ish sur’ati koeffitsienti haqiqiy ish sur’atining jismoniy jihatdan maqbul
bo‘lgan narsaga munosabatini, bandlik koeffitsienti esa smenadagi haqiqiy bandlik
vaqtining smena uzunligi muayyan foizga teng bo‘lgan shartli hisoblash darajasiga
munosabatini bildiradi. Agar mazkur ish o‘rnidagi mehnat intensivligi normativdagi
intensivlikdan farq qilsa, u holda uni pasaytirish yoki oshirish, xususan, mehnat
normasini o‘zgartirish choralarini amalga oshirish kerak bo‘ladi.
114
Mutaxassislar va xizmatchilar mehnatini, shuningdek, xodimlarning ayrim
toifalari mehnatini normalashni yaxshilash ularning ish bilan ta’minlanish
darajasini,
vazifalarning
oqilona
taqsimlanishini,
boshqaruv
tuzilmasini
takomillashtirish va hozirgi zamon texnikaviy vositalarini joriy etishni tahlil qilish
asosida amalga oshirilishi lozim. Boshqaruvning ortiqcha bo‘g‘inlarini qisqartirish
va tartibga solish, yordamchi xizmat ko‘rsatuvchi va boshqaruv xodimlari sonini
qisqartirish yuzasidan ish olib borish zarur. Har bir mutaxassisga ish reglamentini
belgilab berish zarur, bu uning yil davomida kundalik ish bilan to‘liq band bo‘lishini
ta’minlaydi. Reglament qoidalari aniq ravshan bo‘lishi mutaxassisning mazkur ish
o‘rnidagi, ushbu lavozimdagi va tegishli malaka kategoriyasidagi ishining o‘ziga
xos tomonlarini aks ettirishi lozim.
Qurilish korxonalarining yangi tuzilmasini va uni boshqarish tizimlarini,
xodimlar lavozimlari nomlarini ular haqiqatdan bajaradigan funksiyalarga muvofiq
ravishda aniqlash sohasidagi ishlar yakunida shtat jadvalini tuzib chiqish uchun talab
qilinadigan rahbarlar, mutaxassislar olinadi.
Bozor munosabatlarining shakllanishi sharoitida ish haqini tashkil etish
masalalarini mustaqil hal qilish huquqini olgan korxonalar buning uchun turli
andoza va yondashuvlardan foydalanadilar. Biroq bu sohadagi xorijiy tajriba
haqidagi, mehnatga haq to‘lash sohasida vatanimizda firmalar ichki andozalari
to‘g‘risidagi ma’lumotlar banki mavjud emas. Bu bank faqat endigina shakllanib
kelmoqda, mehnat va ish haqini tashkil etish bo‘limining xodimlari odatda o‘z
korxonalarida mehnatga haq to‘lashning eng maqbul andozalarini tanlash uchun
yetarli bilimga ega emaslar. Ana shu sabablarga ko‘ra ko‘pchilik korxonalar,
ayniqsa, o‘rta va yirik korxonalar an’anaviy tarif tizimidan kelmoqdalar.
Bunday korxonalarda mehnatga haq to‘lashni tashkil etishning asosiy
elementlari mehnatni normalash, tarif tizimi, ish haqining shakllari va tizimlaridir.
Mehnatni normalash - bu ilmiy asoslangan mehnat xarajatlari va uning
natijalarini vaqt normalari, soni, xizmat ko‘rsatishning boshqarilishi, mahsulot
ishlab chiqarish normalangan topshiriqlar normalarini aniqlashdir. Bular bo‘lmasa,
115
mehnat miqdorini, har bir xodimning umumiy natijalarga qo‘shgan alohida hissasini
hisobga olib bo‘lmaydi.
Ish haqining shakllari va tizimlari –bu mehnatning miqdor natijalari va
sifatiga (uning murakkabligi, intensivligi, shart- sharoitlariga) bog‘liq ravishda ish
haqini belgilash mexanizmidir.
Tarif tizimi turli normativ materiallar majmuidan iborat bo‘lib, ular
yordamida korxonadagi xodimlar ish haqi darajasi ularning malakasi, ishlarning
murakkabligi, mehnat sharoitlari, korxonalarning jo‘g‘rofik joyi va boshqa tarmoq
xususiyatlariga qarab belgilanadi. Tarif tizimining asosiy elementlariga tarif
setkalari, tarif stavkalari, tarif-malaka ma’lumotnomalari, lavozim maoshlari,
xizmatchilar lavozimlarining tarif ma’lumotnomalari, tarif stavkalariga ustama va
qo‘shimcha haqlar, ish haqiga doir mintaqaviy malaka koeffitsientlari kiradi.
Tarif stavkalari – razryadlar shkalasidan iborat bo‘lib, ularning har biriga o‘z
tarif koeffitsienti berilgan va har qanday razryadning tarif stavkasi birinchi
razryaddan necha marta ko‘pligini ko‘rsatib turadi. Birinchi razryadning tarif
koeffitsienti birga tengdir. Razryadlar miqdori va ularga tegishli tarif
koeffitsentlarining miqdori korxonalarda tuziladigan jamoa shartnomasida
belgilanadi. Jamoa shartnomasi tarif bitimi asosida ishlab chiqiladi va xodimlar
ahvolining shartnoma shartlariga nisbatan yomonlashuvini nazarda tutmaslik lozim.
Tarif stavkasi –ish vaqti birligi hisobiga mehnatga haq to‘lashning pul bilan
ifodalangan mutloq miqdoridir. Birinchi razryad tarif stavkasi va tarif stavkasi
asosida shundan keyingi har bir razryadning tarif stavkasi hisoblab chiqiladi.
