koeffitsientining oshishi ko‟pgina KM detallarining chegaraviy yeyilishi tezroq
boshlanishiga olib keladi.
Yozgi oylarda ishdan chiqishlar soni qishdagiga qaraganda ikki barobar
katta bo‟ladi, bunga sabab atrof-muhit haroratining va jihozlarni yuklanish
darajasining oshishidir. Yirik shaharlarda 30% aholining
shahardan chiqib ketishi
tufayli yoz oylarida ishdan chiqishlar soni sezilarli kamayadi. Chaqiruv (vizov)
larning oshishi aprel-may oylariga tog‟ri keladi., chunki bu oylarda sovitish
mashinalarini yozgi mavsumga tayyorlash profilaktikasi ishlari olib boriladi.
Chaqiruvlarning eng kam miqdori yanvar va fevral oylariga to‟g‟ri keladi.
Ishdan chiqishlar oqimining parametri egri chizig‟ini ko‟rib chiqish uchun
“mavsumiylik koeffitsienti”ni kiritish kerak. Bu koeffitsient quyidagicha
hisoblanadi.
i
i
w
w
k
(8.1)
Bu erda:
i
w
- yilning ushbu oyida 100ta mashinaga to‟g‟ri
keluvchi ishdan
chiqishlar soni, %/oy.
w
-o‟rtacha oylik ishdan chiqishlar soni %/oy
i
k - qiymatlari har xil yillarda o‟zgarmas desak ham bo‟ladi. U asosan
boshqa yillardagiga nisbatan 6-8% ga farq qilishi mumkin. Lekin may oyida bu
farq 16% ga boradi. Chunki har yilgi mayning ob-havosi bir-biridan keskin farq
qiladi.
Mavsumiylik koeffitsienti ko‟pgina faktorlar yig‟indisining ta‟sirini
ifodalaydi. Bizga har-bir ekspluatatsion faktorning alohida ta‟sirini
ham aniqlash
kerak. Ekspluatatsion sharoitda buni aniqlashning xech ham iloji yo‟q.
Laboratoriyalarda puxtalikni aniqlash eksperimentlarida esa mashinalar soni 5-
10dona bo‟ladi xolos.
Puxtalikka ta‟sir qiluvchi ekspluatatsion faktorlarni aniqlashning asosiy
metodi quyidagichaqir. 10-15 yillik ekspluatatsion sinovlarning natijalari
to‟planadi, bunda quyidagi asosiy faktorlar ko‟rsatiladi: atrof-muhit harorati,
jihozlarning yuklanishi, priborlarning ko‟rsatkichlari, ish vaqti koeffitsienti, elektr
energiyasi sarfi, bug‟latkichdagi
muz qalinligi, ob‟ektdagi harorat, ishdan
chiqishlar soni. Natijalarni qayta ishlashda bitta faktori alohida ajralib turgan sinov
ajratib olinadi. Shu ajratib olingan sinovlar natijalari puxtalikka faktorlarning
ta‟sirini aniqlash imkonini beradi.