Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/73
tarix24.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#134822
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73
Qurish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti

Xizmatchilar 
kategoriyasiga 
– 
hujjatlarni 
tayyorlovchi, 
ularni 
rasmiylashtiruvchi, hisob va nazorat ishlarini bajaruvchi, xo‘jalik xizmatini 
bajaruvchi (agentlar, kassirlar, ish yurituvchilar, kotibalar, statistlar va boshqa)lar 
kiradi. 
Tarmoq va korxona faoliyatini rejalashtirish va tahlil etishda, ayniqsa mehnat 
unumdorligini hisoblash, o‘rtacha ish haqini aniqlash, kadrlar qo‘nimsizligini 
aniqlash uchun xodimlarning o‘rtacha soni ko‘rsatkichi ko‘p ishlatiladi. 
Kadrlar salohiyatini miqdoriy baholash bilan birgalikda ularni sifat jihatdan 
ham tavsiflash kerak bo‘ladi. Bu jihatlar xodimlarning professional va malakaviy 
fazilatlari bilan belgilanadi. Bu borada, birinchi o‘rinda «mutaxassislik», 
«ixtisoslik», «malaka» degan tushunchalar yuzaga keladi.
Mutaxassislik – bu ma’lum bir yoki bir necha turdagi ishlarni amalga oshirish 
uchun insonga zarur bo‘lgan bilimlar va malakalar yig‘indisi. Masalan, iqtisodchi, 
marketolog, vositachi, moliyachi, buxgalter, yoki texnika sohasida – muhandis
mexaniq, energetik va h.k. 
Ixtisos – insonning hosil qilgan bilimlar va amaliy ko‘nikmalari majmui. 
Ixtisos kishiga hayotning moddiy va ma’naviy sohasida muayyan ishni bajarish 
imkoniyatini beradi. 
Malaka – biron bir mutaxassislik va ixtisoslik bo‘yicha murakkab ishni 
bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ilm hamda mehnat ko‘nikmasining darajasidir. 
Kadrlarning malaka darajasini baholash uchun o‘rtacha koeffitsient va o‘rtacha tarif 
koeffitsienti razryadi belgilanadi. 
Yangidan-yangi ishlab chiqarish sohalari vujudga kelishi, fan va texnikaning 
rivoji, ish, shu jumladan, bir texnologik jarayonning boshqa jarayonga almashinishi 


105 
bilan boshqaruv, rejalashtirish, tashkil etish, takomillashuvi bilan yangi 
mutaxassislliklar kasb va ixtisoslar yuzaga keladi, eskirganlari barham topadi. 
Kadrlar ilmini o‘rganish nazariyasida «Kadrlar tuzilmasi» degan tushuncha 
mavjud. Masalan, korxona xodimlari umumiy sonini 100 foiz deb olsak, ishchilar 
75 foizni, muhandis-texnik xodimlar 12 foizni, xizmatchilar 8 foizni, boshqa 
xodimlar esa 5 foizni tashkil etishi mumkin. Bu misoldan ko‘rinib turibdiki, 
xodimlar kategoriyalari, ya’ni ularning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi nisbat ularning 
tuzilmasini, ya’ni strukturasini ifodalaydi.
Kadrlar tarkibi va strukturasi faqat korxonalarda emas, balki tarmoqlarda ham 
bir-biridan farq qilishi mumkin. Bu tarmoqning murakkabliligiga, korxona 
(firma)ning katta-kichikligiga, ularning texnikaviy va texnologik jihatdan 
qurollanganligiga, ishchi-xizmatchilarning bilimi va ilm darajasiga va mehnat 
ko‘nikmasiga, sohaning hamkorlik munosabatlari rivojlanganligiga va boshqa bir 
qator xususiyatlarga bog‘liq. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin