agressiv muhitlarda metall korroziyasiga metall ionlarining eritmaga asta-sekin
o‘tib emirilishi sabab bo‘ladi.
Turli metallar kontaktlashganda galvaniq tok o‘tishi tufayli ular
elektrkimyoviy korroziyaga uchrashi mumkin. Metallar strukturasi bir jinsli
bo‘lmagani uchun mikrokorroziya vujudga kelishi va asta-sekin kristallararo
korroziyaga aylanishi mumkin.
Elektrkimyoviy korroziya atmosfera suvlari, yer osti suvlari va nam
tuproqda, shuningdek daydi toklar ta’sirida hosil bo‘lishi mumkin. Bino va
inshootlarning ochiq havoda ishlaydigan qismlari yog‘in-sochin ta’sirida
korroziyalanadi. Atmosferadagi suv havo aralashmasi tarkibidagi karbonat
angidridi va oltingugurt po‘latni korroziyaga uchratadigan elektrolit hosil
qiladi. Bunda po‘lat korroziya muhitining konsentratsiyasiga qarab tez yoki
asta-sekin emirilishi mumkin.
Yer osti metall konstruksiyalari, quvurlar daydi toklar ta’sirida
elektrkimyoviy korroziyaga uchraydi. Daydi toklar yer osti kabellari, tramvay
va elektropoezd temir yo‘l izlari, elektr podstansiyalariga yaqin yerlarda hosil
bo‘ladi.
2.2 Metallni korroziyadan himoyalash
Metallarni korroziyadan lok-bo‘yoq, metall va nometall qoplamalar
vositasida hamda metall tarkibiga legirlovchi elementlar kiritib himoyalash
mumkin.
Dostları ilə paylaş: