85
Iqtisodiy tabiati, bajaruvchi vazifalari va ishlab chiqarish jarayonidagi o‘rniga
ko‘ra, “aylanma mablag‘lar” va “aylanma kapital” o‘rtasida sezilarli farq yo‘q.
Korxona doimiy kapitalining tarkibiy qismi sifatida ular xomashyo, yoqilg‘i,
energiya resurslari, yordamchi va boshqa materiallarda yuzaga keladi, shuningdek,
ishchi kuchlarini yollash va ularning mehnatiga haq to‘lashga bo‘nak (avans)
tariqasida beriladi. Aylanma mablag‘larga bo‘lgan qo‘shimcha talab banklardan
olinadigan kreditlar hisobiga qoplanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalarning aylanma mablag‘larga yetarli
tarzda ega bo‘lishi ularning normal faoliyat yuritishi garovi hisoblanadi. Shuni ham
unutmaslik zarurki, ishlab chiqarayotgan mahsulot birligiga sarflanuvchi xomashyo,
material, yoqilg‘i va energiya miqdori mahsulot sifatiga ta’sir ko‘rsatmagan holda
qanchalik kam bo‘lsa, mahsulot shunchalik arzonlashadi hamda aylanma mablag‘lar
kamroq sarflanib, ulardan foydalanish samaradorligi yuqori bo‘ladi.
Korxonalarning aylanma mablag‘lari aylanma fondlari va muomala fondlariga
taqsimlanadi. Bunday taqsimlash ularning moddiy−buyumlashgan tuzilishidan
tashqari, ishlab chiqarish jarayoni va umuman, korxonaning iqtisodiy faoliyatidagi
ishtiroki asosida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, taqsimlash rejalashtirishni
tashkil qilishda hamda korxonaning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida
aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini aniqlashda katta rol o‘ynaydi.
Dostları ilə paylaş: