86
- ishlab chiqarish zahiralari;
- tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonada tayyorlangan yarim tayyor
mahsulotlar;
- kelgusi davr xarajatlari.
Muomala fondlari korxonaning tayyor mahsulot
zahirasini yaratish uchun
mo‘ljallangan pul mablag‘lari, shuningdek, aksiyadorlarning qarzlari, turli xil
debitorlik qarzlari, bank va kassalarning hisob raqamlaridagi mablag‘lardan iborat
bo‘ladi. Muomala fondlari va aylanma ishlab
chiqarish fondlari majmuasi,
korxonaning aylanma mablag‘lari(kapitali)ni tashkil qiladi.
Ishlab chiqarishda band bo‘lgan aylanma mablag‘lar kattaligini belgilovchi
asosiy omillar − bu, mahsulot tayyorlashning ishlab chiqarish sikli uzunligi,
mehnatni tashkil qilish, texnika va texnologiyaning
rivojlanish darajasi, mehnat
predmetlari va qurollaridan foydalanish normalaridir. Aylanma mablag‘lar kattaligi,
shuningdek, mahsulotlarni sotish sharoitlari, ta’minot va mahsulotni sotish tizimini
tashkil qilish darajasi bilan ham bog‘liq bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan holatlardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki,
aylanma mablag‘lardan quyidagi hollarda foydalaniladi:
− xomashyo,
material, ehtiyot qismlar hamda ishlab chiqarishni tashkil
qilishda zarur bo‘lgan boshqa mehnat predmetlari;
− ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinuvchi elektr energiyasi, yoqilg‘i
kabi resurslar uchun haq to‘lash;
− korxonani tashkil etish va faoliyat yuritish davrida oylik ish haqi to‘lanishi;
− soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash.
Bozor munosabatlari va deyarli barcha resurslar taqchilligi sharoitlarida
aylanma mablag‘lar, birinchi o‘rinda moddiy resurslardan ratsional foydalanish va
ularni shakllantirish zahiralarini izlab topish har bir korxona oldida turgan muhim
vazifa hisoblanadi.
Bunda
zahira deganda, moddiy va pul resurslarini
yaxshilashning yuzaga
kelgan yoki yuzaga kelayotgan, lekin hali foydalanilmagan (to‘liq yoki qisman)
imkoniyatlarini tushunish lozim.
87
Bu zahiralar kelib chiqishi va foydalanilishiga ko‘ra xalq xo‘jaligiga va
tarmoqlarga tegishli yoki tarmoqlararo, ishlab chiqarish ichidagi (zavod, sex va
hokazo) turlariga bo‘linadi. «Korxona iqtisodiyoti»da
ichki ishlab chiqarish
Dostları ilə paylaş: