Ma’ruza №8.
Mavzu: Puxtalikka ta`sir qiluvchi faktorlar. Ishdan chikishlarning
mavsumiyligi. Tekshirish metodi.
Reja:
8.1. Konstruksion omillar
8.2. Texnologik omillar
8.3. Ekspluatatsion omillar
8.4.Puxtalikka ta’sir qiluvchi faktorlar. Ishdan
chiqishlarning mavsumiyligi
6.5.Puxtalikka sinash
8.6.Ishdan chiqmaslikka sinash.
Ishonchlilikka ta‟sir etuvchi omillarni shartli ravishda uch guruhga bо„lish
mumkin: konstruksion, texnologik va ekspluatatsion omillar.
8.1. Konstruksion omillar
Transport vositasining ishonchliligiga ta‟sir etuvchi konstruksion omillar
guruhiga quyidagilar kiradi:
ishonchlilik darajasi; konstruksiyaning murakkablik
darajasi; birxillashtirish (unifikatsiya) darajasi.
Ishonchlilik darajasi transport vositasini ishlab chiqarishga va uni texnik soz
holatda tutib turishga ketadigan xarajatlarning nisbati bilan baholanadi.
Ishonchlilik darajasiga ta‟sir etuvchi asosiy konstruksion omillar:
a) detallarning shakli va о„lchamlari, detallar
sirtlariga tushadigan
solishtirma bosimlar, kuchlanishlar, metallning charchash qattiqligi;
b) konstruksiyaning mustahkamligi, detallarning
ekspluatatsion yuklamalar
ta‟siri ostida о„z shaklini о„zgartirishi;
v) birikmada ishlayotgan detallar sirtlari va о„qlarining bir-biriga nisbatan
aniq joylashishi;
g) qо„zg„aluvchan va qо„zgalmas birikmalar ishonchli ishini ta‟minlovchi
о„tkazishlarning (posadka) tо„g„ri tanlanishi;
d) dvigatellarning unumdor moy nasoslari bilan jihozlanishi;
ye) moy nasosi yog„ sо„rg„ichi tо„rining qabariq holda bajarilishi;
j) moy haroratini pasaytirish va uning eskirishini sekinlatish uchun karterni
shamollatish tizimi, moy radiatorlari va moyni sifatli tozalashning qо„llanishi;
z) dvigatellarda moyni ikkinchi marta tozalaydigan gidroreaktiv yuritmali
sentrifugalar ishlatish;
i) tirsakli vallarda moyni markazdan qochirma
usulida tozalash uchun
maxsus kanallarning yasalishi;
k) haroratni optimal saqlash uchun sovutish tizimida termostatlarning
qо„llanishi, boshqa omillar ham uchraydi.