Birinchi razryad tarif stavkasi korxonaning jamoa shartnomasi bilan belgilanadi va
bir tomondan, uning moliyaviy imkoniyatlariga, ikkinchi tomondan, tarmoq
bitimida aks ettirilgan mehnatga haq to‘lash shartlariga bog‘liq bo‘ladi. Bunda u
belgilangan eng kam ish haqi darajasidan kam bo‘lmasligi lozim. Tarif stavkasi
ishchilar mehnatiga haq to‘lash darajasini belgilash uchun boshlang‘ich miqdor
hisoblanadi, bunda korxona mehnatga haq to‘lashning qanday shakllari va tizimlari
qo‘llanilishini e’tiborga olmaydi.
116
Tanlangan vaqt birligiga qarab tarif stavkalari soatbay, kunbay va oylik
maoshlardan iborat bo‘ladi. Eng ko‘p tarqalgan soatbay tarif stavkalari bo‘lib, ular
asosida turli qo‘shimcha haqlar hisoblab chiqiladi. Kundalik va oylik stavkalar
soatbay stavkalarni ish smenasidagi soatlar soniga va oy mobaynidagi ishlangan
o‘rtacha oylik soatlar soniga ko‘paytirishi yo‘li bilan hisoblab chiqiladi.
Tarif-malaka ma’lumotlari normativ hujjatlardan iborat bo‘lib, ular
yordamida ish razryadi va ishchining razryadi belgilanadi. Ularda har bir
mutaxassislikdagi har bir razryad ishchisi nazariy va amaliy jihatdan bilishi lozim
bo‘lgan axborot mavjud bo‘ladi. Mazkur ma’lumotnomalar uch bo‘limdan:
«Ishlarning ta’rif-tavsifi», «Bilish kerak» va «Ishlarga doir misollar» dan tashkil
topadi. Ilgari, 1991 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kirgan «Korxonalar va
tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risida» gi qonun joriy qilinishiga qadar, iqtisodiyotning
barcha
tarmoqlarida
foydalanish
uchun
majburiy
bo‘lgan
tarif-malaka
ma’lumotnomalari, hozirgi vaqtda tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘lib, faqat ulardan
foydalanuvchi korxona uchungina normativ hujjat hisoblanadi. Malaka razryadi
ishchiga odatda tsex yoki korxona malaka komissiyasi tomonidan beriladi.
Mehnatga haq to‘lashni tashkil etish sohasidagi an’anaviy yondashuvlardan
foydalanuvchi korxonalar xodimlar ish haqining miqdorini belgilash uchun tarif
setkalari, tarif stavkalari va tarif-malaka ma’lumotnomalaridan foydalanadilar.
Bunday korxonalarda boshqaruv mehnati xodimlari hisoblanuvchi xizmatchilar
uchun shtat-maosh tizimi tatbiq etiladi. Uning o‘ziga xos xususiyati shtat jadvalining
tuzilishidan iborat bo‘lib, unda muayyan korxonada mavjud bo‘lgan lavozimlar
ro‘yxati, har bir lavozim bo‘yicha xodimlar soni va maosh miqdori ko‘rsatiladi.
Korxonaning attestatsiya (shahodat berish) komissiyasi lavozimlarining
malaka ma’lumotnomalaridan foydalanishi asosida attestatsiya jarayonida
xizmatchilarga malaka toifalarini beradi. Xizmatchilar lavozimlarining malaka
ma’lumotnomasi alohida tavsiflardan tashkil topadi. Har bir malaka tavsifi uch
bo‘limdan iborat: «Lavozim vazifalari», «Bilish kerak», «Malaka talablari».
Tarif-malaka ma’lumotnomasi singari xizmatchilar lavozimlarining malaka
ma’lumotnomasi tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘lib, korxonalar ulardan ixtiyoriy
117
ravishda foydalanishlari, uning bo‘limlariga tuzatishlar va o‘zgarishlar kiritishlari
mumkin. Xizmatchilarini attestatsiyadan o‘tkazib turish davriyligini korxona
rahbariyatining o‘zi belgilaydi.
Ma’lumki, mustaqillikka erishgandan so‘ng mehnatga haq to‘lash borasida
anchagina o‘zgarishlar yuz berdi. 1993 yilning 1 yanvaridan boshlab ish haqining
stavka va maoshlari yangi tarif koeffitsentlari asosida to‘lana boshlandi. Bundan
maqsad mehnatga haq to‘lash tizimini tartibga solish, turli kasb va toifadagi
xodimlarning ish haqlariga muayyan ob’yektiv nisbat belgilash ko‘zlangan. 1997
yilda mehnatga haq to‘lashning yagona tarif stavkasi 0 dan 28 gacha bo‘lgan razryad
darajalari qabul qilindi. Bu darajalar o‘rtasidagi tarif koeffitsentlarining farqi 1.00
dan 5.83 gachani tashkil etgan edi.
Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 18 martdagi «Mehnatga haq to‘lashning
yagona tarif setkasini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq mehnatga
haq to‘lashning 0 dan 22 gacha bo‘lgan razryad (daraja)lari qabul qilindi, unga ko‘ra
razryadlar o‘rtasidagi farq 2-2,5 baravar ko‘paydi. Boshlang‘ich razryadning 550
so‘m miqdori yagona tarif stavkasiga asos qilib olindi. Qo‘shimcha haq va
ustamalarning amaldagi tizimi, shuningdek, xodimlar ish haqiga qo‘shiladigan
rayon koeffitsentlari saqlab qolindi.
Dostları ilə paylaş: |