”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Metallarni korroziya va olovdan himoyalash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

2. Metallarni korroziya va olovdan himoyalash
2.1 Korroziya turlari
Metallar korroziyasi ishlatilish 
muhitiga qarab 
kimyoviy 
yoki 
elektrkimyoviy turlarga bo‘linadi.
Kimyoviy korroziya.
Kimyoviy korroziya elektrolit bo‘lmagan organiq 
quruq gazlar va suyuqliklarning metallarga ta’siri natijasida vujudga keladi. 
Kimyoviy korroziyaning bu turida metall yuzasi Yuqori haroratda oksidlanadi. 
Bu turdagi korroziya kam uchraydi.
Elektrkimyoviy korroziya.
Metallarga elektrolitlar-kislota, ishqor va 
tuzlarning eritmalari ta’sirida elektrkimyoviy korroziya vujudga keladi. Bu 


agressiv muhitlarda metall korroziyasiga metall ionlarining eritmaga asta-sekin 
o‘tib emirilishi sabab bo‘ladi.
Turli metallar kontaktlashganda galvaniq tok o‘tishi tufayli ular 
elektrkimyoviy korroziyaga uchrashi mumkin. Metallar strukturasi bir jinsli 
bo‘lmagani uchun mikrokorroziya vujudga kelishi va asta-sekin kristallararo 
korroziyaga aylanishi mumkin.
Elektrkimyoviy korroziya atmosfera suvlari, yer osti suvlari va nam 
tuproqda, shuningdek daydi toklar ta’sirida hosil bo‘lishi mumkin. Bino va 
inshootlarning ochiq havoda ishlaydigan qismlari yog‘in-sochin ta’sirida 
korroziyalanadi. Atmosferadagi suv havo aralashmasi tarkibidagi karbonat 
angidridi va oltingugurt po‘latni korroziyaga uchratadigan elektrolit hosil 
qiladi. Bunda po‘lat korroziya muhitining konsentratsiyasiga qarab tez yoki 
asta-sekin emirilishi mumkin.
Yer osti metall konstruksiyalari, quvurlar daydi toklar ta’sirida 
elektrkimyoviy korroziyaga uchraydi. Daydi toklar yer osti kabellari, tramvay 
va elektropoezd temir yo‘l izlari, elektr podstansiyalariga yaqin yerlarda hosil 
bo‘ladi.
2.2 Metallni korroziyadan himoyalash
 
 
Metallarni korroziyadan lok-bo‘yoq, metall va nometall qoplamalar 
vositasida hamda metall tarkibiga legirlovchi elementlar kiritib himoyalash 
mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin