”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

6.2 Po‘lat buyumlar turlari
 
 
Po‘latdan teng yonli va teng yonli bo‘lmagan burchaklar tokchalarining 
kengligi 20-250 mm o‘lchamlarda, shveller balandligi 50-400 mm va 
tokchalarining kengligi 32-115 mm o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. Oddiy 
qo‘shtavrlar balandligi 100-700 mm, keng tokchaligi 1000 mm o‘lchamlarda 
tayyorlanadi. (15.4-rasm). Yumaloq po‘lat temirbeton konstruksiyalar uchun 
armatura sifatida, kvadrat kesimli prokatlangan po‘lat va polosa po‘latlardan 
qurilishda turli buyum, qism va konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi.
Profillangan po‘lat bino va inshoot karkaslari, fermalari, tombop to‘sinlar, 
ko‘prik qurilmalari, simyog‘ochlar va boshqa buyum va konstruksiyalar 
tayyorlashda ishlatiladi.
Prokatlash usulida po‘lat listlar quyidagi o‘lchamlarda ishlab chiqariladi: 
eni 600-3800 va qalinligi 4-160 mm qalin po‘lat list; eni 6001400 va qalinligi 
0,5-4 mm yupqa po‘lat list; eni 510-1500 va qalinligi 0,5-2 mm list tunika va 
boshqalar. List tunika asosida gofrirovka qilingan va to‘lqinsimon buyumlar va 
yog‘ingarchiliklarga chidamli ruxlangan tunika listlar tayyorlanadi.
Maxsus po‘lat listlarni payvandlab diametri 50-1620 mm bo‘lgan quvurlar 
tayyorlanadi. Bu quvurlar magistral gaz va neft, suv va issiq suv ta’minoti 
tizimlarida ishlatiladi. Po‘latdan yasalgan mix, bolt, gayka, shayba, parchin 
mix, shurup, vint, skobalar, eshik va deraza bloklari, oshiqmoshiqlar, dastalar, 
sanitariya-texnika kabinalari qismlari va boshqalar tayyorlanadi. Qurilish 
tizimida po‘latning eng ko‘p ishlatiladigan sohasi temirbeton konstruksiyalar 
tayyorlashda armatura sifatida qo‘llanilishidir.
 Prokatka qilingan po‘latlar sortamenti 
a-tengyonli burchaklik; 
b-yoqlari turli burchaklik; v-shveller; g-qo‘shtavr; d-kran yuradigan rels; e-
yumaloq; j-kvadrat; z-polosa; i-shpunt svaya; k-list; l-taram-taram; m-
to‘lqinsimon.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin