1
.
O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil 28
oktyabr kuni Toshkent shahriga tashrifi davomida va faollar bilan o‘tkazilgan
uchrashuvda berilgan topshiriqlarning bayoni 12-bandiga muvofiq Toshkent
avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti tomonidan
bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining fan dasturlari
hozirgi davr talablaridan kelib chiqqan holda yangidan ko‘rib chiqiladi. “Qurilish
materiallari va buyumlari” fani dasturi ham hozirgi davr talablaridan kelib chiqqan
holda yangidan tayyorlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli
Farmoniga
asosan
2017-2021
yillarda
O‘zbekiston
Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishi bo‘yicha tasdiqlangan “Harakatlar
strategiyasi”da qurilish materiallari va buyumlarining yangi zamonaviy turlarini
ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish , eng avvalo, mahalliy xom ashyolardan
foydalanib arzon va sifatli uy- joylar barpo etish belgilangan.
Ushbu fan jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichi iqtisodiy jarayonlarini
boshqarishda yangicha yondashuvlarni amalga oshirish, makro va mikro darajada
samarali iqtisodiy siyosatni yuritish hamda iqtisodiyot tarmoqlarida xo‘jalik
yuritishning zamonaviy mexanizmlarini tadbiq etishni taqazo etadi.
Iqtisodiyot tarmoqlarida moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining barqarorlik darajasi
turlicha bo‘lganligi uchun ularda iqtisodiy jarayonlarning amal qilish mexanizmlari
ham turlicha bo‘ladi. SHuning uchun ushbu fan har bir tarmoqning o‘ziga xos
xususiyatlaridan kelib chiqib, mavjud resurslardan foydalanishning samarali
mexanizmlarini joriy etish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish
jarayonlarining mohiyatini tushunishda talabalarni zarur bo‘lgan bilimlar bilan
qurollantiradi.
“Qurilish materiallari va buyumlari” fani umumkasbiy fanlar blokiga
kiritilgan kurs hisoblanib, 2-kursda o‘qitilishi maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: