Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti


Ishlab chiqarish zahiralarini normalashtirish



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/73
tarix24.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#134822
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73
Qurish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti

Ishlab chiqarish zahiralarini normalashtirish, korxonaning uzluksiz faoliyat 
yuritishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Agar ishlab chiqarish zahiralari 
normativlardan past bo‘lsa, ishlab chiqarish jarayonining izdan chiqishi, ishchi kuchi 
va uskunalarning bekor turib qolishi, korxonaning ishlab chiqarish va iqtisodiy 
ko‘rsatkichlari pasayishiga olib kelishi mumkin. Shu bilan bir paytda, ishlab 
chiqarish zahiralarining belgilangan norma va normativlardan oshib ketishiga ham 
yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki bu mablag‘larning “muzlab” qolishiga va natijada 
korxona va davlatning zarar ko‘rishiga olib keladi. 
Ishlab chiqarish zahiralari joriy, sug‘urta (kafolatli), tayyorlov (texnologik) va 
mavsumiy turlarga bo‘linadi. 
Joriy zahira − bu, materiallar yetkazib berish oralig‘ida ishlab chiqarishni 
moddiy resurslar bilan ta’minlash uchun zarur bo‘lgan zahiradir. Joriy zahiralar 
material yetkazib berish davri, oralig‘i hamda xomashyo va boshqa materiallarning 
sutkalik sarflanishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. 
Tayyorlov (texnologik) zahirasidan xomashyo va materiallarni ishlab 
chiqarishga kiritish uchun tayyor holga keltirishda foydalaniladi. Bunday zahiralar 
ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari va texnologiyalariga ega bo‘lgan 
korxonalardagina yaratiladi. Bunday korxonalar qatoriga yog‘-moy kombinati, 
yog‘ochni qayta ishlash korxonasi kabilarni kiritish mumkin. Mazkur hollarda 
tayyorlov zahirasi miqdori tayyorlov texnologiyasi va operatsiyalariga mos holda 
normaga solinadi. 
Mavsumiy zahiralar asosan uchta sababga ko‘ra yuzaga keladi: birinchidan, 
xomashyo tayyorlashning mavsumiyligi; ikkinchidan, uni iste’mol qilishning 
mavsumiyligi; uchinchidan, materiallarni yetkazib berishning mavsumiyligi. 
Mavsumiy zahiralar hajmi xuddi joriy zahiralar hajmi kabi, o‘rtacha bir sutkada 


96 
iste’mol qilish va mavsumiy zahiralar yaratilishi lozim bo‘lgan vaqtga asosan 
aniqlanadi. 
Ishlab chiqarish zahiralarini normalashtirish, ishlab chiqarishda qo‘llaniluvchi 
har bir mehnat predmeti (xomashyo va materiallar, yordamchi materiallar va 
boshqalar) uchun alohida amalga oshiriladi hamda bu o‘z navbatida ishlab chiqarish 
zahiralarini yaratishda aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashga asos 
bo‘lib xizmat qiladi. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin