”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Mis va uning
qotishmalari
.
Mis toza holda cho‘zilishdagi


mustahkamligi past (200-250 MPa), zichligi 8,9 gsm
3
, suyuqlanish harorati 
1083
0
S bo‘lgan qizg‘ish rangli metall bo‘lib, issiqlik va elektr tokini yaxshi 
o‘tkazadi. Qurilish materiallari sifatida mis sof holda deyarli ishlatilmaydi, 
ammo mis asosidagi qotishmalardan keng foydalaniladi.
Latun (jez) mis va rux (40%gacha) qotishmasi bo‘lib, tarkibiga 
legirlovchi qo‘shimchalar sifatida alyuminiy, qo‘rg‘oshin, nikel, qalay va 
marganets qo‘shiladi. Latun kimyoviy tarkibiga qarab tompak L96 va L90 
(8897% mis), yarim tompak L80 va L85 (79-86% mis), latun L 62, L68, L70 
(62, 68, 70% mis mutanosiblikda), alyuminiyli latun LA 77-2, marganetsli 
latun LMs 58-2, temir-marganetsli latun LJMs 59-1-1 va nikelli latun LN65-5 
turlarga bo‘linadi.
Bronza. 
Bronza mis va qalay, marganets, alyuminiy, nikel, kremniy, 
berilliy va boshqa elementlar qotishmasidir. Bronzaning cho‘zilishdagi 
mustahkamligi kimyoviy tarkibiga qarab 150-800 MPa oralig‘ida bo‘ladi. 
Qalayli bronza atmosfera, tuz eritmalari va kislotalarga chidamli, alyuminiyli 
bronza mustahkam va kimyoviy muhitlarga chidamli, kremniyli bronza 
edirilishga va Yuqori haroratga bardoshli bo‘ladi.
Qurilishda bronza sanitariya-texnika buyumlarining metall qismlari, 
furnituralar va materiallar tayyorlashda ishlatiladi.
Rux-ko‘kimtir-oq rangli metall bo‘lib, korroziya muhitiga chidamli 
bo‘ladi. SHuning uchun po‘lat buyumlarni ruxlash uchun ishlatiladi.
Titan-kulrang-oq rangli metall bo‘lib, 1665
0
S suyuqlanadi, zichligi 4,32-
4,50 g sm
3
. Titan yuzasida hosil bo‘lgan oksid parda korroziya muhitiga, 
edirilishga chidamli bo‘ladi. Titanning mexanik va texnologik xossalarini 
yaxshilash maqsadida uning tarkibiga legirlovchi alyuminiy, molibden, 
vanadiy, marganets, xrom, kremniy, temir va boshqa metallar qo‘shilishi 
mumkin. Titan VT5, VT5-1, VT6, VT8, VT14, OT4 kabi markalarda bo‘ladi. 
Titan qotishmalarining cho‘zilishdagi mustahkamligi 700-1400 MPa. Titan 
qotishmalari sovuq va issiq holda yaxshi deformatsiyalanadi, payvandlanadi va 
korroziya muhitlariga chidamli bo‘ladi.
Qo‘rg‘oshin-kulrang-ko‘k rangli og‘ir metall bo‘lib, qoliplarga yaxshi 
quyiladi, prokatlash mumkin. Qo‘rg‘oshin kislotalarga bardoshli, rentgen 
nurlaridan himoyalash xususiyatiga ega. SHuning uchun u maxsus qurilishda 
ishlatiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin