108
haq to‘lash masalalarini tartibga solishning huquqiy amaliy va birdan-bir ta’sirchan
shakliga aylanadi.
Bozor sharoitida, ayniqsa o‘tish davrida,
taqsimlash munosabatlari,
davlatning tartibga solish yo‘nalishlari va xususiyati o‘zgarib boradi,
ma’muriyatchilik andozalariga barham beruvchi yangi boshqaruv shakllari paydo
bo‘ladi. Korxonalar darajasini tartibga solish jarayonlariga yangi talablar qo‘yiladi.
Davlatning aralashuvi daromadlarni taqsimlash shart-sharoitlari
va tamoyillariga
rioya qilishni aniqlash, tahlil etish va ta’minlash uchun zarurdir.
Taqsimlash munosabatlarining davlat yo‘li bilan tartibga solinishining asosi
mehnat sohasidagi qonunlar va bitimlar, soliq tizimida yakka daromadlarning o‘sishi
bilan inflyatsiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashdan iborat bo‘lishi lozim.
Davlatning ishtirokisiz insonga daromadni kafolatlab bo‘lmaydi, bu daromad unga
korxonaning iqtisodiy faoliyatidan qat’iy nazar
munosib hayot kechirishni
ta’minlaydi. Davlatning funksiyasiga, bundan tashqari, aholining kam ta’minlangan
qatlamlari daromadlarini oshirishni kiritish zarur,
bu narsa ish kuchini normal
darajada takror hosil qilish uchun, mehnat resurslarini maqbul tarzda taqsimlashni
ta’min etish, ijtimoiy keskinlikni yumshatish va hokazolar uchun kerak bo‘ladi.
Davlat ish kuchini takror hosil qilish ishtirokchisi bo‘lganligi sababli taklif etilgan
ish kuchining ko‘proq qismini o‘ziga qabul qiladi, uning tadbirkorlar talabiga javob
berishiga intiladi.
Ish haqining mohiyati uning ijtimoiy ishlab chiqarish bosqichlari bo‘lgan
mahsulot ishlab chiqarish,
uni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishda
bajaradigan funksiyalari (vazifalari) da namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: