Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/73
tarix24.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#134822
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   73
Qurish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti

Nazorat va muhokama uchun savollar 
1. Asosiy fondlar nima va ularning kengaytirilgan ishlab chiqarishdagi roli 
qanday? 
2. Asosiy ishlab chiqarish fondlari tuzilmasi deganda nima tushuniladi hamda 
ularning sanoat tarmoqlari bo‘yicha farqlanishiga nima sabab bo‘ladi? 
3. Korxona va sanoat tarmog‘ini ishlab chiqarish quvvatlarini hisoblash usuli, 
turi va tushunchalari qanday? 
4. Asosiy fondlar va korxona ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishni 
yaxshilashning qanday yo‘nalishlari mavjud? 
 


84 
7-BOB. QURILISH KORXONALARINING AYLANMA MABLG‘LARI VA 
KAPITALNING SHAKLLANISHI 
7.1. Qurilish korxonalarida aylanma mablag‘lar tushunchasi va ularning 
korxona faoliyatidagi ahamiyati 
7.2. Qurilish korxonalarida aylanma mablag‘larning tuzilmasi va harakati 
hamda ularning korxona iqtisodiyotiga ta’siri 
7.3. Aylanma mablag‘lardan foydalanish ko‘rsatkichlari va ularning 
aylanishini tezlashtirish yo‘llari 
 
7.1. Qurilish korxonalarida aylanma mablag‘lar tushunchasi va ularning 
korxona faoliyatidagi ahamiyati 
Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilishda mehnat qurollari (asosiy 
fondlar) va ishchi kuchidan tashqari, aylanma mablag‘larga ham ega bo‘lishlari 
zarur. Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarishning aylanma fondlari va muomala 
fondlarini tashkil qilishga mo‘ljallangan pul mablag‘laridan iborat. Aylanma 
mablag‘lar, qoidaga ko‘ra, korxonaning hisob raqamida naqd pul ko‘rinishida 
jamg‘ariladi. Har bir korxonaning aylanma mablag‘lari asosiy fondlarning texnik 
holati va mahsulot ishlab chiqarish dasturi bilan bog‘liq. Korxona qanchalik katta va 
uning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari turlari ko‘p bo‘lsa, aylanma mablag‘lar 
shunchalik ko‘p talab qilinadi. Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarish va uning 
uzluksizligini ta’minlashning moddiy asosi hisoblanadi.
“Aylanma mablag‘lar” atamasidan tashqari “aylanma kapital” iborasi ham 
ko‘p qo‘llanilib, asosan iqtisodiy nazariya va xo‘jalik yuritishning xorijiy 
tajribasidan olinadi. Mohiyatiga ko‘ra, aylanma kapital korxona ishlab chiqarish 
kapitalining bir qismi bo‘lib, uning qiymati ishlab chiqarishning har bir siklida
ishlab chiqarilgan mahsulotga o‘tkaziladi hamda ushbu tovarni sotgandan so‘ng 
korxonaga qaytariladi. Aylanma kapital ko‘pincha korxonaning pul mablag‘lari 
hisoblanuvchi yoki ishlab chiqarish jarayonida pul mablag‘lariga aylantiriluvchi 
harakatchan aktivlari qatoriga kiritiladi. 


85 
Iqtisodiy tabiati, bajaruvchi vazifalari va ishlab chiqarish jarayonidagi o‘rniga 
ko‘ra, “aylanma mablag‘lar” va “aylanma kapital” o‘rtasida sezilarli farq yo‘q. 
Korxona doimiy kapitalining tarkibiy qismi sifatida ular xomashyo, yoqilg‘i, 
energiya resurslari, yordamchi va boshqa materiallarda yuzaga keladi, shuningdek, 
ishchi kuchlarini yollash va ularning mehnatiga haq to‘lashga bo‘nak (avans) 
tariqasida beriladi. Aylanma mablag‘larga bo‘lgan qo‘shimcha talab banklardan 
olinadigan kreditlar hisobiga qoplanadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalarning aylanma mablag‘larga yetarli 
tarzda ega bo‘lishi ularning normal faoliyat yuritishi garovi hisoblanadi. Shuni ham 
unutmaslik zarurki, ishlab chiqarayotgan mahsulot birligiga sarflanuvchi xomashyo, 
material, yoqilg‘i va energiya miqdori mahsulot sifatiga ta’sir ko‘rsatmagan holda 
qanchalik kam bo‘lsa, mahsulot shunchalik arzonlashadi hamda aylanma mablag‘lar 
kamroq sarflanib, ulardan foydalanish samaradorligi yuqori bo‘ladi. 
Korxonalarning aylanma mablag‘lari aylanma fondlari va muomala fondlariga 
taqsimlanadi. Bunday taqsimlash ularning moddiy−buyumlashgan tuzilishidan 
tashqari, ishlab chiqarish jarayoni va umuman, korxonaning iqtisodiy faoliyatidagi 
ishtiroki asosida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, taqsimlash rejalashtirishni 
tashkil qilishda hamda korxonaning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida 
aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini aniqlashda katta rol o‘ynaydi. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin