Ma’ruza №8. Mavzu: Puxtalikka ta`sir qiluvchi faktorlar. Ishdan chikishlarning mavsumiyligi. Tekshirish metodi. Reja



Yüklə 440,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix08.12.2022
ölçüsü440,02 Kb.
#73228
1   2   3   4   5   6   7
8.5.Puxtalikka sinash 
 
Puxtalik ko’rsatkichlarini hisoblash uchun beriluvchi ma’lumotlar. 
Uzoq ishlash ko‟rsatkichlarini aniqlash uchun beriluvchi ma‟lumotlar 
yeyilish tezligi yoki ishqalanuvchi detallarning resurslaridir. 
Aktiv eksperiment ishlab chiqarvchi korxonaning sinov stendlarida va 
laboratoriya sharoitlarida ishdan chiqmaslikka maxsus sinovlar o‟tkazishga 
asoslanadi. Aktiv eksperiment, asosan, kichik va o‟rta mashinalar (quvvati 15-20 
kVt) sinovlarida qo‟llaniladi. 
Passiv eksperiment (yirik sovitish mashinalari uchun) ekspluatatsiya 
joylarida kuzatuv bazalarini yaratish asosida olib boriladi. Ekspluatatsiyadagi 
kuzatuvni bir xil turdagi mashinalarda keng ko‟lamda olib borish aniqligi yuqori 
bo‟lgan axborotlar olish imkonini beradi. 
Umumlashtirilgan izlanishlar jarayonida past ekspluatatsion puxtalikka ega 
bo‟lgan elementlar aniqlanadi, sovitish qurilmalarining ekspluatatsiyasi va texnik 
xizmat ko‟rsatilishi darajasi aniqlanadi, ekspluatatsiya sharoiti va texnik xizmat 
ko‟rsatish sistemasining buyumlarining puxtalik ko‟rsatkichlariga ta‟sir qilish 
darajasi baholanadi. 
Ishdan chiqishlarni quyidagi sharoitlardan kelib chiqqan holda royhatga 
olinadi: 
bitta nosozlik bo‟lsa, bitta ishdan chiqish yuz berdi deb hisoblanadi; 
nosozlik bir necha marta takrorlansa, shuncha marta ishdan chiqishlar yuz 
berdi deb hisoblanadi; 
bir vaqtning o‟zida o‟zaro bog‟liq bo‟lgan bir necha nosozlik yuz bersa, bitta 
ishdan chiqish royhatga olinadi, agar nosozliklar o‟zaro bog‟liq bo‟lmasa, bir 
nechta ishdan chiqishlar royhatga olinadi. 
Quyidagi hollarda ishdan chiqishlar hisobga olinmaydi: 
ishdan chiqish xizmat ko‟rsatuvchi personalning katta xatolari natijasida 
kelib chiqsa; 
normal ekspluatatsiya rejimining buzilishi tufayli ishdan chiqishlar yuz 
bersa; 
sovitish mashinasi tarkibiga kirmaydigan qurilmalarning nosozligi tufayli 
ishdan chiqish yuz bersa. 

Yüklə 440,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin