101
Shu yerda «potentsial» atamasining ma’nosini tushuntirib o‘tish kerak
bo‘ladi, chunki bu tushuncha bozor iqtisodiyoti sharotitida juda ko‘p ishlatiladi.
O‘zbek tilining izohli lug‘atida «potentsial» so‘zi lotincha «potentia» so‘zidan
olinganligi va imkoniyat, kuch-qudrat, yashirin imkoniyatlar ma’nolarini bildirishi
ta’kidlangan. Odatda bu atamada mavjud bo‘lgan va safarbar etilishi,
harakatga
keltirilishi, ma’lum maqsadlarga erishish uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan
vositalar, zahiralar va manbalar ham izohlanishi mumkin.
Kadrlar potentsiali – bu mehnat zahirasi yoki imkoniyatidir. U jamiyat mehnat
potentsialining tarkibiy qismi hisoblanadi. Unda mehnat resurslarining umumiy soni
va ularning tarkibi, ma’lumot darajasi, professional ko‘nikmasi va ishlab
chiqarishning u yoki bu sohasida mehnat qilish qobiliyati aks etadi.
Qurilish ishlab chiqarishining muvaffaqiyati pirovard natijada rahbar
kadrlarning yetukligiga, bilim va ilmining darajasiga,
ish malakasi hamda
tashkilotchilik qobiliyatiga, ularni to‘g‘ri tanlash, joy-joyiga qo‘yish va
tarbiyalashga bog‘liqdir.
Davlat kadrlar siyosatini jamiyat hayotining barcha tomonlariga rahbarlik
saviyasini oshirish bilan, iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotning barcha sohalarida
jamoa tashkilotlarining rahbarlik rolini kuchaytirish bilan bevosita bog‘laydi. Davlat
va nodavlat tashkilotlari kadrlar bilan ishlashni muttasil nazorat qilib boradilar va
mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda kadrlar masalasida Prezident va Vazirlar
Mahkamasining yagona yo‘lini og‘ishmay o‘tkazib boradilar.
Ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatining har qanday sohasida, shu jumladan,
qurilish tarmog‘ida ham natijalilik, samaradorlik ko‘p jihatdan o‘rta bo‘g‘in
kadrlarga bog‘liq. Ular rahbarlarning eng ko‘p sonli kategoriyasi bo‘lib, ishlab
chiqarishga hammadan yaqinroq turadilar. Shu boisdan respublikada o‘rta bo‘g‘in
kadrlarga alohida ahamiyat beriladi.
Kadrlar siyosatining mazmuni, uni amalga oshirishda amal qilinadigan bir
qator tamoyillar mustaqillikka erishilgandan keyin butunlay o‘zgardi. Kadrlar
ishining usullari, shakllari, bu ishga yondoshishning siyosiy va tashkiliy rahbarlik
usullari haqidagi qoidalar qaytadan ishlab chiqildi.
102
Ma’lumki, siyosat kishilar orqali yuritiladi. Har qanday tashkiliy masalalarni
siyosatdan ajratish mumkin emas. Shu sababli, odatda xodimlarning ishchanlik va
siyosiy xislatlariga; oshkoralikka va xodimlarni
ochiq-oshkora tanlashga,
rahbarlikning davomiyligiga rioya qilgan holda ularni o‘zgartirib turishga; keksa va
yosh kadrlarni qo‘yib ishlatishga, kadrlarga ishonishga hamda ularga nisbatan qat’iy
talabchan bo‘lishga; davlatning asosiy vazifalari va xodimlarning shaxsiy
qobiliyatlariga muvofiq tarzda kadrlarni joy-joyiga qo‘yishga; ularning ajoyib
fazilatlari va kamchiliklarini o‘rganishga; xo‘jalik va siyosiy rahbarlarning
g‘oyaviy-nazariy saviyasini muttasil oshirib borishga katta ahamiyat beriladi.
Kadrlar siyosatining dolzarb muammolari Prezident asarlari va nutqlarida
nazariy jihatdan chuqur mushohada etilgan va har taraflama asoslab berilgan.
Kadrlar siyosati Oliy Majlis tomonidan ko‘rib chiqiladi, ko‘pgina qonun va
qororlarda o‘z ifodasini topadi.
1997 yilning avgust oyida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi va
ta’lim tizimining aniq strategiyasi yaratildi. Bu dasturning maqsadi – ta’lim sohasini
tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la
xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy
talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar
tayyorlash Milliy tizimini
yaratishdir. Bu strategik fenomen mamlakatimizda ta’lim tizimini eng zamonaviy
talab – ehtiyojlar asosida o‘zgartirib yubordi. Davrimizning bu ulug‘vor hujjati
qabul qilingandan beri kadrlar tayyorlash borasida tub yangilanishlar yuz berdi.
Lekin keyingi vaqtda bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan mutaxassislar
yetishmayotganligi sezilib qoldi. Shu sababli Respublika Prezidenti va Oliy Majlis
hamda Vazirlar Mahkamasi istiqlol, mustaqillik bilan hamkorlik qilishga rozi
bo‘lgan, tayyor turgan barcha mutaxassislarni ishga jalb eta oldi. Ayni bir vaqtda
yoshlar orasidan rahbar kadrlarni izlash, tanlash,
tayyorlash va tarbiyalash
masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Mavjud xodimlardan g‘oyat oqilona
foydalanish manfaatlarini ko‘zlab, ularni bir ish sohasidan boshqa ish sohasiga
hamda bir hududdan boshqa bir hududga yuborish usulini keng qo‘lladi.
103
Mustaqillik yillarida xalq xo‘jaligining barcha sohalari uchun yuksak
malakali kadrlar tayyorlash borasida juda katta ishlar qilindi. Milliy iqtisodning,
jumladan, qurilishning hal qiluvchi uchastkalariga rahbarlik izlanuvchan, yangilikka
intiluvchi, fidoyi, tafakkuri o‘tkir, tashkilotchilik qobiliyati zo‘r, o‘z ishini yaxshi
biladigan mutaxassislar qo‘lida jamlangandir.
Dostları ilə paylaş: