”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Lok-bo‘yoq bilan qoplash.
Bu usulda metallni korroziyadan 
himoyalashning eng keng tarqalgan turidir. Qoplamalar nitroemallar, neft, 
toshko‘mir va sintetik loklar, oliflar va o‘simlik moylari asosida tayyorlangan 
bo‘yoqlar, polimerlar asosidagi kukun to‘ldiruvchili va to‘ldirilmagan 
kompozitsiyalar bilan hosil qilinadi. Lok-bo‘yoq qoplamalari metallni 
korroziyadan saqlash bilan birga unga estetik chiroyli tus beradi.
Nometall qoplamalar
. Metallni maxsus qorishmalar bilan sirlash, shisha, 
sement-kazein kompozitsiyalari, list plastinkalar va plitkalar bilan qoplash
polimer nometall qoplamalar usulida metallni korroziyadan saqlashga kiradi. 
Bu usulning kafolati qoplama materialning korroziya muhitiga chidamliligi, 
zichligi, metallga adgeziyasi (yopishishi) va shu kabi omillar bilan belgilanadi. 
Nometall qoplamalar bilan bino va inshootlarning yer osti va usti metall 
konstruksiyalari himoyalanishi mumkin.
Metall 
qoplamalar.
Metallarga 
galvaniq, 
kimyoviy, 
qizdirib 
metallizatsiyalash va boshqa usullarda metall qoplamalar qoplanadi. Galvaniq 
usulda himoyalashda metall yuzasiga tuzlar eritmasidan metallarni elektrolitik 
cho‘ktirish vositasida birorta himoyalovchi metallning yupqa himoya qatlami 
hosil qilinadi.
Qizdirib qoplash usulida metall buyumlar suyultirilgan himoyalovchi 
metall to‘ldirilgan vannaga (rux, qalay, qo‘rg‘oshin) botirib olinadi.
Metallizatsiyalash usulida metall buyum yuzasiga siqilgan havo vositasida 
suyuqlantirilgan metall purkab, yupqa qoplama qatlam hosil qilinadi.


Legirlash usulida himoyalash.
Bu usulda metall tarkibiga oz miqdorda 
legirlovchi elementlar kiritiladi. Hosil bo‘lgan qotishmalar korroziya muhitiga 
chidamli bo‘ladi. Qurilishda eng ko‘p ishlatiladigan po‘latni korroziyaga 
bardoshligini oshirish maqsadida uning tarkibiga mis, xrom, nikel, fosfor va 
boshqa elementlar kiritiladi. Legirlangan po‘latlar ochiq havoda va yer ostida 
ishlatiladigan konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin