”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


BITUMGA IGNANING BOTISHINI (qattiqligini) ANIQLASH



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə245/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

 
BITUMGA IGNANING BOTISHINI (qattiqligini) ANIQLASH 
Asbob va uskunalar
. Penetrometr, bitum, qumli isitkich, pichoq, po‘lat 
yoki chinni idishcha. 
Ishlash tartibi
. Neft bitumining qovushqoqligi (penetratsiya) penetrometr - 
standart asbob yordamida aniqlanadi. Asbob ignasining 25°S haroratda va 1 N 
bosim ta’sirida bitumga 5 sekund mobaynida qanday chuqurlikda botganligiga 
qarab, uning qovushqoqligi to‘g‘risida bir fikrga kelinadi. Qovushqoqlik 
darajalarda ifodalanadi. Asbob ignasining bitumga 0,1 mm botishi 1° ga mos 
keladi. 
Penetrometr (1-rasm) metall shtativ 
1
dan iborat bo‘lib, pastki qismida 
uch vintli tayanch maydonchasi bor. Vintlarni tegishlicha burab, maydonchani 
yotiq holatda o‘rnatish mumkin. Tayanch maydonchaga aylanadigan stolcha 
9
briktirilgan hajmi kamida 0,3 l va balandligi 45-50 mm keladigan kristallizator 
8
shu stolchaga o‘rnatiladi. Kristallizator ichida balandligi 35 mm va diametri 
55 mm bo‘lgan kosa 
7
bor. Sinovdan o‘tkaziladigan bitum namuna shu kosaga 
solinadi. Shtativning Yuqorigi kronshteynida 360° ga bo‘lingan siferblat 
2
va 
kontakt reyka (kremalera) 
3
bor. Reyka harakatlanganda siferblat mili shkala 
bo‘ylab suriladi. Shtativning pastki kronshteyniga ignali 
6
va erkin suriladigan 
sterjen mahkamlangan. Undagi yukchani (massasi 100±0,01 kg) knopka 
4
ushlab 
turadi. Asbob ustunchasining yon tomoniga stolcha 
9
dan sal balandroq qilib 
ko‘zgu 
5
sharnirli biriktirilgan. Penetrometrning po‘lat ignasi (uzunligi 50,8 mm va 
diametri 8-1,02 mm) toblangan, jilolangan va uchi to‘mtoq bo‘lishi lozim. Uning 
to‘mtoq qismining diametri 0,14-0,16 mm. 
Suvsizlantirilgan va elakda suzilgan bitum qizdirilgan qum yoki moy 
vannasiga, yo bo‘lmasa quritish javonida eritiladi, ya’ni yoyiladigan bo‘lguncha 
yumshatiladi, lekin bitum qizib ketmasligi kerak va yaxshilab qorishtirib turgan 
holda havo pufakchalari chiqarib yuboriladi. So‘ngra bitum metall kosaga kamida 
30 mm balandlikdan quyiladi va havosining harorati 18-20°S bo‘lgan muhitda 1 
soat tutib turiladi, bunda bitumga chang-to‘zon tushmasligi kerak. Sungra 
bitumli kosa iliq (25°S) suv quyilgan idishga joylanadi, bitum yuzidagi suv 


qatlamining qalinligi 25 mm dan kam bo‘lmasligi lozim. Idishdagi suvning 
harorati o‘zgarib ketmasligi uchun idishga, zarur bo‘lishiga qarab, issiq yoki 
sovuq suv qo‘shib turilishi va haroratning ±0,5°S dan ortiq o‘zgarishiga yo‘l 
qo‘yilmaslik kerak. 
Bitum iliq suvda 1 soat turgach, idish (vanna) dan olinib, 25°S li suv 
to‘ldirilgan kristallizatorga joylanadi va kristallizator penetrometrning stoliga 
o‘rnatiladi, sterjenning uchidagi igna bitumga salgina tekkizib qo‘yiladi (lekin 
bitumga botirilmaydi). Bu ishni ko‘zgu yordamida osonlikcha bajarish mumkin. 
Kremelera (kontakt reyka) sterjenning Yuqorigi maydonchasiga etkaziladi, 
siferblat mili nol raqamiga to‘g‘rilanadi yoki uning qaysi raqam to‘g‘risida turganligi 
qayd qilinadi. Sekundomer yurgizib yuborilib, ayni paytda tuxtatish knopkasi 
4
bosiladi, shunda igna erkin surilib, 5 sekund mobaynida bitumga botadi; 
knopkaga 5 sekund bosib turilib, keyin quyib yuboriladi va kremaleraning pastki 
qismi sterjenning Yuqorigi maydonchasiga etkaziladi, shu payt kremalera bilan 
birga siferblat mili ham suriladi, u ignaning 5 sekund mobaynida qanday 
masoqfaga siljiganligini ko‘rsatadi. Bitumga igna botishi uning har xil joyini 
teshib kurib uch marta aniqlanadi: igna bitumni kosaning chetidan 10 mm 
nariroqdan va 10 mm oralatib teshishi lozim. Uch marta aniqlash natijalarining 
o‘rtacha arifmetik qiymati ignaning bitumga qanday chuqurlikda botganligini 
bildiruvchi ko‘rsatkich bo‘lib, graduslarda ifodalanadi va millimetrning o‘ninchi 
hissalaridagi botish chuqurligiga mos keladi. Uch marta o‘tkazilgan sinov 
natijalari o‘rtasidagi tafovut quyidagi qiymatlardan katta bo‘lmasligi lozim. 
Ignaning botish chuqurligi, daraja ... 50-200 75-150 25-75 25 gacha 
Oradagi farq daraja ... 10 

3 1 
Asbob yukining massasi -....... Sinash muddati-...... Suv va bitum harorati -
........ 
Ko‘rsatkichlar nomi 
1-
o‘lchash 
2-
o‘lchash 
3-
o‘lchash 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin