”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Nazorat savollari 
1.
Metallar qanday klassifikatsiyalanadi?
2.
Cho‘yan olish texnologiyasini aytib bering.
3.
Po‘lat ishlab chiqarish texnologiyasi nimadan iborat?
4.
Cho‘yan va po‘latning tarkibi, tuzilishi va tarkibini aytib bering. 
5.
Legirlovchi elementlar cho‘yan va po‘lat hossalariga qanday ta’sir 
ko‘rsatadi?
6.Cho‘yan va po‘lat asosidagi qurilish materiallari va konstruksiyalarini 
aytib bering.
18-MAVZU: 
METALL 
QURILISH 
MATERIALLARI 
VA 
BUYUMLARINING ASOSIY XOSSALARI. RANGLI METALLAR 
VA ULAR ASOSIDAGI QOTISHMALAR.
Reja: 
1.
Rangli metallar
2.
Metallarni korroziya va olovdan himoyalash.
 
1. Rangli metallar
Qurilish tizimida eng ko‘p ishlatiladigan rangli metall alyuminiy 
hisoblanadi. U Yuqori mustahkamlikka, plastiklikka ega bo‘lib, korroziya 


muhitiga chidamlidir. Alyuminiyning yengilligi va boshqa rangli metallar bilan 
qotishmalar hosil qilishi uning muhim xossalaridir.
Mis, magniy, titan, nikel, rux, qalay va boshqa rangli metallar ko‘p 
hollarda qotishmalar komponentlari va legirlovchi qo‘shimchalar sifatida 
ishlatiladi. Nodir rangli metallardan olingan qotishmalar maxsus qurilish 
ob’ektlarida, arxitektura yodgorliklarini ta’mirlashda ishlatilishi mumkin. 
Rangli metallar sof holda kam ishlatiladi, chunki mustahkamligi va qattiqligi 
talabga javob bermaydi.
Alyuminiy va uning qotishmalari.
Alyuminiy kumushsimon-oq
rangli metall bo‘lib, zichligi 2,7 gsm
3
, erish harorati 658
0
S, mustahkamligi 10 
MPa bo‘ladi. Ochiq havoda alyuminiy yuzasi xiralashadi, hosil bo‘lgan yupqa 
mustahkam oksidi alyuminiyni agressiv muhitlardan himoyalaydi.
Alyuminiy tarkibiga legirlovchi qo‘shimchalar sifatida mis, rux, marganets, 
magniy, temir, xrom, berilliy kiritilib, mexanik xossalarini yaxshilash 
mumkin.
Alyuminiy mustahkamligini plastik deformatsiyalash, toblash va 
eskirtirish usullari bilan oshirish mumkin. Alyuminiy qotishmalari 
deformatsiyalanadigan va quyma turlarga bo‘linadi. Deformatsiyalanadigan 
qotishmalar esa termik mustahkamlangan va mustahkamlanmagan xillarga 
bo‘linadi. Termik mustahkamlangan qotishmalarga alyuminiy-magniykremniy, 
alyuminiy-mis-magniy va alyuminiy-rux-magniy; termik mustahkamlanmagan 
qotishmalarga texnik alyuminiy va ikki komponentli qotishmalar-alyuminiy-
marganets va alyuminiy-magniy kiradi. Bunday hosil qilingan duralyuminiy 
qotishmalarida mis alyuminiy mustahkamligini oshiradi, ammo plastikligini va 
korroziyaga chidamliligini kamaytiradi.
Alyuminiy qotishmalarining xossalarini yaxshilash uchun xrom, vanadiy, 
titan, sirkoniy kabi legirlovchi elementlar qo‘shiladi.
Texnik alyuminiy AD, AD I kabi markalanadi. Bu erda A-alyuminiy
Dduralyuminiy tipidagi qotishma, I-qotishmadagi alyuminiy miqdorini 
ko‘rsatadi (AD da 98,8% va AD I da 99,3% alyuminiy bor). Yuqori 
mustahkamlikdagi alyuminiy V 95, V96; quymasi-AK6, AK8 holda 
markalanadi. Bu erda raqamlar legirlovchi elementlar miqdorini (%) bildiradi. 
Termik mustahkamlanmagan alyuminiy qotishmalari ADIM; AmsM; AMg2M; 
AMg2H2 holda markalanadi. Bu erda M-myagkiy, Msmarganets, Mg2-
tarkibida 2% magniy bo‘lgan qotishma.
Alyuminiy qotishmalari markalari raqamlarda ifodalanishi mumkin: 1915, 
1915T, 1925, 1935T. Bu erda birinchi raqam qotishma asosi bo‘lgan 
alyuminiyni, ikkinchi raqam komponentlar kompozitsiyasini, oxirgi ikki raqam 
qotishmaning o‘z guruhidagi tartib nomerini bildiradi.
Alyuminiy qotishmalaridan prokatlash usulida shveller, qo‘shtavr, 
burchaklik, yassi va to‘lqinsimon listlar, quvurlar va boshqa buyum va 
konstruksiyalar tayyorlanadi. Ular asosida bino va inshootlar uchun yengil 
konstruksiyalar, vitrina va deraza panjaralari, uch-qatlamli issiqlik izolyasiyasi 
panellari, osma shiplar va sh.k. tayyorlash mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin