89
muomala fondlari o‘rtasidagi xuddi shunday foizlardagi munosabatlar korxona
aylanma mablag‘larining tuzilmasi deb ataladi. 7.1 - chizmada korxona aylanma
mablag‘larining taxminiy (namunaviy) tuzilmasi ko‘rsatilgan.
Chizmadan ko‘rish mumkinki, ishlab chiqarish zahiralari aylanma ishlab
chiqarish fondlarining asosiy qismini tashkil qiladi. Biroq bozor iqtisodiyoti,
ayniqsa, barcha resurslar taqchilligi sharoitlarida ishlab chiqarish zahiralarining
haddan tashqari oshirib yuborilishi korxona iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qilishidan
tashqari, resurslarni “bog‘lab” qo‘yadi hamda ularning yo‘qotilishiga olib keladi.
Shu sababli aylanma mablag‘lar hajmini optimallashtirish va ularni mahsulot ishlab
chiqarish dasturlariga mos holga keltirish korxonaning tejamkorlik rejimida faoliyat
yuritishi katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
7.1 -chizma. Korxona aylanma mablag‘larining namunaviy tuzilmasi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi korxonalarning aylanma mablag‘lari
ishlab chiqarishning texnologik tashkil etish xususiyatlariga ko‘ra, bir-biridan farq
qiladi. Bu xususiyatlarning xarakteri ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va
Xom ashyo va asosiy
materiallar
(28%)
Dostları ilə paylaş: